Ijtimoiy psixologiya


Umumahamiyatga ega namunalar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

1. Umumahamiyatga ega namunalar. Me’yorlar ko'pchilikning 
xulqiga ta’sir qilmay turib guruhning faqat bitta a’zosiga yoki 
butun guruhga tarqala olmaydi. Agar me’yorlar jamiyatga xos 
boisa, u holda u butun jamoatchilik doirasida umumahamiyatga 
ega bo'ladi, agar guruhga tegishli me’yorlar bo‘lsa uning umumiy 
ahamiyati shu guruh doirasi bilangina chegaralanadi.
2. Guruh yoki jamiyat tomonidan sanksiyalarni qo‘IIash. Ya’ni 
har qanday me’yorning bajarilgan yoki bajarilmaganligiga qarab 
rag‘bat yoki jazolash, ma’qullash yoki qoralash shaklida namoyon 
bo‘lishi.
3. Subyektivlikning mavjudligi. Subyektivlik ikki xil aspektda 
namoyon bo‘ladi. Unga ko‘ra shaxs tanlashi kerak bo‘lgan holatni 
o‘zi hal qilish huquqiga ega. Bunda ikki xil holat mavjud: a) inson 
guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini qabul qilish va amal qili- 
shi ham mumkin; b) inson guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini 
qabul qilmasligi va amal qilmasligi ham mumkin.
4. 0 ‘zaro bog‘liqlik. Jamiyatda me’yorlar o'zaro bog‘langan va 
o‘zaro shartlashgandir, ular odamlar faoliyatini nazorat qiluvchi 
murakkab tizimni namoyon etadi. Me’yortiv tizimlar turli xil


bo‘lishi mumkin va bu tjurli xillik ijtimoiy va shaxslalaro nizo- 
larga olib kelishi ham mumkin. Ba’zi bir ijtimoiy me’yorlar esa 
bir-biriga zid boiib, shaxsni ulardan birini tanlashga majbur qilib 
qo‘yadi.
5. 
Masshtablilik. Me’yorlar masshtabliligiga qarab ijtimoiy 
va guruhiy me’yorlarga boiin ad i. Ijtimoiy me’yorlar — butun 
jamiyat miqyosida amal qiladi va o‘zida ijtimoiy nazoratning 
odat, an’ana, qonun, etiket va boshqa shakllarini namoyon eta­
di. Guruhiy me’yorlar — amal qilish doirasi jihatdan kichikroq 
bo‘lib, u ma’lum bir guruhdagina amal qilishi bilan cheklanadi 
va aynan shu guruhda o‘zini qanday tutish kerakliligi (axloq, 
odat, qiliqlar, guruhli yoki individual odatlar) bilan aniqlana- 
di. Talabalar guruhida guruh a’zosini «sotmaslik» kabi me’yor 
bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun bora-bora bajarilishi 
shart bo‘lib qoladigan ma’lum udumlar, odat tusiga aylanishga 
ulgurgan harakatlar shu jamiyat a’zolari uchun «umumiy qoi- 
dalar» bo‘lib xizmat qiladi. Shunday me’yorlar mavjudki, ular 
buzilsa yoki ularga amal qilinmasa, u holda kichik jazolar (uni 
m a’qullamaslik, qovoq uyish, noma’qul qarash) qo‘llaniladi.
Ijtimoiy me’yorlar tizimi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ruhiy 
yuksalishlarni o‘zida aks ettiradi. Ularda quyidagilarning aksini 
topish mumkin: hayot tarzi, xalqning tarixiy xususiyatlari, uning 
mentaliteti, davlatda mavjud bo‘lgan boshqaruv hokimiyatining 
ko‘rinishi. Me’yor odamlarni jamoa va guruh sifatida bir-biri- 
ga bog'laydi. Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, me’yor — 
bu kutishdir: me’yorga amal qilgan odam atrofdagilardan ham 
xuddi shunday harakatni kutadi. Piyodalar o‘tish yo‘lakchasining 
o‘ng chekkasidan o‘tayotgan odamlar to‘g‘risidan, qarama-qarshi 
tarafga kelayotgan odamlar yo‘lakning chap tarafiga o‘tsa, tartib-
li, tashkillashtirilgan harakat amalga oshadi. Me’yorlarni buzish 
oqibatida esa kishilarning bir-birlari bilan turtilib ketishi yuzaga 
keladi va natijada nizoli vaziyat yoki biror falokat yuz berishi 
mumkin. Demak, me’yorlar subyektining maqsadi, motivi, faoli-


yat, kutishi, baho berishi kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy mu­
nosabatlar tizimini shakllantiradi. Shu tariqa, me’yorlar kutish 
ko‘rinishida (boshqalarning o‘zini tutishiga nisbatan reaksiya) 
yoki standart xatti-harakatlar (majburiyat, qoida) ko‘rinishida 
talqin etilishiga ko‘ra ma’lum vazifani bajaradi.
Nimaga odamlar me’yorlarga amal qiladi va nega jamoatchilik 
bularni nazorat qiladi? Me’yor qadr-qimmatning himoyachisidir. 
Oila sha’ni va qadri azaldan odamlar va jamiyatning eng muhim 
qadriyatlaridan hisoblanib kelgan. Jamoatchilik tomonidan esa 
uning barqarorligi va rivojlanishi qadrlanadi. Oila jamiyatning 
asosiy yacheykasi va u haqida qayg‘urish jamiyatning eng muhim 
vazifasidir. Oila va unda amal qiladigan me’yorlarning asosi si- 
fatida quyidagi hadislarni keltirish o‘rinlidir: «Farzandlaringiz- 
ni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz» 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling