Ijtimoiy-psixologik treningda qo'llaniladigan eng qiziqarli va eng samarali usullardan biri
Download 25.92 Kb.
|
SHIRIN
Guruhiy dinamika. Odatda har qanday guruh ichida shunday kuchlar mavjudki, ular jamoa faoliyati samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Mana shunday kuchlar yiѓindisi va uning ta’sirida guruh ichidagi muhitning o‘zgarib borishi, guruhiy dinamika deb ataladi. Guruhiy dinamikaga oid jarayonlarni eksperimental ravishda o‘rgangan psixolog Kurt Levin bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, guruh o‘z amaliyoti davomida qator o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlarini boshdan kechiradi. Bu o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi omillar esa guruh ichidagi turli jarayonlar va ularning mutanosib tarzdagi o‘zaro munosabatidir.
Guruhiy dinamika guruh ichida yashayotgan kuchlarning o‘zaro ta’siri deb tushunilishi mumkin. Har qanday guruhda ikki asosiy kuch mavjud: 1) shu guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va 2) shu guruh a’zolarining ehtiyojlari. Har qanday guruhiy dinamikaning asosida mana shu ikki omil o‘rtasidagi o‘zaro munosabat yotadi. Guruhning maqsadi, mazkur guruh a’zolari ehtiyojiga mos kelmasligi ham mumkin. Aynan shu holat guruhiy dinamikaniing manbai hisoblanadi. Guruhiy dinamika faqat shu guruh ichidagi hodisalar bilan cheklanib qolmaydi. Guruhiy dinamikaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi – ijtimoiy, iqtisodiy omillarni ham sanab o‘tish joiz. Aslida bu omillar guruhiy jarayonlarni, ya’ni muqarrar o‘zgarishlarni sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Bu omillarga qarshi tura olish ma’lum ma’noda guruh a’zolariga va tabiiyki, rahbarga boѓliq. Guruhiy hodisa muqarrarligini anglash, unga ta’sir etuvchi omillarni bir-biridan farqlash, guruhiy jarayonni kerakli yo‘nalishda olib borish, ya’ni uni boshqarish imkoniyatini beradi. Guruhiy dinamika – guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro idrok, his-tuyѓu va muloqot jarayonining ma’lum tartibda rivojlanishidir. Rahbarning guruhiy dinamikaga oid hodisalarni bilishi, ularni boshqarish va maqbul yo‘lga yo‘naltirish imkonini beradi. Natijada jamoa oldidagi vazifalar yanada samarali bajarilishiga qulaylik tuѓdiradi. Quyida guruhiy dinamikani tashkil etuvchi asosiy hodisalarga to‘xtalib o‘tamiz. Bu ro‘yxatdagi birlamchi tushuncha guruh maqsadi bo‘lib, odatda har qanday jamoa faoliyati biron-bir maqsadga yo‘naladi. Taniqli olim R. Shindler guruhdagi xodimlar mavqeidan kelib chiquvchi rollarni ifodalab, ularga quyidagicha izoh berib o‘tadi: Alfa – guruh yetakchisi, o‘zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qat’iylik baxsh etadi. Beta – guruhdagi ikkinchi shaxs – ekspert, ya’ni guruh baholovchisi, sovuqqon, mulohazali, alfaga nisbatan tadbirli, guruhga xos norma va qoidalar himoyachisi. Gamma – passiv moslashuvchi, o‘zini oshkora qilmaslikka urinadi. Bunday odamlar odatda to‘rt toifaga bo‘linadi: 1) alfaga sodiq va unga hamsoya shaxs; 2) loqayd xodim, bundaylar alfa uchun qulay kimsa; 3) o‘z mavqeidan norozi, ammo bo‘ysunishga majbur; 4) o‘z fikriga ega, lekin rahbarga til tekizmasdan guruhdagi mavjud tartibni tanqid ostiga oluvchi shaxs. Omega – guruh nafrati va noroziligi qaratilgan xodim. R – muxolif, alfaga qarshi chiquvchi xodim Odatda ushbu sanab o‘tilgan rollarni deyarli har bir guruhda uchratish mumkin. Agar guruh a’zolari ko‘pchilikni tashkil etmasa, ba’zida xodimning o‘zi ham bir necha rolni ijro etishi mumkin, ammo oqibatda guruhda anchagina zo‘riqish holati kuzatiladi. Guruhning samarali faoliyati uchun zarur rollar tasnifi va ularni shakllantirish tadbirlari haqida «komandalar»ga baѓishlangan bo‘limda batafsil ma’lumot beramiz. Guruh a’zolari o‘z rollarini qanchalik sidqidildan bajarishlari, jamoadagi ijtimoiy nazoratga ham boѓliqdir. Ijtimoiy nazoratning samarasi va mezonlari ushbu guruhda qabul qilingan normalardan kelib chiqadi. Guruhiy dinamika ta’rifini yaratuvchi tushunchalardan yana biri - jamoadagi liderlik hodisasidir. Ayni paytda liderlik ikki ma’noda talqin etiladi. Birinchidan, guruh tuzilmasidagi liderning holati va uning guruhiy jarayonlarga ta’siri bo‘lsa, ikkinchidan, lider shaxsi, uning boshqaruv vazifalarini yechishdagi o‘rni va tashkilot maqsadiga erishishda o‘z bo‘yniga oladigan mas’uliyatdir. Birinchi ma’no ko‘proq guruhiy jarayonlarga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi umumpsixologik, shaxsga oid mazmunni kasb etadi. Jamoa vazifalarining bajarilish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan, guruh a’zolarining o‘zaro yakdillligiga, ahillik va birdamligiga boѓliq. Ushbu shart samarali faoliyat ko‘rsatuvchi komandalarning xarakterini belgilaydi. Shu munosabat bilan rahbar jamoa a’zolarini o‘zaro ahillikka, ularda sheriklik hissini uyѓotishga intilishi lozim. Guruhiy dinamikani ta’riflovchi jihatlardan yana biri, guruhning rivojlanish bosqichlaridan kelib chiqadi. Guruhlardagi o‘zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo‘lib,guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “boshliq” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: 1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo‘lgan hodisa bo‘lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkin; 3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir; 4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib guruh a’zolaring kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qiqa muddatda ro‘y beradi. 5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda xodimlariga o‘z ta’sirini o‘tkazish mumkin; 6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib ketishi, o‘zboshimchalik qilishi qiyin. 7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. Lider hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi, u doimo guruh a’zolari davrasida qaraladi, shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida qaraladigan bo‘lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag‘oni, aql o‘rgatuvchi, topqir intellektual lider, bolalar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko‘ngil so‘rovchi, o‘zgalarni tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo‘lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko‘ra paydo bo‘ladilar hamda bolalar ongida o‘z sifatlariga ko‘ra obro‘ qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo‘lishi mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko‘rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar ichida xulqi maktab normalariga to‘g‘ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum guruh ichida so‘zsiz obro‘ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko‘rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham sinf rahbari o‘z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To‘g‘ri, ba’zi hollarida rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo‘lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog‘liq bo‘lgani uchun ham ularning o‘zgarib turishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘qituvchining boshqarish mahorati yoki sa’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir. Shunday qilib, har qanday lider obro‘ga ega. Obro‘lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro‘lilik, ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro‘ samaralidir. Odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o‘xshashlar obro‘ orttirish me’zonlaridandir. 3Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo’lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan 6 qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan intilishi yanada oshdi. Birinchidan, axborotlashgan jamiyatga o’tganligimiz tufayli axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchinchidan, hozirda shaxslarni ruhiy salomatligini saqlash maqsadida hissiy – emotsional zo’riqishlarni oldini olish va bartaraf etishni rivojlantirish kabilar dolzarb masalalardandir. 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to’grisidagi konsepsiyning qabul qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta’lim - tarbiya muassasalari, korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida aholini ruhiy zo’riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish unumdorligini oshirish keng targ’ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda psixologik treningning o’z orni va ahamiyati katta. Trening guruhlarda muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh bo’lib munozara, bahs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga qaratilinadi. Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning 7 tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening avvalo shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi komminakativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inson o’z hayotida shaxsiy tajriba, ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni ortirib borishi jarayonida hosil bo’ladigan, bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy psixologik trening (IPT) yoki psixologik trening deb ataladi. Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Ya’ni u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlaydi. Jumladan: - bo’lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash; - rahbar kadrlarni samarali boshqarish usullariga o’rgatish; - ta’lim-tarbiya maskanlarida o’zaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish; - ijtimoiy muhitdagi barcha shaxslararo munosabatlarda muloqot kompetentligini oshirish; -ijtimoiy shaxslaaro muloqot jarayonida yuzaga kelishi kutiladigan emotsional zo’riqishlarni oldini olish va mavjudlarini barqarorlashtirish va hakozolar. Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir. Shuningdek, trening, tashkilotni rejalashtirilgan faolligini, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi ustanovkalar modifikatsiyasi va jamoaning ijtimoiy xulq-atvorini korreksiyalash uchun zarurdir. Ijtimoiy psixologik treninglar quyidagicha masalalardan iborat bo’lishi kuzatilinadi: - Ma'lum psixologik bilimlarni egallash. 8 - O’zini va boshqalarni adekvat baholash va bir - birini to’g’ri va to’liq tushunilishi. - Shaxsni xaraketer xususiyatlarida uchraydigan nuqsonlarini tuzatish, ularni diagnostika qilish va faoliyat jarayonida salbiy ta’sir etuvchi to’siqlarni bartaraf qilish. - Shaxlararo munosobatlarning individual usullarini o’rganish va ularni samarali qo’llash. - Treningda qatnahishda o’zini erkin tutish kabi. Yana shunisi bilan xarakterliki, trening davomida qatnashuvchini undagi xususiyatlarining o’zgarishi tabiiy bo’lishiga qiziqtirish va kerak bo’lsa shaxs xususiyatlarini ijobiy tomonga majburan o’zgartirish orqali ularni shaxs sifatida shakllantirishga imkon beradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, trening mashg’ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmasligi mumkin, balki shu muammolarning asosini tahlil qila olish uchun lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkoniyatlarini ham yaratib beradi. Demak, trening shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o’yin va mashqlar orqali o’tkazilinadigan mashg’ulot turi hisoblanib, uning tub mohiyati – kishilarni o’zini va o’zgalarni bilish, tushinish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat. Ijtimoiy psixologik trening uslublarining paydo bo’lishi va amalda qo’llanilishi o’ziga xos an’anaga ega bo’lib ular, ayniqsa, bizning asrimizda, sanoat rivojlangan, migratsiya jarayonlari tezlashgan va inson omili rolining naqadar ahamiyatliligiga eg’tibor qaratilgan bir paytda yana ham dolzarb bo’lib bormoqda. Ijtimoiy psixologik trening vositasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishning boshqaruvchilari - menedjerlar tayyorlash ijtimoiy ta’minot, pedogogika, tibbiyot sohalariga mutaxassislar tayorlash AQSH, Germaniya, Boltiq bo’yi respublikalari, Sankt – Peterburg, Moskva, Kiуev kabi qator sanoati yirik shaharlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, sanoat korxonalarda ishlovchi amaliyotchi psixologlarning asosiy quroli va ish yo’nalishi ham treninglar vositasida ishlab chiqarish muammolarini hal qilish bo’lib, hozirgacha to’plangan tajribalar bu ishning ta’sirchanligini isbotlaydi. Bizning mustaqil davlatimizda ham bu borada bir qator ishlar qilinmoqdaki, bunga psixologik maslahat ishlarining kundan-kunga yo’lga qo’yilayotgani, yirik ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, huquqiy, meditsina va shu kabi ijtimoiy sohaning barcha 9 jabhalarida amaliyotchi psixologlarning faoliyat ko’rsatayotganliklarini misol qilishimiz mumkin. Ijtimoiy psixologik trening ana shunday murakkab psixik voqeliklarni o’rganuvchi ijtimoiy psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib, unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga tushuriladi. Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi bo’lishi, trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun ayrim tamonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasiga ega bo’lishi lozim. Download 25.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling