Ijtimoiy psixologiya
A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agressiyaning frustratsiya nazariyasi.
A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
— Biologik omil (nerv sistemasi, garmon) — 0 ‘rganish (bevosita tajriba, kuzatuv) agressiyaning yu zaga kelishi — Shablonlar ta’sirida (hayajon, e’tibor) — Qabul qilib boim as murojaat bilan (do‘q urish, frustratsiya) — Qiziqtiruvchi motivlar bilan (pul, zavq- lanish) — Yo‘riqnomalar bilan (buyruq) — Ekssentrik ishontiruvchilar bilan (para- noidal ishontiruvchilar) agressiyani pro vokatsiya qilish — Tashqi rag‘batlantirish va jazo berish bi lan (moddiy rag‘batlantirish, yoqimsiz oqi- batlar) — Vikar mustahkamlash bilan (boshqalar- ni rag‘batlantirilayoganini yoki jazolayot- ganini kuzatish) — 0 ‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilan (g‘urur, ayb) agressiyani boshqarish Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuv- ning birlamchi vositalari boigan ota-onalarning bolalarni agres siv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli boiib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan (masalan, talabaning do‘sti tomonidan «yasha, boplading», deb) quvvatlanishi bunday harakatlarning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakat- larning qaytarilishida alohida ma’no kasb etadi. Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo‘lib kelmoqda. Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agres- sivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari — «frus tratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar (John Dollard, 1939). Masaian, faraz qiling, bugun darsga kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so‘ng mazza qilib ovqatlanishni mo‘ljallagan edingiz. Mana qo‘ng‘iroq ham cha- lindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala borligini aytdi. Guruh yig‘ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqat- lanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko‘p bo‘lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi... Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va’da- lashganingizdek, o‘rtog‘ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. 0 ‘rtog‘ingiz sizdan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Unga biror yo- mon gap aytishga bo‘lgan ehtimol ortadimi? Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling