Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko’virlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |