Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet84/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, oila a’zolari orasida keskinlik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oila a’zolari bir-birlarini yomon xususiyatlarini ko‘rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo‘ladilar. Qandaydir bir yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar.

  • Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida. O‘smirlar ichkilikbozliklarining sabablaridan biri-bu kattalarga o‘xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o‘smirlar mardlik va dovyuraklik, mustaqilliqdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi, maktab jamoasida o‘zini namoyon eta bilmaslik bunday o‘smirlarni spitli ichimlik ichishga, ko‘chadagi o‘rtoqlari orasida o‘zini ko‘rsatishga majbur etadi.

  • Alkolog reklama sifatida. Spirtli ichimliklarni ichishni kino, televideniye, reklamalarda ommalashtirish spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga o‘smirlarni qiziqtiradi. AQSH lik sosiologlar spirtli ichimlik ichadigan kino qahramonlar namunasi (ular asosan ijobiy rollarni o‘ynaydilar) o‘smirlarni ichkilikbozlikka jalb etishning eng ta’sirli usulidir deb hisoblaydilar.

  • Alkogol vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida. Maktabdan tashqari bolalar va o‘smirlar muassasalari sonining kengayib ketishi turli xil ta’lim xizmatlari uchun to‘lanadigan narxlarning qimmatligi (musiqa, raqs va boshqalarga o‘rgatish) ko‘pchilik o‘smirlarning bo‘sh vaqtlari ko‘p bo‘ladi. Foydali ish bilan shug‘ullanmaydigan o‘smirlar ko‘chalarda to‘dalarga qo‘shilib odatda spirtli ichimliklari icha boshlaydilar.

  • Alkogol me’yordagidan psixik kamchiliklari o‘rnini to‘ldiruvchi vosita sifatida. Bolalarda alkogolizmini rivojlanishiga ko‘pincha psixik sog‘lomligidan kamchiliklari yoki ijtmoiy moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar sabab bo‘ladi. Nuqsonning paydo bo‘lishi sababidan qat’iy nazar (tug‘ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) bolada atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o‘ziga noto‘g‘ri baho berish yuzaga keladi. Bunday hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon beruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib borishini ta’minlaydi.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling