Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet105/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy me’yorlarinson xatti-xarakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muayyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.

  • Ijtimoiy patronaj — shaxs huquqlari va voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Patronaj uyda profilaktik, sog‘lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

  • Ijtimoiy pedagog — ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta yoki oliy professional ma’lumotga ega, ijtimoiy- pedagogik faoliyatni yuqori saviyada yurita oladigan mutaxassis.

  • Ijtimoiy pedagogika — shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.

  • Ijtimoiy-pedagogik bashorat — bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq ravishda biror bir ijtimoiy-pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammo natijalarini oldindan taxmin qilish. Ijtimoiy-pedagogik bashorat ijtimoiy-pedagogik jarayonning mantiqi va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.

  • Ijtimoiy-pedagogik markaz — ijtimoiy-psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmog‘i.

  • Ijtimoiy pedagogning professional maqomi — sub’yektning huquq, majburiyatlari va vakolatlarini aniklab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o‘rni. Ijtimoiy pedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy-ijtimoiy pedagog, jamoaviy-ijtimoiy pedagog, oilaviy ijtimoiy pedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiy pedagogi. Biroq professional maqom obro‘-e’tiborini aniqlab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.

  • Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi — ijtimoiy- pedagogik faoliyatning mazmuni, shakl, usul, vositalari va nazorati majmuasi.

  • Ijtimoiy pedagog refleksiyasi — har bir bosqichda o‘z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini o‘rganish.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling