Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy-iqtisodiy omillar


Download 440.66 Kb.
bet75/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘al sinflarga ajralishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar, bir tomondan, zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida va qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, jamiyatda deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qaralishida o‘z aksini topadi.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan jami jinoyatlarning 30 foizida yoshlarning qo‘li borligi achinarlidir. Buning sababi nimada, degan savol tug‘iladi. Garchand sobiq “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan bo‘lsa-da, tashabbuskorlik yetishmayapti. Yoshlarni yagona g‘oya va maqsad yo‘lida birlashtirish qiyin kechmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimi va bandlikni ta’minlashdagi muammolar yechilmadi. Har yili 600 mingdan ziyod yigit-qiz maktab, lisey va kollejni bitiradi. Shundan bor-yo‘g‘i 10-15 foizi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmoqda. Qolganlari-chi? Ularning kelajak taqdiri haqida qayg‘urish dolzarb masaladir. Ish bilan o‘qish bilan band bo‘lmagan yoshlarni jinoyatchilik bilan shug‘ullanmaydi, deb hech kim ayta olmaydi.
Prezidentimiz taklif va g‘oyalari asosida qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturida tadbirkorlik-tijorat banklari tomonidan 800 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi keng jamoatchilikning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya yoshlar o‘rtasida uchrayotgan jinoyatchilikni kamaytirishga shart-sharoit yaratadi.


7-мавзу. Меъёрдан оғиш ва девиант хулқ – ижтимоий педагогик муаммо сифатида
(Семинар машғулоти ишланмаси)





Reja:
1. Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari.
2. O‘smirlik yoshida deviasiyaning yuzaga kelishi shart - sharoitlari.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling