Ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat
Download 4,11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy nazorat
Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat
shakllarining o‘rni Har qanday shaxs ma’lum bir jamiyat a’zosi sifatida yashar ekan, faoliyat ko‘rsatar ekan, u albatta ana shu jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy nazoratga amal qilishga harakat qiladi. Ijtimoiy nazorat — bu shaxsning xulqiga, qadriyatlariga, tasav- vurlariga va ustanovkalariga nisbatan jamiyatdagi guruhlarning yoki jamoatchilikning ta ’siridir. Ijtimoiy nazoratga ekspektatsi- ya, me’yor va sanksiyalar kiradi. Ekspektatsiya — aynan shaxsga nisbatan atrofdagilarning kutish shaklidagi talablaridir. Ijtimoiy m e’yor — ma’lum vaziyatlarda shaxsning nima deyishi, o‘ylashi, his qilishi, nima qilishini ko‘rsatuvchi namunalar yig‘indisidir. Ijtimoiy sanksiyalar — ijtimoiy nazoratning muhim vositalaridan biri sifatida shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridir. Ijtimoiy nazoratning shakllari — bu shaxsning jamiyatdagi hayoti va turli xil guruhlardagi faoliyatini boshqarish usullaridir. Ijtimoiy nazoratning ko‘proq tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: 1. Qonun — davlat miqyosida shaxslarning rasmiy munosa batlarini nazorat qiluvchi va yuridik kuchga ega boigan me’yortiv aktlar yig‘indisi. 2. Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan cheklovlar tizimini qamrab oladi. 3. Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli- lik xarakteriga ega. Urf-odatning asosiy belgisi tarqalganlikdir. Urf-odat jamiyatda ma’lum bir davrga xos boigan va vaqtincha davom etuvchi tavsifga ega. 4. A n’ana — shunday urf-odatki, ma’lum bir xalq madaniyati bilan bogliq holda shakllangan, avloddan avlodga o‘tuvchi, xalq- ning mentaliteti bilan aniqlanadi. Urf-odat va an’analar ommaviy harakatlarni qamrab oladi va jamiyat integratsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviy ahamiyatga ega va aynan guruh yoki jam i yatda yaxshilik va yomonlikni tushunish bilan bogliq boigan maxsus urf-odatlar mavjud. 5. Axloq — ma’lum bir davrda jamiyat kishilarining xulq-at- vorida, xatti-harakatlarida, o‘zaro muloqot jarayonida o‘z aksini topadigan ijtimoiy kategoriyadir. 6. Odat — shaxs hayotida ko‘p takrorlanaverganligidan av- tomatlashganlik darajasiga aylanib qolgan, anglanilmagan holda bajariladigan harakat shaklidir. 7. Etiket (etiket me’yorlari) — odamlarga nisbatan ijobiy va xayrixohlik bilan muloqotga kirishishda munosabatlarning tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish qoidalari. Ammo bunday odoblilik orqasida ba’zan ichiqoralik va shaxsga nisba tan behurmatlik munosabatlari yashiringan bo‘lishi ham mum kin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu m e ’y o r n i baja- rishda shaxsning odamlar bilan munosabatida uning samimiyligi yo£qolishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, «semiz janjaldan, ozg‘in tinchlik yaxshi». Jamiyatning har bir a’zosi interiozatsiya jarayoni va natijasi tufayli individ tomonidan doim ham anglanilmaydigan ijtimoiy nazoratning kuchii psixologik ta’siri ostida boladi. Bulardan tashqari shaxsning jamiyatdagi xatti-harakati va xulq-atvorini nazorat qilib turuvchi nazorat shakllari ham mav jud bo‘lib, ulardan biri ijtimoiy me’yorlardir. Download 4,11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling