Ijtimoiy psixologiya


Download 356.57 Kb.
bet54/77
Sana19.03.2023
Hajmi356.57 Kb.
#1283880
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Hukmronlik — odatda ustunlik qiluvchi guruh diskriminatsi­yani kam sonii bo‘lgan yoki ta’sirga nisbatan kam qarshilik ko‘rsatuvchi odam va guruhlarga nisbatan amalga oshiradi. Jami- yatda odamlar yoki guruhlarning qaysidir jihatdan bir-biridan us­tunlik qilishi son jihatdan (ko‘pchilik kamchilikka nisbatan mu- nosabatlarda), hukmronlik jihatdan («yuqori sinf» vakillari «quyi sinf» vakillariga nisbatan munosabatlarda) kuzatilishi mumkin. Ustunlik qilish orqali bir guruh ikkinchi guruhga nisbatan ular hech qanday ahamiyatga ega emasdek munosabatda bo'ladi, ak- sariyat hollarda bu guruhda asosiy inson huquqlarining chek- lanishlari kuzatiladi. Kolumbiya Universiteti professori B.A. Ri- chardsonning fikriga ko‘ra, «diskriminatsiya inson qadr-qimmati hamda inson huquqlari amalga oshirilayotgan jarayonda ularning inkor etilishi hisoblanadi».
Pozitiv harakatlar — pozitiv diskriminatsiya atamasining ilk bor kelib chiqishi AQSHda bo‘lib, u yana «pozitiv harakat» nomi bilan ham ataladi. U o‘zida amaliy tenglik va diskriminatsiya- ning institutsiyalashgan shakliga erishish uchun yo‘naltirilgan vaqtinchalik maxsus choralarni ham aks ettiradi.
Institutsional diskriminatsiya jamiyatda, tashkilot va idora- larda tizimli ravishda tengsizlik hamda diskriminatsiyaga olib keluvchi umurniy qabul qilingan qonunlar, siyosat, urf-odat va udumlarga taalluqli. Tajribaga asoslangan harakatlar har doim juda ham munozarali hisoblanadi. Ular boshqalariga nisbatan solishtirganda ma’lum guruhlarga avvalgi tengsizliklar uchun maqsadli guruhlar, masalan, ozchilikni tashkil qiladigan etnik kelib chiquvchi ayollar guruhiga o‘rnini qoplash-kompensatsiya to‘lash va shuningdek hozirgi paytda barcha asosiy erkinlik, ay- niqsa, ta’lim, mehnat qilish va biznesni boshqarishda amalga oshirishga teng imkoniyatlarni yaratishni bildiradi.
Bu kabi «pozitiv diskriminatsiya» ma’lum bir chegaralan- gan muddatlarda amalga oshirilib, bunday ko‘rinishdagi afzal ko‘rishga e’tibor qaratilishini diskriminatsiya deb hisoblanmas- ligini alohida ta’kidlash kerak.

Download 356.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling