Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ish”tushunchasi. Me`yordan og`ishish tiplari


Download 66.74 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi66.74 Kb.
#1796911
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ish”tushunchasi.

Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o’zida mujassam etadi.
Og`ir nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan shunday nuqsonki, bu nuqson mavjud bo’lgan holatda davlat ta`lim standartlariga mos ravishda ta`lim olishning iloji umuman bo’lmaydi.
Bola jismoniy rivojlanishidagi og`ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi.
Ruhiy og`ishlar, avvalambor, bolaning aqliy rivojlanishi hamda ruhiy nuqsonlariga bog`liqdir. Bu turdagi og`ishlarga ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi va oqibatda, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug`ma nuqsonlari yoki jarohati asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada engil aqliy zaiflikdan, chuqur — tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og`ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og`ishlarning yana bir turi emotsional-irodaviy sohadagi faoliyatning buzilishidir. Bu og`ish turining eng og`ir shakllari deb autizm (yunoncha aytos — o’zim) — muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish) kabilarni keltirish mumkin.
Bolalarning iqgidorliligi alohida og`ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg`unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab, balki faoliyat mahsullari tavsifga qarab ham belgilanadi.
3.Me’yordan og’ish nazariyasi
Pedagogik og`ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxe rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta`lim olayotganlar faoliyatini tartibga solishda turli me`yorlar qo’llanilmoqda. Avvalambor, bu ta`lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek, o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga qo’shimcha qilib, ta`lim olishda yuqori natijalarni ta`minlab beruvchi bola rivojlanishining me`yorlarini ham kiritsak bo’ladi.
Ta`lim olinishi yoki olinmasligi me`yorlari haqida nihoyatda, aniqpik bilan gapirsa bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra ta`lim ololmagan bolalar ham mavjud bo’lib, me`yordan bunday ogishlarni “pedagogik og`ish” desak bo’ladi. Umumiy ta`lim olmagan, maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang`ich maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta`lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bunday holatlarni yuzaga kelishining sabablari talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmalar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lgan bolalar soni ham ko’paymoqtsa. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirish mumkin.
Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og`ishga ega bo’lgan bolalarning ta`lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta`kiddab o’tish joiz. YUqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u erda ular etuk mutaxassislar qo’l ostida ta`lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qaerda yashashiga (qishloq yoki shaharda) va qanday oiladan ekanligiga bog`liq. Ba`zi sog`lig`ida muammosi bor bolalar uchun ta`lim uyda individual tarzda beriladi. Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik kasbiy ta`lim olishlari bilan bog`liq.
Ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli, biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bunday bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohesida o’zlarini sinab ko’rish xohishlarining yo’qligi birlashtiradi. Bu holatdagi og`ishni engib o’tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’ladilar.

Download 66.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling