Ijtimoiy pedagogika
Download 440.66 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГНИНГ МАКТАБ ЁШИДАГИ БОЛАЛАР БИЛАН ОЛИБ БОРАДИГАН ФАОЛИЯТИ
- Asosiy tayanch tushunchalar
Internet saytlari
11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. 12. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 13.www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali. 14.www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali 15.www.yedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali 6 – МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГНИНГ МАКТАБ ЁШИДАГИ БОЛАЛАР БИЛАН ОЛИБ БОРАДИГАН ФАОЛИЯТИ Режа Мактаб ёшидаги болалар билан ижтимоий педагогик иш олиб боришнинг хусусиятлари. Мактабнинг асосий ижтимоий вазифалари. Ўқувчиларнинг ижтимоийлашуви жараёнида тенгдошлар жамияти ва болалар субмаданиятининг аҳамияти. Ижтимоий педагогнинг тарбияси оғир ўсмирлар билан иш олиб бориши. Ота-она қарамоғида бўлмаган болалар билан олиб бориладиган ижтимоий-педагогик фаолият. 6.1.Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning xususiyatlari. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bo‘lgan murakkab davrni o‘z ichiga oladi. So‘ngti yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmokda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmoqda. Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Chunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqib, umumta’lim maktabi o‘zining o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib, birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda: — ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish; maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish; maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish; maktab ishini takomillashtirish; o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli to‘garaklar tashkil etish. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim - tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Hzirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmoqda. Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepul ovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018 yil 14 avgustdagi № PQ-3907 “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirsh, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish kabi dolzarb masalalar nazarda tutilgan. Ushbu qarorga muvofiq umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab psixolog shtat birligi quyidagicha belgilandi. 250 nafargacha-1 shtat birligida; 250 nafardan 800 nafargacha – 1,5 shtat birligida; 800 nafardan 1600 nafargacha – 2 shtat birligida; 1600 nafardan 3000 nafargacha – 2,5 shtat birligida; 3000 nafar va undan ortiq – 3 shtat birligida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1noyabrga qadar muddatda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruhlarini tuzadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini nazorat qiladi. Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi. Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog tez- tez maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, milisiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. Ko‘pgina Gʻarbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniklaydi. Bu bolalar maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrofdagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirishning o‘zi ham yetarlicha yordam berishi mumkin. Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini olib borishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ish tashkil qilishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlarini, bolalarning reabilitasion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultasiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi. Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirlar tashkil etadilar. Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi vazifalari universaldir. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling