Ijtimoiy psixologiya


Download 356.57 Kb.
bet32/77
Sana19.03.2023
Hajmi356.57 Kb.
#1283880
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy tarbiyaning asl ma’nosi ham, vazifasi ham boladagi ijtimoiy faollikni oshirish orqali, undagi ijobiy fazilatlarni ka- mol toptirishdir. Odatda, ijtimoiy faol bo‘lgan va bolaning ijti­moiylashuvi uchun javobgar bodgan kishilar ko‘pincha bolalar- ning aqlli, farosatli, qobiliyatli, bilimli bo‘lib yetishishlari uchun jon kuydiradilar, uning bilimi va jismoniy quvvatini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratadilar, lekin bolaning irodasini mustah- kamlashni bee'tibor qoldiradilar. Buning oqibatida bola turmush so‘qmoqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy vaziyatlarda qiyin- chiliklarni yenga olmaydigan, ruhiyati mo‘rt bo‘lib ulg‘ayadi. Shuning uchun ham ijtimoiylashuv maskanlarining barchasida mas’ullar bolaning ijtimoiy bilimdonligi bilan birga uning ijti­moiy ko‘nikmalarini oshirishga ham harakat qilishlari kerak.
Shaxs ijtimoiylashuvining sohalari
Umumiy psixologiyada qabul qilingan tezisdan kelib chiqqan holda gapiriladigan bo‘lsa, inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki shaxs bo‘lib shakllanadi. Ijtimoiylashuvning tuzilishiga ko‘ra, shaxs shakllanish jarayoni inson tug‘ilgan daqiqadan boshlanadi. G.M.Andreyeva o‘zining «Ijtimoiy psixologiya» kitobida shaxs shakllanishining uchta soha orqali amalga oshirilishini aytib o‘tadi:

  1. Faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoli- yatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar sohasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi faolligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllan- tiradi.

  2. Muloqot sohasi, ayniqsa maktabga ham yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijti­moiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.


  3. Download 356.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling