Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ish”tushunchasi. Me`yordan og`ishish tiplari
Download 66.74 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ish”tushunchasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
4-mavzu: Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ish”tushunchasi. Me`yordan og`ishish tiplari . (2 soat) Reja: 1.Me’yor va “me’yordan o’qish” tushuncha va tavsif 2.Me’yordan og’ish turlari. 3.Me’yordan og’ish nazariyasi Tayanch tushunchalar: Hayotiy me’yor, hayotiy me’yorlardan chekinish, og’ish, negativ va pozitiv chekinish, kamchilik, murakkab kamchilik, imkoniyati cheklangan 1.Me’yor va “me’yordan o’qish” tushuncha va tavsif Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat`iy nazar, doimiy e`tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og`ish bor bo’lgan odamlardir. Ular doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan. Hozirgi vaqtda AQSH va Evropa davlatlarida u yoki bu og`ishlarga ega bo’lgan kishilarning jamiyatga integratsiyalashuvi kontseptsiyasi amalga oshirilmokda. Mazkur kontseptsiyaga ko’ra, bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba`zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a`zosi sifatida qaraladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda,shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmokda. SHuning uchun bunday odamlar, avalambor, bolalarning ko’payishini reja asosida ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada "me`yor” tushunchasining o’z ko’rsatkichlari va me`zonlari mavjud. Me`yorga mos kelmaydigan jihat — “og`ish”, “chetga chiqish” deyiladi. Ijtimoiy pedagogika uchun “me`yor” va “me`yordan og`ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo’llanadi. Og`ish ham ijobiy, ham salbiy tavsifga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, o’ta qobiliyatlilik ham me`yordan og`ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og`ishlar shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. 2.Me’yordan og’ish turlari. Download 66.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling