Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya — bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o‘zgarishi va unda og‘uvchi xulq-atvorning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bolaning yo‘qotgan ijtimoiy aloqalarni tiklashga qaratilgan choralar tizimi.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika — bolada turli faollik turlarining namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlari tizimi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat — bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o‘z-o‘zini anglashi uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi — rasional va maqsaaga qaratilgan xatti-harakatlar bilan tavsiflanadigan amaliy ijtimoiy-pedagogik faoliyatning metod va usullari majmuasi.
Ijtimoiy-pedagogik yordam — bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy profilaktika — turli salbiy tavsifdagi ijtimoiy og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarning oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiy- tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.
Ijtimoiy-psixologik yordam — oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy reabilitasiya — insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitasiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
Ijtimoiy reabilitasion yordam — bolalarning ruhiy, akliy, emosional holati va sog‘ligini tiklashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy sog‘lik individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarining muayyan darajasi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanishni anglatadi. Ijtimoiy sog‘likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |