Ijtimoiy pedagogika


– МАВЗУ: ОИЛА БИЛАН ОЛИБ БОРИЛАДИГАН ИЖТИМОИЙ - ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТ


Download 440.66 Kb.
bet45/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

5 – МАВЗУ: ОИЛА БИЛАН ОЛИБ БОРИЛАДИГАН ИЖТИМОИЙ - ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТ



Asosiy tayanch tushunchalar: Oila tipologiyasi, oila turlari, tinch baxtli oilalar, xavfi bor oilalar, notinch oilalar, asosial oilalar, oilaning ijtimoiy maqomi, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, oilaning funksiyalari, oilaning ijtimoiy vazifalari.

    1. O
      Режа

      1. Оила билан оли бориладиган жтимоий- педагогик фаолият мазмуни, оила турлари ва ижтимоий мақоми.

      2. Оиланинг (функциялари) ижтимоий вазифалари.

      3. Ижтимоий педагогнинг оила билан иш юритиши, номақбул оилалар билан олиб бориладиган ижтимоий – педагогик фаолият.
      ila bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni, oila turlari va ijtimoiy maqomi


Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtta kategoriya asosida shakllanadi:
Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradilar, o‘z bolalarining ehtiyojlariga tez ko‘nikadilar. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya.
Xavfi bor oilalarda adaptativ qobiliyatlar birmuncha pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplaydilar va ijtimoiy pedagog yordami hdmda nazoratiga ehgiyoj sezadilar.
Notinch oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar. Bunday oilalarning adaptativ imkoniyatlari past bo‘lib, ularda bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik yoki psixologik yordamlar ko‘rsatadi.
Asosial oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Buoilalarda 1 ota-onalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ishlaganida huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi zarur.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling