Ijtimoiy psixologiya


Download 356.57 Kb.
bet31/77
Sana19.03.2023
Hajmi356.57 Kb.
#1283880
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Mehnat jamoalari ham shaxs ijtimoiylashuvida katta ahami- yatga ega. Bu jamoaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, shaxs bu jamoaga ancha aqli pishib, ma’lum tajribaga ega bo'lib, hayot haqidagi tasavvurlari shakllanib qolgan paytda keladi, qola- versa, o‘quv yurtida egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy me’yorlar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxs- ning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim me- zonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri — o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro muno­sabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o‘rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‘lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.
Din — bolaning ijtimoiylashuvida jamiyatdagi diniy erkinlik- ning ham o‘rni o‘ziga xosdir. Bola mansub boigan jamiyat va oilada dinning ijobiy jihatlaridan uning tarbiyasi yo‘lida foyda- lanish yaxshi foyda beradi. Bolaning vatanparvar, insonparvar, mehribon, madaniyatli, to‘g‘riso‘z, vijdonli bo‘lib ijtimoiylashuvi uchun dinning roli kattadir.
OAV — ayni paytda bu sohaning shaxs ijtimoiylashuvi- ga ko‘rsatayotgan ta’siri juda katta ekanligi barchaga ma’lum. Ko‘rsatilayotgan, eshittirilayotgan, yozilayotgan barcha ma'- lumotlar kishilar ongiga juda tez va unumli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida jamoat tashkilotlari alo- hida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo‘yishi nati- jasida shaxsda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, tanqidiylik singari fazilatlar barqarorlashadi. Bunda inson sifatida jamiyat oldida o‘z burchini uddalay olish, jamiyatning turli sohalarida o‘zligini namoyon qilish va jami- yatdan qanoatlanish tuyg‘ularining kechishi bilan xarakterlanadi. Jamoatchilik tashkilotlaridagi ijtimoiy faoliyatda, jamoat ishlari- da shaxs o‘z xususiyatlarini namoyon etib boshqalarning ham ijti- moiylashuviga ko‘maklashadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar). bozor mu- nosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Vuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayo- nidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin.

Download 356.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling