Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Reja; Ilmiy tadqiqotning mohiyati. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari


Download 38.51 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2022
Hajmi38.51 Kb.
#1073910
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari


Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning
sohalari va vazifalari .
REJA ;
1. Ilmiy tadqiqotning mohiyati.
2. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari.
3. Ijtimoiy pedagogik tadqiqot metodlari.

Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyat-larini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
2.Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo’yicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to’qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan, ijtimoiy tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin.

Download 38.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling