Ijtimoiy pedagogika


-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying


Download 440.66 Kb.
bet15/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
1. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan. Sharqdagi ushbu muqaddas kitoblar nomini toping?
2. Xitoyda – ...Shukit.
3. Hindistonda – ...Vedalar.
4. Misrda –...Tot xudosi kitoblari.
5. O‘rta Osiyoda – ...Avesto va boshqalar.
3- topshiriq. Kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan asoslangan esse yozish topshirig‘i
1. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv.469-399 y.) “O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan. “O‘z-o‘zligini anglashning mohiyati hamda afzalligi va o‘ziga xosligi shundaki...” mavzusida asoslangan esse yozish.
2. Demokrit (mil. avv. 460 – 370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak. “Bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoqning afzalligi va o‘ziga xosligi shundaki...” mavzusida asoslangan esse yozish.
3. Aflotun (mil. avv. 423 – 347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan. “Ta’lim-tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lmog‘i lozim...” mavzusida esse yozish.
4. Arastu (mil. avv. 384 – 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq buysunishga emas, balki insonning o‘z manfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir. “Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi mohiyati...” mavzusida esse yozish.
5. Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 – 118 y.) qadimgi yunonning notiqlik san’ati nazariyotchisi, pedagog. “Notiqning tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk pedagogik asar unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan. Kvintilianning asosiy g‘oyalari o‘z “men”ini saqlab qolish, “o‘zi ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi. “Notiqning tarbiyasi haqida...” mavzusida esse yozish.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling