4- topshiriq. keys bayoni
Qobiliyat ijtimoiy muhitda musiqachi yoki rassom uchun bu xislat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish ijtimoiy pedagog uchun ham shunchalik zarur. Pedagogik qobiliyatga ega o‘qituvchining faoliyati, ta’siri bilan ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘proq yutuqlarga erishiladi. Eng muhimi o‘qituvchining pedagogik qobiliyatga egaligi darslarning qiqziqarli, zavqli bo‘lishini ta’minlaydi.
Keys topshirig‘i
Berilgan ta’riflar asosida pedagogik qobiliyatning turlarini aniqlang.
Ta’riflar
|
Tushunchalar
|
O‘quv materiallarini aniq, ravshan, oson tushuntirish, o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni uyg‘otish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi qobiliyat
|
|
Pedagogning o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy jihatdan loyihalashtirishda o‘z xatti-harakatlari natijalarini oldindan ko‘ra olishni ta’minlovchi qobiliyat
|
|
O‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish, ularga to‘g‘ri yondashishning samarali yo‘lini topish, birgalikda maqsadga muvofiq o‘zaro pedagogik aloqa bog‘lovchi pedagogik taktning mavjudligini ifodalovchi qobiliyat
|
|
Shaxsning ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik jihatlarini tushuna olish qobiliyati
|
|
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
Pedagogik qobiliyat mohiyatini yorituvchi materiallar.
Keys tahlili
Tegishli atamalarni topa olish talabalardan ta’riflar mohiyatini diqqat bilan o‘rganib chiqishni taqozo etadi. Binobarin, keltirilgan ta’riflarda atamalarning mohiyatini yorituvchi muayyan harakat, holat va xususiyatlar mavjud. Jumladan, “o‘quv materiallarini aniq, ravshan, oson tushuntirish, o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni uyg‘otish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi qobiliyat” ta’rifi o‘qitish mohiyatini ifodalaydi. Pedagogik qobiliyat turlari orasida esa “o‘qitish qobiliyati” degan tur mavjud emas. Demak, ta’rifni yorituvchi atama boshqa nom bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |