Ijtimoiy psixologiya


Shaxsning o‘zini anglashida ijtimoiy muhitning ta’siri


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana16.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1679276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya (1)

Shaxsning o‘zini anglashida ijtimoiy muhitning ta’siri
Qurilishi jihatidan psixologlar shartli ravishda to‘rt o‘zaro 
bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib o‘tadilar:
1. 
0 ‘z-o‘zini bilishi. 2. 0 ‘z-o‘ziga munosabat. 3. 0 ‘z-o‘zini 
his qilish. 4. 0 ‘z-o£ziga ta’sir.
Bularning har biri o‘ziga turli imkoniyatlarni qamrab oladi. 
Biroq o‘z-o‘zini bilish — o‘z-o‘zini his qilish va boshqalarning 
manbaidir.
0
‘z-o‘zini bilish yaxlit holda o‘z ustida ishlash mazmunini, 
o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Ayni paytda, u shaxs­
ning batafsil dasturini tuzish, o‘quvchilarda tarbiyalanayotgan 
tegishli maqsadlar, ideallarga erishish uchun zarurdir. Demak, 
o‘z-o‘zini bilish asosidagi o‘zlikni anglash, umuman olganda, 
o‘z-o‘zini boshqarishga, tarbiyalashga olib borishi mumkin ekan. 
Lekin bunda o‘z-o‘ziga munosabatning rolini ham nazardan 
qochirmaslik kerak. Shuning uchun o'zlikni anglashning turli 
qirralari o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalashga nima bera olishi 
mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
0
‘zlikni anglashning qiymatli tomoni bo‘lgan o‘z-o‘ziga 
munosabat insonni o‘zga shaxs sifatida munosabatda bo‘lishini 
nazarda tutadi. U birinchi navbatda, shaxsning yo‘nalganligi 
(maqsadlari, ideallari, ehtiyojlari, qiziqishlari)ni, qadriyatlar 
m a’naviy qiymatlarga yo‘nalishi, o‘ziga talabchanligi, o‘zini ifo- 
da qila olishini o‘z ichiga oladi. 
0
‘z-o‘ziga munosabat hamisha 
o‘z-o‘zini his qilish bilan bog‘liq. 
0
‘z-o‘zini his qilish esa o‘z 
navbatida o‘z-o‘zini ifoda qilish, o‘zini tasdiqlash bilan bog‘liq. 
O'zidan qoniqish yoki qoniqmaslik bilan ifodalanadigan shaxs­
ning ruhiy holati o‘zining xulqi bilan ichki muhitni yaratadi, ichki 
muhit esa o‘z navbatida inson «Men»ining barcha ko‘rinishlariga 
o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Demak, o‘z-o‘zini takomillashtirish qaysi 
rejada amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini bilish va 
0
‘z- 
o‘ziga munosabatda bo‘lishga bog‘liqdir. Agar shaxs o'zini to‘g‘ri 
ifodalashga, o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy va xolisona yonda-


shishga qobil bo‘lsa, unda baribir, o'z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj 
tug‘iJadi.
0
‘z-o‘zini his qilish va o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazish o‘zlikni ang- 
lashning hissiy-emotsional tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
0
‘zlikni anglashning hissiy-emotsional tomoni qiziqishlar, istak- 
lar, kayfiyat ularni boshqara bilish kabi komponentlar, tarkibiy 
qismlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi o‘z hissiyotlari va 
fikrlari, xatti-harakatlarini boshqarishga, asoslashga, o‘z-o‘zini 
tarbiyalashda u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi. 
0
‘zlikni 
anglash va o‘z-o‘zini boshqarishning o‘zaro aloqasi va o‘zaro 
bog‘liqligini quyidagi chizma tarzida tasavvur qilish mumkin:
0 ‘z-o‘zini anglash — bu umuman olganda, shaxs «Men» 
obrazining hosil bo‘lishi demakdir (I.S.Kon 1978). Ko‘pchilik 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «Men» obrazi insonda tez hosil 
boimaydi, balki butun umri davomida ijtimoiy ta’sirlar natijasida 
yuzaga keladi. Ijtimoiy psixologiya nuqtayi nazaridan olib qaral- 
ganda, bu jarayon insonning turli ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishi 
qaysi yo‘l orqali amalga oshirilishi biz uchun qiziq.
Ko‘pgina ilmiy manbalarda o‘z-o‘zini anglashga quyidagi- 
cha ta’rif beriladi: «Insonning o‘z bilimlari, ma’naviy qiyofasi va 
qiziqishlari, ideallari va axloq motivlarini anglash, baholash, o‘z- 
o‘ziga arbob sifatida his qiluvchi va fikrlovchi mavjudod sifatida 
yaxlit baho berishi, o‘zini obyektiv dunyodan ajratishi, o‘zining 
borliq olamga munosabatini anglash va unga baho berishi, o‘zini 
shaxs sifatida anglashi, o‘z xatti-harakatlari, fikrlari va hislari
istaklari va qiziqishlarini anglashidir».
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. 
Masaian, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish 
va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davr­
da paydo boiadigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitlarda 
ham nafaqat o‘ziga munosabatni, balki o‘zgalar bilan bo'ladigan 
munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yax­
shi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida 
mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjud


ekanligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barka- 
mollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bogliq boladi. 
Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, 
muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator 
salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan 
go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifat- 
larning bor-yo‘qligiga bogliq holda «Men» obrazi mazmunan idrok 
qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo boigan 
ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuch- 
li salbiy emotsiyalarga sabab bolsa-da, baribir chiroyli kiyimlar, 
taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni 
bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Lekin shuni alohida ay- 
tish joizki, «Men» obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha 
shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati 
katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini 
ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb 
ataladi. Uning mohiyati — aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi 
orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirishdir. Refleksiya «Men» 
obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
«Men» obraziga doir bir qancha nuqtayi nazarlar mavjud boiib, 
bulardan eng ko‘p tarqalgani quyidagi uch komponent boiib, bu­
lar:
1. Bilish komponenti (o‘zini bilish).
2. Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholash).
3. Axloqiy komponent (o‘ziga munosabat).
Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida ko‘pgina olimlar ilmiy- 
psixologik tadqiqot olib borganlar. Masalan, D. Mill «Men» kon- 
sepsiyasini xotira bilan boglagan boisa, V. Vundt «Men»ni insonni 
shaxsiy hissiyotlari bilan boglagan. l.S.K on o‘zining «Men»ning 
yaratilishi» nomli asarida bu fikrlarni tahlil qilib, «inson avvalo 
kishining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadigan sifatlarini anglaydi» 
deydi. D. Midning fikricha, o‘z-o‘zini anglash bu — birgalikdagi 
faoliyati tufayli birlashgan odamlarning ko‘zi bilan o‘ziga bo- 
qishdir. A.N. Leontev o‘z-o‘zini anglashda ijtimoiy faoliyatning


roli haqida fikrlab, shunday deydi: «Individual «Men» o‘zining 
tarkibiga ko‘ra, ijtimoiy malakalar natijasida yuzaga keladigan 
ijtimoiy tarkibdir».
Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida yana bir qator mulo- 
hazalar bo‘lib, uni o‘rganishda asosiy fakt shundaki, u oddiy tav- 
siflar kabi yuzaga kelmaydi, lekin u shaxs tarbiyasining va tar- 
biyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi 
nazardan olib qaraganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif 
berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o'zligini qanchalik 
aniq bilsa, tasavvur qila olsa, uning jamiyat me’yorlariga qarshi 
harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi, shunda u tar- 
biyalangan boiib hisoblanadi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling