Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet57/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Birinchi bosqich: o‘smir va uning atrofidagilar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish.
Ikkinchi bosqich: o‘smirning shaxsiy ish jildi bilan tanishib chiqish.
Uchinchi bosqich: o‘smirlarning pedagogik tarbiyasi og‘irligi sabablarini aniqlash.
To‘rtinchi bosqich: ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish.
Beshinchi bosqich: o‘smir shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash.
Oltinchi bosqich: tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o‘smir faoliyatini o‘z-o‘zini mukammallashtirishga qaratish.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o‘smirlar guruxlari paydo bo‘ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning aksariyati jinoyatlarini guruh bo‘lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, alohida qilib ajratib olingan o‘smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o‘smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo‘lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, ularning hayot tarzi, fikrlashi guruhning boshqa a’zolariga bog‘liq bo‘lishi bilan izohlanadi. Demak, biz tarbiyasi og‘ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o‘smirlarni o‘rab turgan mikromuhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish zarurligini ham ta’kidlab o‘tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi tarbiyasi og‘ir bolalarni sinf jamoasi, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o‘smir guruhlarini rejali qayta korreksiyalash, deb hisoblanadi. Bu munosabatlarning me’yorga kelishi o‘smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borish ommaviy so‘rovnoma va anketa to‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o‘smirlar guruhlarining qayerda paydo bo‘lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagilarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, uchrashuv joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo‘nalishi. Muloqotning bu tomonlarini bilish tarbiyachiga tuman va shaharda o‘smir guruhlari bilan ishlashning eng samarali shakl hamda vositalarini qo‘llashga imkon beradi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilishi ham muhim.
Ijtimoiy tarkibi turlicha bo‘lgan o‘smirlar guruhlarida o‘zaro axborot almashuv va muloqot qilish qiziqarli bo‘ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg‘on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin.
Tarbiyachining vazifasi:

  1. guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;

  2. tarbiyaviy ta’sirni to‘g‘ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish.

  3. guruhlarning o‘rganilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: vaqt bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik, yo‘nalishi bo‘yicha ijobiy (mehnat, sport, san’at bilan mashg‘ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘ynash).

Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiy - pedagogik ish olib borishning metodlari va texnologiyalari quyidagilardan iborat:
-maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir (seksiya, klub, to‘garaklar); intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga ehtiyoj bo‘lganida juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishni amalga oshirishning muvaffaqiyati, ko‘pincha, o‘qituvchi va sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog‘liq; -sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri.
Bu birgalikdagi faoliyat sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy harakatlar kabilardan iborat. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun, balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko‘p narsa bog‘liqligini anglab yetishadi. Bunday faoliyatlarda og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to‘g‘ri munosabat shakllanadi va yuklatilgan vazifa uchun mas’uliyat hissi ortadi. Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatini ta’minlanishi mikro muhitning tarbiyaviy ishlari maktab jamoasi bilan hamkorlikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga bog‘liq. Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim: to‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik kerak. Pedagog o‘smirlarni mehnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilishi lozim.

  • Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib, ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishish mumkin. Bu jarayonni, shartli ravishda, “rasmiylashtirish” deyiladi. Chunki bu jarayon, o‘smirlar uchun sezdirilmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.

Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o‘smirlarni o‘zi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan faoliyatni tanlashdir. Asta - sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlantirish, keyinchalik o‘zi bajarayotgan ishlari uchun o‘smirlarda mas’uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib borlishi lozim.
Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko‘zda tutadi.
Qayta tarbiyalash bola yoki o‘smir yurish-turishidagi turli og‘ishishlarni yengib o‘tish yoki bartaraf etishdir. Kayta tarbiyalash ham tarbiyachi, ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og‘ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi, tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi, bugungi kunini tahlil qilib, uning kelajagini tasavvur qila olishi lozim.
O‘smirni qayta tarbiyalashga yoki o‘z-o‘zini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:

  1. Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish;

  2. O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash;

  3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash;

  4. Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish.

Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltirishi lozim. O‘smirlar bilan reabilitasion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog maxsus metoddardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o‘z idealiga o‘xshashga intilish maqsadini qo‘yadi. Bu o‘smirning ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.



Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling