Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga extiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari Reja


Download 16.93 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.93 Kb.
#1054368
Bog'liq
Xursanaliyeva D.Ijtimoiy Ped. Esse 1


Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga extiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari


Reja:



  1. Kirish. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi.




  1. Asosiy qism.

Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati



  1. Xulosa



Kirish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta’lim sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, o’z haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi.
Asosiy qism. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda Shaxs bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tuShuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish Shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aqolisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.
Xulosa. Fikrim oxirida shuni aytishim mumkinki, Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish,qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir.Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Asosiy adabiyotlar

  1. Egamberdieva N.M Ijtimoiy pedagogika T. 2009

  2. Kuranov M.L va bosh. Ijtimoiy pedagogika (maruzalar matni)T. 2003

  3. Mavlonova R va boshq Ijtimoiy pedagogika T. 2009

Qo’simcha adabiyotlar:
1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O’zbekiston, 2016.
2. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017.
3. O`zbekiston Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi boyicha Xarakatlar strategiyasi. 7 fevral 2017 yil
Internet saytlari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. uz
3. www. edu. uz
4. tdpu-INTRANET. Ped


Tayyorladi: 203-guruh talabasi Xursanaliyeva D
Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling