Ijtimoiy psixologiyaga kirish


Download 497.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi497.21 Kb.
#1519382
  1   2   3   4
Bog'liq
500 TA TEST SAVOLLARI Sotsial psixologiya 12.05.2023 yangi (2)



SOTSIAL PSIXOLOGIYA FANIDAN 500TA TEST SAVOLLARI 
1. "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asarining muallifi kim? 
2. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi e’tirof etilishi nechinchi yilga 
to‘g‘ri keladi? 
3. Ijtimoiy psixologiyani uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik 
va psixologik mavjud ekanligini asoslagan olim? 
Odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil 
bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, kechinmalar, turli 
xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Ushbu ta’rif ijtimoiy psixologiya 
faning ……… Nuqtalar o’rniga mos kategoriyani belgilang? 
4. G.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon 
qarashlarini umumlashtirib, bu o’rinda necha xil yondashish: mavjud ekanligini 
asoslaydi? 
5. 
Psixologik ma’noda “guruh” bu? 
6. 
Boshqa shaxslar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining 
susayishi hodisasi fanda nima deb ataladi? 
7. 
Ma’lum bir joyda, ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan 
kishilar uchun umumiy belgi yoki xususiyat nima? 


8. 
Etnopsixologik yo’nalishda birinchi ilmiy tadqiqotlarni qaysi olim boshlab 
bergan? 
9. 
Sotsial-psixologik tadqiqotlar xulosasiga ko’ra, kichik guruhlardagi shaxslar 
soni necha kishi deb qabul qilingan? 
10. XX asrning 30 — yillarida O’zbekistonda etnopsixologik tadqiqotlar olib 
borgan olim kim? 
11. Individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi tura olishi, o’zicha 
mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi nima deb ataladi? 
12. Sotsiologik yondashuvga ko’ra “shaxs”... 
13. Sotsiologik yondashuvga ko’ra “shaxs”... 
14. ”Ijtimoiy rol” nima? 
15. «Attityud» atamasi o'zbek tiliga tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi? 
16. 
G.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon 
qarashlarini umumlashtirgan yondashuvlarini belgilang

17. 
“Ustanovka” so’zi qanday ma’noni anglatadi? 
18. Rus psixologlaridan kim o’tgan asrning 60-yillarida “tolerantlik” atamasidan 
birinchi bo’lib foydalangan? 
19. 
Biror harakatni qilishdan to'xtatish nima deyiladi? 


20. 
Biror harakatdagi muvozanatni buzishga nima deyiladi? 
21. 
Xalqlar psixologiyasi nazariyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida qachon 
va qayerda shakllandi? 
22. 
Qaysi olim asosan diqqatini ommani elitaga — jamiyatdan yuqori turuvchi 
tanlangan guruhlarga qarshi qo'yishga qaratdi? 
23. 
Ijtimoiy xulq-atvor instinklari nazariyasi qachon va qayerda shakllandi? 
24. 
“Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi” deb yozgan 
olimi kim? 
25. 
Ijtimoiy xulq-atvor instinklari nazariyasi asoschisi kim? 
26. 
«………….. — psixologiya fanining shunday tarmog’iki, u turli uyushgan va
uyushmagan guruhlardagi odamlarning muloqati, o’zaro ta’sir va munosabatlaridan 
kelib chiqadigan psixik hodisalarni o’rganadi."? 
27. 
Biror harakatni qilishga undash nima deb ataladi? 
28. 
Odat me’yorlarining bir qismi bo'lib, bu oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni 
saqlab qolish bilan bog'liq bo'lgan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o'tuvchi 
umumlashgan qoidalar to'g'ri berilgan javobni toping?. 
29. Interaksiya bu? 
30. 
Koaksiya bu? 


31. G.M.Andreyeva har qanday kishilar guruhini qaysi turlarga ajratadi? 
32. Boshqalar bilan hamkorlikda bo’lgan individ faoliyatining tezligi oshishi, biroq 
harakatlar sifatinining ancha pasayish hodisasi nima deb ataladi? 
33. Guruhlar kishilar soniga ko’ra qanday turkumlanadi? 
34. Guruhning o’z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko’rsatishi nima deb 
ataladi? 
35. 
Konformlik turlarini ko’rsating
36. Yu.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farqlaydi. Bular 
qaysilar? 
37. ”Makro muhit” deganda nima tushuniladi? 
38. 
Demografik omil nima? 
39. Shaxs “mikro muhit” iga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
40. Ijtimoiylashuv nima? 
41. ”Paternalizm” nima? 
42. Qaysi olim attityudning uch komponentli tizimini farqlaydi? 
43. ”Rahbar” tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
44. 
Ijtimoi
y psixologiyaning vazifalaridan biri keltirilgan javobni belgilang? 


45. 
Platon o`zining qaysi asarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga 
to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o`zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti 
jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni himoya qilgan? 
46. Psixologik himoya nima? 
47. 
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga 
hal bo`lgan bo`lsa, qaysi antik davr faylasufida bu narsa shaxs foydasiga 
yechilgan? 
48. 
Fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda nima boriligini, bu narsa 
uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, 
deb hisoblaydi? 
49. 
M.Smit tomonidan ishlab chiqilgan attityudning uchta komponenti qaysilar? 
50. 
Ijtimoiy ustanovkalarning nechta funksiyasi mavjud? 
51. 
“Ustanovka” tushunchasini rus psixologiyasiga qaysi olim olib kirgan?
52. 
’’Ijtimoiy ustanovka” nimani tushuntirib berish usuli bo’lib xizmat qiladi? 
53. 
“Gedonizm” tushunchasiga berilgan qaysi ta’rif to’g’ri? 
54. 
Psixologik ma’noda tolerantlik bu... 
55. 
Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai qachon bo’ldi? 
56. 
Agressiya — ...


57. 
Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch bu ? 
58. 
Qaysi nazariya tarafdorlari «agressivlik - individuumlarning mavjud 
resurslardan o‘z hissasini olish vositasi bo‘lib, o‘z o‘rnidabu resurslar tabiiy 
tanlashda (asosan genetik darajada) omad olib keladi» degan g‘oyani ilgari 
surganlar? 
59. 
"Ijtimoiy psixologiyaning otasi” kim? 
60. 
Tashqi (ob’ektiv), ichki(subyektiv), erkin, standartlashtirilgan, guruh ichida 
va guruhdan tashqari kabi turlarga bo’linuvchi metod? 
61. 
Qaysi olimning fikriga ko‘ra, kichkina qotillar “tartibsizlik,bir- birining his-
tuyg‘ulariga befarqlik, jismoniy zo’ravonlik, bir-birini qo’llamaslik va bir-birining 
taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda” ulg’ayadilar? 
62. 
Ekspriment metodining turini ko’rsating? 
63. 
Qaysi olim ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attityud) ni bir-biridan ajratish 
lozimligini ta’kidlaydi? 
64. 
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvor motivlarining qaysi turiga kiradi? 
65. 
Qaysi metod ijtimoiy psixologiyada o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o’ziga 
xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi? 


66. 
Psixologik himoya va ustanovka uyg’unligining metodologik asosini talqin 
qilishda qaysi psixologik maktab vakillari tomonidan ilmiy xulosalar 
shakllantirilgan? 
67. 
Kuzatuvchi tomonidan kuzatish ob’ekti bo’lmish odamlar guruhi bilan birga 
yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to’plansa, bunday 
kuzatish turi nima deb ataladi? 
68. 
M.Smit bo’yicha attityudning uch komponentli strukturasidagi “kognitiv qism” 
ga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
69. 
Bu metodning qator afzalliklari bo’lib ulardan muhimlari shundan iboratki, u 
faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan 
ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi 
bilan ajralib turadi. Ushbu metod turini aniqlang?
70. 
Paranoyal holat tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
71. 
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli 
ijtimoiy psixologiyada nima deb ataladi? 
72. 
…… ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, 
g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum 
mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. 


73. 
Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa qanday turlarga bo’linadi 
74. 
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo’linadi? 
75. 
Boshqaruv nazariyasi o’zining mohiyatiga ko’ra, fan sifatida nechanchi asrda 
yuzaga kelgan? 
76. 
Boshqaruv nazariyasining asosini qaysi fan tashkil etadi? 
77. 
“Lider asosan guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar — 
shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi” ushbu B.D. Parigin farqlab 
bergan "lider" va "boshliq" tushunchalarida nechanchi farq? 
78. 
Boshqaruv psixologiyasining predmeti bu... 
79. 
Mehnat psixologiyasi fani qaysi fanning tarkibiy qismi hisoblanadi? 
80. 
Boshqaruv psixologiyasi fanining maqsadi nimadan iborat? 
81. 
Qaysi metodddan foydalanish orqali rahbar yoki xodimning kasbiga, 
faoliyatiga nisbatan munosabatini, ma’suliyat hissini aniqlash mumkun? 
82. 
Xodimlarning biografiyasini o’rganish metodi qanday maqsadlarda 
qo’llaniladi?
83. 
Qisqa sinov usuli-? 
84. 
Intervyu metodiga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
85. 
"Rorshaxning siyoh dog’lari" testini qaysi metodga kiritsa bo’ladi?


86. 
Boshqaruv obyekti deganda nima nazarda tutiladi? 
87. 
Maqsad, qiziqish va faoliyat mushtarakligi asosida bir joyga birlashgan va 
muayyan barqarorlikka ega bo’lgan kishilar uyushmasi nima deb ataladi? 
88. 
"Rorshaxning siyoh dog’lari" metodida necha xil dog’ mavjud? 
89. 
Rahbarga xos bo’lgan “didaktik qobiliyat” qanday bo’lishi kerak? 
90. 
………— bu ijtimoiy hodisalarni o’rganish maqsadida tekshiruvchi bilan 
tekshiriluvchi o’rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir.Nuqtalar o’rnini 
to’ldiring. 
91. 
……..–– asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita 
yoki bavosita ma’lumot olinadi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. 
92. 
Qaysi fan doirasida “o’zgalar yordamiga muxtojlik” ning hayot davomida 
orttirilgan holati aniqlangan? 
93. 
Tadqiqotlar natijasiga ko’ra rahbar ish vaqtining o’rtacha necha foizini 
yig’ilishlrda o’tkazadi? 
94. 
……..–– tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzatslarni ma’no-mohiyatini 
takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli? 
95. 
Sotsial psixologiya taraqqiyotining eksperimental davri nechanchi yilda 
boshlandi? 


96. 
Sotsial psixologiya taraqqiyoti davrida 1930 yil AQSH da qanday jamiyat 
tashkil etildi? 
97. 
het el biznes boshqaruviga oid adabiyotlarda ko’rsatilishicha korporatsiya 
menejerlari necha yil oldinga qarab tashkilot ishini rejalashtirishi lozim? 
98. 
Diada nima? 
99. 
……… – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning 
hayvonlar bilan umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi? 
100. 
1940 yilda amerikalik qaysi olim 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik qirralari 
ro’yhatini tuzdi? 
101. 
Qaysi Rus psixologiyasi vakili “shaxs faoliyat konsepsiyasi” ni ishlab chiqqan 
va liderlikni faoliyat maxsuli deb atagan? 
102. 
Barcha ko’rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq-ravshan, keskin ohangda 
xodimlarga yetkazish qaysi boshqaruv uslubiga xosdir? 
103. 
Bo’ysinuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori va topshiriqlar berganda 
ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlash qaysi 
boshqaruv uslubiga xos? 
104. 
Jamoada hamkorlik yo’q, boshliq jamoaning muammolari baland- pasti bilan 
qiziqmaydiganday ko’rinadi.Unda ta’qiqlash, po’pisa bo’lmaydi. Bu qaysi 


boshqaruv uslubiga xos xususiyatlar hisoblanadi? 
105. 
Shaxs doimo ijtimoiy va u jamiyatdan tashqarida shakllanishi mumkin 
emas.Ushbu g’oya qaysi nazariyaga tegishli? 
106. 
Bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u 
ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo’ladi. Bunday guruhlarga 
birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni 
kiritish mumkin. Bu referent guruhning qaysi turi? 
107. 
Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlriga muayyan vaqt 
davomida tus berib turuvchi emotsional holat nima deb ataladi? 
108. 
Affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko’ra, kayfiyatga yaqin 
bo’lgan xis-tuyg’ularni boshdan kechirishining alohida shakli nima deb ataladi? 
109. 
“Missiya” so’ziga berilga to’g’ri ta’rifni aniqlang. 
110. 
“Bu shunday guruhki, shaxs o’sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga 
muhtoj bo’lmaydi, lekin o’z harakatlarini yo’lga solishda unga asoslanadi va 
korreksiya qiladi? Bu referent guruhning qaysi turi? 
111. 
Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy 
qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo’shni bir-biri bilan murosalari 
kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi 


tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi — aksincha, «qora» deb turaveradi. Bu 
referent guruhning qaysi turi? 
112. Agar odamlar ko’chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo’lib turishgan bo’lsa, 
ularni psixologiya tilida guruh emas, nima deb atashadi? 
113. 
Qaysi olim hamkorlikning darajasi mezoniga ko’ra guruhlarni birlamchi va 
ikkilamchi turlarga bo’lib o’rganishni taklif etgan edi? 
114. 
Qaysi olim guruhning boshlang’ich nuqtasi uch kishi — triadadan boshlanadi 
degan fikrni bergan? 
115. 
Kichik guruhning chegarasi masalasida G.M.Andreyeva qanday miqdorda 
kishilar bo’lishini ta’kidlagan? 
116. 
Kichik guruhning chegarasi masalasida Moreno qanday miqdorda kishilar 
bo’lishini ta’kidlagan? 
117. 
Nechta kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, uyg’unroq va 
faoliyat samaraliroq hisoblanadi? 
118. 
Sotsiometriya asoschisi kim? 
119. 
Insonda kechayotgan psixologik jarayonlar va uning xatti- harakatlarining 
dinamik xususiyatlari, ushbu jarayonlar va xatti- harakatlarining kuchi, tezligi, 
paydo bo’lishi va o’zgarishini ta’riflab beruvchi hislatlarning yig’indisi nima deb 


ataladi? 
120. 
"Liderlik sifatlari nazariyasi" qanday nazariya hisoblanadi?
121. 
Hamma ham lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig'indisi 
tug'ma mavjud bo'lib, ular uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu 
liderlik nazariyasi qaysi nazariya? 
122. 
Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning 
o'zlarini ko'rsatishlari, lider bo'lishlari uchun qulay hisoblanadi. Ushbu liderlik 
nazariyasi qaysi nazariya? 
123. 
Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, 
liderning ruyobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi. Ushbu 
liderlik nazariyasi qaysi nazariya? 
124. 
Olim E.Meyo kichik guruhlarni qanday turlarga ajratishni taklif bergan?
125. 
Amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda qaysi tushuncha 
sotsial psixologiyaga kiritilgan? 
126. 
Konformizm o`zbek tilida qanday ma`noni bildiradi? 
127. 
Guruh fikriga qarshi turish nima deyiladi? 
128. 
Individ guruh fikriga to’laligicha qo’shiladi va ruhan qabul qiladi bu nima 
deyiladi? 


129. 
Etnopsixologiya fani obyekti to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 
130. 
“Etnos” iborasi qachondan ilmiy tushuncha sifatida fanga kiritilgan?
131. 
Qaysi tеrapеvtik yo`nalishning asosiy mohiyati “inson sub'еktivligi uning 
hayotiy tajribasi natijasidir” dеgan fikrga tayanadi? 
132. 
Individ guruh fikriga nomigagina qo’shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi 
turadi bu nima deyiladi? 
133. 
N.Triplett, nemis olimi A.Mayer, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis 
olimi V.Mede va boshqalarning tadqiqotlarida nimani o’rganishgan?
134. 
Etnos tushunchasiga qaratilgan “dual konsepsiya” muallifini aniqlang. 
135. 
Kichik guruhlarga xos 2-qonuniyatni belgilang?
136. 
Guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o`zaro munosabatlar 
taranglashib boradi. Bu kichik guruhlarga xos nechanchi qonuniyat?
137. 
Kishilar ijtimoiy guruhlarining tarixiy vujudga kelish shakllari, jamoa bo’lib 
yashashning alohida shakli. Mazkur ta’rif qaysi atamaga taaluqli? 
138. 
Agar guruh a`zolarining soni toq bo`lsa, ular o’rtasidagi o`zaro munosabatlar 
juft bo`lgan holdagidan ancha yaxshi bo`ladi . Bu kichik guruhlarga xos nechanchi 
qonuniyat?
139. 
Ba’zi bir umumiy xislatlar va maqsadlar negizida birlashgan ikki yoki undan 


ortiq odamlr jamoasi nima deb ataldi? 
140. 
Shaxs uchun muhim guruh qanday nomlanadi? 
141. 
Ikki yoki undan ortiq xalqqa taaluqli individlar nima deb ataladi? 
142. 
“Havo, suv va quruqlik” asarini yozgan yunon mutaffakirini aniqlang. 
143. 
Qaysi yunon mutaffakiri xalqlarning xarakter va temperament xususiytlari 
vujudga kelishida ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar ahamiyatli deb 
hisoblagan?
144. 
Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo'lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, 
jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir 
bo'ladigan hodisadir. Bu kichik guruhlarga xos nechanchi qonuniyat?
145. 
Qaysi buyuk mutaffakirimiz turli xalqlarning u yoki bu urf-odati, udumidagi 
tafovutlarni tahlil qilib, bu tafovutlar geografik shart- sharoit bilan bog’liq, deb 
tushuntiradi?
146. 
“Aholisi xushxulqqa ega bo’lmagan mamlakatda hokimiyatga ehtiyoj 
bo’lmaydi” degan ta’rif qaysi mutaffakkirga tegishli? 
147. 
Qaysi olim rahbarga xos ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan? 
148. 
1940 yilda amerikalik qaysi olim 79 sifatdan iborat bo'lgan liderlik qirralari 
ro'yxatini tuzdi? 


149. 
Idrok etilayotgan kishini muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos 
deb baholashda namoyon bo’ladigan xususiyatlar yig’indisi nima deb ataladi? 
150. 
“Xalqlar psixologiyasi bashariyatga taaluqli ma’naviy hodisalarni o’rganishi 
lozim” mazkur ta’rif qaysi olimga tegishli? 
151. 
“Xalq ruhi” tushunchasini birinchi bo’lib qo’llagan olimni aniqlang? 
152. 
Mans va Simslarning ijtimoiy psixologiyaga qo’shgan hissasi? 
153. 
Universal, kerak bo'lgan hislatlardan yana biri tom ma'noda "ziyoli" bo'lish 
yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo'lishdir. Ushbu ma’lumot sizga 
nimani mazmunini anglatadi? 
154. 
“Xalqlar va omma psixologiyasi” asarining muallifini aniqlang
155. 
“Antroposotsiogenez” tushunchasiga berilgan ta’rifni aniqlang. 
156. 
“Psixogenez” tushunchasiga berilgan ta’rifni aniqlang. 
157. 
Aql-zakovatning ma'lum normasi bo'lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar 
uchun o'rtadan yuqori bo'lmog'i maqsadga muvofiqdir. Ushbu rahbarga xos qanday 
sifat hisoblanadi?
158. 
Bu o'ziga xos kelajakni ko'ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo'lib, bu narsa 
shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim 
belgisidir. Ushbu rahbarga xos qanday sifat hisoblanadi?


159. 
Bu o'rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san'ati va ikkinchi tomondan, 
suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Ushbu rahbarga xos qanday sifat hisoblanadi?
160. 
P.Byukenenning fikricha jamiyatda borgan sari birdan boyib ketish, to‘kin 
hayotga erishish kabi egoistik intilishga ega bo‘lgan kishilar soni ortib bormoqda, 
bu esa jamiyatda mavjud qadriyatlarga nisbatan munosabatlarda jiddiy inqirozni 
keltirib chiqarmoqda. Muallif bu holatni qaysi psixologiya sohasining asosi deb 
baholaydi?
161. 
Gedonizmni tadqiq qilar ekan, P.Byukenen qaysi qit’ada gedonizmning salbiy 
ta’siri natijasida egosentrik dunyoqarashning shakllanayotganini ta’kidlaydi? 
162. 
“Egoizm” atamasining antonimi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 
163. 
Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar qachon vujudga keldi?
164. 
Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda 
shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o‘rganish ijtimoiy psixologiya uchun 
dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-
atvoriga tegishli bo‘lgan ... 
165. 
Ijtimoiy psixologiyada Altruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraladi va uning 
asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtayi nazar mavjud. Bular qaysilar? 


166. 
Odatda ustunlik qiluvchi guruh diskriminatsiyani kam sonli bo‘lgan 
yoki ta’sirga nisbatan kam qarshilik ko‘rsatuvchi odam va guruhlarga nisbatan 
amalga oshiradi. Bu diskriminatsiyani tushunish uchun unga berilgan qaysi 
qo’shimcha tavsifga mos keladi?
167. 
Rus psixologlaridan B.G.Ananev o‘tgan asrning 60-yillarida “tolerantlik” 
atamasidan birinchi bo‘lib foydalangan bo‘lsa, bu fenomenning ijtimoiy 
psixologiyasini ilk marotaba Sankt Peterburglik qaysi olima 2007 yilda tadqiq 
etgan 
168. 
Tolerantlikning murakkab anatomiyasida uning psixologik asosi va bosh 
o‘lchovi- toleran tlikning shaxsiy o’lchami (qadriyatlar, shaxsiy ustanovkalar) 
hisoblanadi. Bu tolerantlikka nisbatan bildirilgan qaysi yondashuv fikri 
hisoblanadi? 
169. 
Shaxslararo munosabatlar jarayonida to’liq tolerantlik nafaqat shakllanadi, 
balki rivojlanadi ham, tolerantlikning shakllanishida unga rivojlanish uchun 
yaratilgan sharoitlar yordam beradi. Bu tolerantlikka nisbatan bildirilgan qaysi 
yondashuv fikri hisoblanadi?
170. 
Tolerantlik qandaydir omillar harakatining mexanik natijasi hisoblanmaydi, 
haqiqiy tolerantlik - bu shaxsning anglangan va ma’suliyatli tanlovi bo’lib, 


insonning boshqalar bilan munosabat o’rnatishdagi pozitsiyasi va faolligidir. Bu 
tolerantlikka nisbatan bildirilgan qaysi yondashuv fikri hisoblanadi? 
171. 
Tolerantlikning psixologik mazmuni, alohida bir xususiyatga tavsifga olib 
kelinishi mumkin emas, bu murakkab, ko’p aspektli va ko’p komponentli fenomen 
bo’lib, bir nechta bazaviy o’lchamlarga ega. Bu tolerantlikka nisbatan bildirilgan 
qaysi yondashuv fikri hisoblanadi? 
172. 
Agressivlikning bir shakli bo’lib, unda agressiya shaxsning o’ziga qaratilgan 
bo’ladi. Mazkur ta’rif qaysi tushunchaga nisbatan berilgan? 
173. 
K. Lorens ta’limotiga ko‘ra agressiya bu.......... 
174. 
“Transakt analiz” qanday psixoterapevtik yo’nalish hisoblanadi? 
175. 
“Transaksiya” tushunchasiga berilgan to’g’ri javobni toping.
176. 
“Transakt analiz” psixoterapevtik yo’nalishi asoschisi qaysi olim hisoblanadi? 
177. 
Muloqot ishtirokchilarining har biri uchun muhim bo’lgan muammoni hal 
etish vaqtida ular o’rtasida vujudga keladigan qarama-qarshilik va kurashning 
keskin kuchayib ketish jarayoni fanda nima deb nomlanadi? 
178. 
Odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan 
boshlab, insoniyat jamiyati bunyod bo’lgach ularda qanday holatlar vujudga 
kelgan? 


179. 
Ijtimoiy ruh qanchalik qadimiy bo’lsa uning sirlarini o’rganuvchi fan qanday 
yoshda ? 
180. 
Ijtimoiy psixologiyaning navqironligi nimada? 
181. 
Ijtimoiy psixologiya fan sifatida nimalarning asosida rivojlangan ? 
182. 
Psixologiya va sotsiologiya fanlari oralig’ida paydo bo’lgan fan? 
183. 
Sotsial psixologiyaning ikkiyoqlama holatining sababi nimada 
184. 
Sotsial psixologiya bir vaqtning o’zida qanday bilimlar ichida o’sib bordi 
185. 
Sotsiol psixologiya predmetiga nisbatan nechta nuqtayi nazar mavjud? 
186. 
Iqtisodiy rivojlanish shariotida qanday tadqiqotlarga talab kuchaydi?
187. 
Sotsial psixologik tadqiqotlarning gurkirab rivojlanishi qaysi davrga to’g’ri 
keladi? 
188. 
O'qituvchi rahbarligida bilim, malaka va ko'nikmalar olishga qaratilgan 
sistemali maqsadni ko'zlab tashkil qilingan jarayon? 
189. 
Shaxsning barcha bosqichlari qayerdagi muloqot va faoliyatda ro'y beradi? 
190. 
O’ziga xos genotip va fenotipga ega bo’lgan bir aktiv subyekt bu ...? 
191. 
Shaxs shakillanishida shaxsning ijtimoiy muhitga moslashish fazasi qanday 
nomlanadi? 
192. 
Shaxs shakillanishining qaysi fazasida shaxs o’z faoliyati davomida o’z 


mavqeyi va nufuzini aniqlab mustaqil shaxs sifatida o’z imkoniyatlarini namoyon 
qilib boradi? 
193. 
Shaxs bu..? 
194. 
Ruhiy rivojlanish qaysi prinsipga yondashadi?
195. 
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsning xususiyatlari va xatti- 
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi bu..? 
196. 
Ruhiy rivojlanishni rivojlantiruvchi omillar? 
197. ... 
Xusiyatlarni emperik tadqiq qilish qiyin ? 
198. 
Odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 
bog’lanishlar va aloqalarni rivojlantirishning ko’p qirrali jarayoni bu? 
199. 
Muloqotga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati bu?
200. 
Retsipiyent kim? 
201. 
O’zgalarning his kechinmalarini tushinish qobilyati?
202. 
O’zbekistonda 1-ijtimoiy —psixologik tadqiqotlar qachon va kim tomonidan 
o’tkazilgan 
203. 
Oilaviy munosabatlar pisixologiyasi hususida G’.B.Shoumarov va 
Ye.A.Marshinalarning tadqiqotlarida nimalar o’rganilgan. 


204. 
Sotsial psixologiya qaysi fanlar oralig’idagi fan hisoblanadi? 
205. 
Psixologiyaing aniq qismini va sotsiologiyaning bir qismini ajratib olib qaysi 
fan rivojlangan 
206. 
1920-yillardagi sobiq sovet davlati birinchi yillari sotsial psixologiya predmeti 
haqidagi diskussiya qanday holat bilan stimullandi 
207. 
Sotsial psixologiya taqdiri uchun kimning nuqtai nazari alohida ahamiyat kasb 
etdi 
208. 
G.I.Chelpanov psixologiyaning qaysi qismini himoya qildi 
209. 
Sotsial psixologiya rivojlaishida qaysi rus olimining ishlarini alohida aytish 
lozim 
210. 
L.S.Vigotskiy ishlarida qanday masalalar echildi 
211. 
L.S.Vigotskiy ishlarida qisman qaysi fan predmeti haqidagi fikrlar bildirildi 
212. 
L.S.Vigotskiy Vundtning nima haqidagi fikrlarini tanqid qildi 
213. 
Sotsial psixologiya predmeti haqidagi tortishuvlar qachon davom etdi
214. 
Sotsial psixologiya predmetiga necha yondoshish paydo boldi 
215. 
Sotsial psixologiya predmetiga 1- yondoshish kimlar orasida paydo boldi va 
sotsial psixologiyani nima deb tushundi 
216. 
Sotsial psixologiya predmetiga 2- yondoshish kimlar orasida paydo boldi va 


sotsial psixologiyani nima deb tushundi 
217. 
Sotsial psixologiya predmetiga 3- yondoshish kimlar orasida paydo boldi va 
sotsial psixologiyani nima deb tushundi 
218. 
Qanday muammo har qanday fan uchun,shuningdek sotsial psixologiya uchun 
ham hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi 
219. 
Ilmiy-texnika revolyutsiyasi natijasida sotsial psixologiya fanida yechilishi 
qiyinlashgan vazifalarni yechishda nimaning zarurati paydo bo’ladi? 
220. 
Tadqiqotchi tomonidan qo’llaniladigan qandaydir umumiy falsafiy 
yondoshish,bilishning umumiy usuli 
221. 
Psixologiya bilishning ma’lum sohasida qollaniladigan metodologik tamoyillar 
yig’indisi 
222. 
Rivojlanayotgan an’anaviy sotsial psixologiya doirasida qanday amaliyot 
shakllanib bordi 
223. 
20-asr boshlarida birinchi jahon urushidan keyingi davrda sotsial psixologiya 
qanday fanga aylandi 
224. 
Qachon sotsial psixologiya eksperimental fanga aylandi 
225. 
20-asr boshlarida birinchi jahon urushidan keyingi davrda sotsial psixologiya 
eksperimental fanga aylanishi evropada kimning nomi bilan bog’liq 


226. 
20-asr boshlarida birinchi jahon urushidan keyingi davrda sotsial psixologiya 
eksperimental fanga aylanishi AQShda kimning nomi bilan bog’liq 
227. 
Sotsial psixologiyani eksperimental fanga aylantirilishi talablari qayerda 
shakllandi 
228. 
Sotsial psixologiya eksperimental fanga aylantirilishi rivojlanishi ko’proq 
qayerda bo’ldi 
229. 
Iqsodiyatdagi kapitalistik shakldagi gurkirab rivojlanish qanday tadqiqotlarni 
stimulladi 
230. 
Psixologiya rivojlanishida nechta yondoshish aniq o’zini ko’rsatdi 
231. 
20-asr boshlarida psixologiya rivojlanishidagi uchta yondoshish qaysilar 
232. 
Sotsial psixologiya rivojlanishida asosiy e’tibor qaysi yonalishga qaratildi 
233. 
Bixeviorizmda asosan qanday guruhlarga e’tibor qaratildi 
234. 
Bixeviorizmda asosan metodikalar qanday guruhlarga moslashtirilgan 
235. 
Bixeviorizmda asosan metodikalarni rivojlantirishga e’tibor qaratish nimaga 
olib keldi 
236. 
AQSHda bunday sotsial-psixologik tadqiqotlar rivojlanishi qaysi fan 
rivojlanishiga olib keldi 
237. 
AQSHda bunday sotsial-psixologik tadqiqotlar rivojlanishi qanday fanlar 


rivojlanishiga qiziqishni yo’qotdi 
238. 
Neobixeviorizmdagi sotsial-psixologik yonalishlar kimlar nomi bilan bog’liq 
239. 
Bixevioristik nazaraiyalarda asosiy g’oya 
240. 
Bixevioristik nazaraiyalarga qaratilgan asosiy norozichilik nima 
241. 
Bixeviorizmda sinaluvchilari odamlar bo’lgan olim kim 
242. 
Bixeviorizmda qanday jarayonlar tahlil qilinmaydi 
243. 
Bixeviorizmda guruhiy jarayonlar qanday shaklda qarab chiqiladi 
244. 
Sotsial psixologiya qaysi yo’nalishda kamroq sotsial ko’rinishga ega 
245. 
Sotsial psixologiyada qaysi yo’nalish bixeviorizmdek keng o’rin egallamadi 
246. 
Psixoanalizda sotsial psixologiyadagi qanday guruh tuzilgan 
247. 
O’zining boshlanishini geshtal’t psixologiyadan va K.Levinning maydon 
nazariyasida aks ettirgan yonalish 
248. 
Kognitiv sotsial psixologiyada alohida o’rin egallagan nazariya 
249. 
Kognitiv nazariyalarda nimani tushuntirishga harakatlar qilinadi 
250. 
Interaksionizm yagona sotsiologik nazariy orientatsiya sifatida o’zining 
manbaasi deb kim qanday nomlangan nazariyasini qabul qiladi 
251. 
Rollar nazariyasi kim tomonidan ishlab chiqilgan 
252. 
Referent guruhlar nazariyasi kim tomonidan ishlab chiqilgan 


253. 
Kimning sotsial dramaturgiya deb nomlangan g’oyalari oxirgi yillarda 
rivojlanib bormoqda 
254. 
”Guruhiy dinamika “maktabi qanday guruhlarni tadqiq qiladi 
255. 
Sotsial psixologiyada shaxsni o’rganshda muhim ro’lni qaday muammo 
egallaydi 
256. 
Ustanovka muammosi qaysi olim maktabining tadqiqotlarining maxsus 
predmeti 
257. 
Xalqlar psixologiyasi sotsial-psixologik nazariyalarning birinchi shakllaridan 
biri sifatida qachon qayerda vujudga keldi 
258. 
Xalqlar psixologiyasi kimlarning o’zaro munosabatlarini ”jamoaviy echishni 
taklif qildi 
259. 
Xalqlar psixologiyasida ”Oliy idividual ruh”ning nimaga bo’ysunishi 
aytib o’tiladi?
260. 
”Xalq ruhi”haqidagi Gegelning falsafiy ta’limoti va Gerbartning idealistik 
psixologiyasi qaysi fan rivojlanishining nazariy manbaasi bo’lib xizmat qildi? 
261. 
Xalqlar psixologiyasi va “Tilshunoslik”jurnaliga qachon asos solindi? 
262. 
Keyinchalik xalqlar psixologiyasi g’oyalari kimning qarashlarida rivojlantirildi 
263. 
Vundt o’zining g’oyalarini qachon va qanday nomli asarida shakllantirdi 


264. 
Vundt g’oyalarining asosiy rivojlanishi qachon va qaysi asarlarida aks etgan 
265. 
Vundt psixologiyani necha qismga ajratishni taklif qildi 
266. 
Vundt psixologiyani qanday qismlarga ajratishni taklif qildi? 
267. 
Vundt nuqtai nazaricha fiziologik psixologiya qanday fan? 
268. 
Omma psixologiyasi qachon va qaerda vujudga keldi? 
269. 
Omma psixologiyasi asoslari kimning ishlarida yoritilgan? 
270. 
Sotsiolog Lebonning ”Xalq va omma psixologiyasi”asari qachon chop qilindi? 
271. 
”Sotsial psixologiyaga kirish”asari kim tomonidan qachon chop qilindi? 
272. 
E.Rossning”sotsial psixologiya”kitobi qachon nashrdan chiqdi 
273. 
Qaysi yili Ijtimoiy psixologiya fan sifatida rasman tan olingan? 
274. 
“Ijtimoiy psixologiyaga kirish kitobining muallifi kim? 
275. 
1908-yilda chop qilingan “Ijtimoiy psixologiya” nomli kitobining muallifi 
kim? 
276. 
V.Makdugallning “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobi nechanchi yili chop 
qilingan? 
277. 
“Ijtimoiy psixologiya sohasida ishlaydigan mutaxasissning aslida kim 
ekanligi —psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi — uning ushbu fan predmetiga 
yondashuvida o‘z aksini topadi” degan fikr muallifi kim ?


278. 
Qaysi fan Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida insonlar faoliyatini boshqarish 
bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, guruhiy hamda guruhlararo muloqotni 
samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni takomillashtirish mexanizmlarini 
o'rganadi. 
279. 
Ijtimoiy psixologiya fani o'rganadigan eng asosiy muammolarni o‘z ichiga 
olgan masalalardan biri — bu ...? 
280. 
Ijtimoiy psixologlarning fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning 
predmeti ham va uning doirasida o'tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy 
ob’ekti ham ... dir? 
281. 
Har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot samaradorligini oshirish 
omillarini o‘rganish qaysi fanning muhim vazifasi hisoblanadi? 
282. 
Nechanchi asrga kelib Ijtimoiy psixologiya fani fanlar tizimida alohida o‘ringa 
ega bo‘lgan sohalardan biriga aylandi? 
283. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining o’zi nechta 
bosqichdan iborat? 
284. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining bosqichlari 


noto‘g‘ri berilgan javobni toping? 
285. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining birinchi 
bosqichi to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
286. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining ikkinchi 
bosqichi to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
287. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining uchinchi 
bosqichi to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
288. 
Ijtimoiy psixologiya fanining fanlar olamida paydo bo‘lishi tarixi ya’ni 
sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig’ida “tug'ilishi” jarayonining uchinchi 
bosqichi to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
289. 
Ijtimoiy psixologiyaning predmetini aniqlashda necha xil yondashuv mavjud 
bo‘lgan? 
290. 
Ijtimoiy psixologiyaning predmetini aniqlashdagi uchinchi yondashuvda ilgari 
surilgan fikr to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
291. 
Biror xulq namunasi yoki fikrga o'zgalarni deyarli ongsiz va tanqidsiz 


ergashishiga erishish — bu 

292. 
Bir shaxs hissiy-emotsional xolatining o'zga bir shaxsga uzatilishi jarayoni -bu

293. 
E’tiqod so'zining ta’rifi to'g'ri berilgan qatorni toping? 
294. 
Identifikatsiya so‘zining ta’rifi to‘g‘ri berilgan qatorni toping? 
295. 
Aynan muloqot va odamlarning bir-birlariga munosabatlari asosida namoyon 
bo‘ladigan universal mexanizmlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping? 
296. 
Ijtimoiy-psixologik xodisalarni psixodiagnostika qilish, amaliy maslaxatlar 
berish va yangi psixotexnologiyalarni ijtimoiy hayot mezonlari va talablari 
doirasida o‘rganadigan hamda ijtimoiy-psixologik treninglar, gruppaviy 
psixoterapiya, rolli va ish o‘yinlari kabi yangi usullarda ijtimoiy xulqni 
o'zgartirishga qodir bo'lgan ilmiy-amaliy yo'nalish — bu ...? 
297. 
“Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanish tarixini belgilash shuning 
uchun ham mushkulki, u bir vaqtning o'zida bir necha fanlar tarixiy rivojlanishiga 
aloqador bo'lib, qaysi biri ko'proq bu jarayonni belgilashini bilish qiyin“ ushbu 
fikrning muallifini toping? 
298. 
Qaysi olimlar ijtimoiy-psixologik g'oyalar tarixi qadimgi grek falsafasidan, 
xususan, Platon g'oyalaridan, va nafaqat Platon, balki Aristotel g'oyalaridan 


boshlanganligini ta’kidlaydilar? 
299. 
Qaysi sotsiologi har bir individda “ijtimoiy fakt” borligini, bu narsa uning 
miyasi doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb 
hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha, doimo individlararo 
munosabatlarni o'z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid 
qiladi, shuning uchun ham shaxsni o'rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini 
talab qiladi? 
300. 
“Xalqlar psixologiyasi” iborasi birinchi marta kimlarning asarlarida 
ishlatilgan. 
301. 
Qaysi fanning vazifasi xalq ruhi moxiyatini o'rganish, xalq ruhiyati 
qonunlarini ochish, xalq psixologiyasiga oid bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarning 
paydo bo'lishi va yo'qolishini tushuntirib berishdir”?
302. 
“Psixologiyaning otasi” nomini olgan “Inson va hayvon ruhi xaqida 
ma’ruzalar” i (1863 y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan o'n tomli “Xalqlar 
psixologiyasi” asarlarida asosan o'zi to'plagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar 
psixologiyasiga bag'ishlangan fikrlari tizimini bayon etgan olim to'g'ri berilgan 
javobni toping? 
303. 
Nechinchi yili Gabriel Tardning “Taqlid qilish qonunlari” deb atalgan birinchi 


kitobi chiqdi. 
304. 
Sigelining “Ommaning jinoyatlari” va Lebonning “Omma psixologiyasi” 
kitoblari nechnchi yilda chiqqan? 
305. 
Qaysi sotsiolog asosan diqqatini ommani elitaga — jamiyatdan yuqori 
turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo'yishga qaratdi. U ommaning ayrim 
xollarida, ayniqsa, biror xodisa ro'y berganda “qiziqqonlik” xususiyati ustun turishi 
haqida yozadi? 
306. 
Shaxsiy sifatlarning yo'qolishi.Xissiyotlarga o'ta beriluvchanlik.Aqliy 
sifatlarning yo'qolishi.Shaxsiy mas’uliyatning yo'qolishi. kabi shaxsning omma 
xolatidagi belgilariga ajratgan sotsiolog to'g'ri berilgan javobni toping? 
307. 
Shaxsiy sifatlarning yo'qolishi;Xissiyotlarga o'ta beriluvchanlik;Aqliy 
sifatlarning yo'qolishi;Shaxsiy mas’uliyatning yo'qolishi;kabi sanab o'tilgan 
ommaning belgilari kim tomonidan nemis ensiklopediyasiga kiritilgan. 
308. 
Geshtalt tushunchasini ilk marotaba ijtimoiy 
psixologiyaga olib kirib, shu orqali shaxslararo o'zaro Idrokningmexanizmlarini 
izlagan va dastlabki eksperimentlarini aynan AQSH da o'tkazgan olimni toping?
309. 
Bixevorizm yo'nalishi asoschilari bo'lgan amerikalik olimlar to'g'ri berilgan 
javobni toping? 


310. 
Kognitivizm yo'nalishi asoschisi to'g'ri berilgan javobni toping? 
311. 
Sotsiologik nazariyalardan biri interaksionizm nazariyasi asoschisi kim? 
312. 
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada ijtimoiy psixologiya 
nechanchi yillarda rivojlana boshlagan. 
313. 
Rus ijtimoiy psixologiya asoschisi kim? 
314. 
Ijtimoiy psixologiyada qo'llaniladigan kuzatish metodining asosan necha 
shakli mavjud? 
315. 
Tadqiqotchi kuzatiluvchilar faoliyatiga bevosita aralashib,ular bilan kerak 
bo'lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng muhim xususiyat uning tabiiyligi 
bo‘lib,kuzatish obektlari o'zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va 
kuzatuvchini guruhning a’zosi sifatida qabul qiladilar ushbu ta’rif qaysi metodga 
tegishli? 
316. 
Kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular tashqi xulq- atvorini qayd 
qilish hisoblanib, bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab qilishi bilan boshqa 
metodlardan farq qiladi, ba’zida qisqa muddat ichida tadqiqotchi o‘zini 
qiziqtirayotgan predmet xususida hech narsa qayd qila olmasligi yoki tasodifan 
qo‘lga kiritilgan ma‘lumot asosida xulosa chiqarishga majbur bo‘lishi mumkin. 
Ushbu ta’rif qaysi metodga tegishli? 


317. 
Kuzatishning mohiyati, alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy 
vaziyatga solinadi, va ularning vaziyatga munosabati, shu vaziyatda o‘zini tutishi, 
ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo‘llari kuzatiladi. Ushbu ta’rif qaysi 
metodga tegishli? 
318. 
Anketa metodining nechta turi mavjud? 
319. 
Anketa metodining turlari to‘g‘ri berilgan javobni toping? 
320. 
Testlar psixologiyaning maxsus usuli bo‘lib,ular 20-30- yillarda hayotga 
amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keldiki, natijada qaysi maxsus soha 
yuzaga keldi? 
321. 
Odamlarning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli 
faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayoniga 
nima deyiladi? 
322. 
G.M. Andreyeva muloqotni nechta tuzilishga ajratgan? 
323. 
Muloqotga kirishuvchilar o'rtasidagi ma’lumot va axborotlar almashinuvi 
jarayoni to'g'ri berilgan javobni toping? 
324. 
Muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarining ijtimoiy xulq- atvoriga 
ta’sir ko'rsatish jarayoni noto'g'ri berilgan javobni toping? 
325. 
Muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va 


tushunishlari bilan bog'liq bo'lgan murakkab psixologik jarayoni to'g'ri berilgan 
javobni toping? 
326. 
Keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan 
muloqot to'g'ri berilgan javobni toping? 
327. 
O'zaro xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish 
mobaynidagi muloqot to'g'ri berilgan javobni toping? 
328. 
Bir shaxsning boshqa shaxs bilan o'z muammolarini yechish maqsadida 
o'rnatgan muloqoti to'g'ri berilgan javobni toping? 
329. 
Pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan 
murakkab o'zaro ta'sir jarayoni to'g'ri berilgan javobni toping? 
330. 
Aloqa vositasi sifatida nutqning asosan nechta turi mavjud? 
331. 
Odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko'z qarashlari turi borligini 
kuzatgan rus yozuvchisi kim? 
332. 
Odam yuz ifodalari nigohlarining 2000 ga yaqin ko'rinishlari borligini 
aniqlagan va birinchi bor uchrashganda ko'zlar to'qnashuvi, nigohlarning ro'li 
keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko'rsatishini maxsus tadqiqotlarda 
o'rgangan olim kim? 
333. 
Suhbatdoshlar bir-birlarini to'g'riroq idrok qilish uchun o'zlarini bir- birlarining 


o'rniga qo'yib qo'yishga xarakat qilish nima deyiladi? 
334. 
Muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, o'zini tasavvur qilish, 
ya’ni boshqa odamning idrokiga taalluqli bo'lib, o'ziga birovning ko'zi bilan 
qarashga intilish nima deb ataladi? 
335. 
Odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o'rnashib qolgan, ko'nikib 
qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanishga nima deyiladi? 
336. 
Lotincha so'zdan olingan bo'lib sabab,qo'shib bermoq, bo'rttirib ko'rsatmoq 
ma’nosini bildirgan so'zni toping? 
337. 
Ikki shaxs o'rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to'g'ri xulosa 
chiqarib, shunday xarakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka, 
undaydigan nizolar qanday nizo hisoblanadi? 
338. 
Qaysi nizo oqibati ko'pincha salbiy bo'lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib 
chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi va ular xastalanib qolishi ham 
mumkin? 
339. 
Muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to'g'ri kelmaydigan, 
qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to’qnashuvi oqibati paydo bo’lgan 
salbiy xissiyotlarga to’la munosabatlarga nima deyiladi? 
340. 
Bir-biriga bo‘ysunmaydigan, tobe bo‘lmagan oddiy xodimlar o‘rtasidagi 


nizolar qanday nizo? 
341. 
O‘zaro bir-biridan amal pog‘onasi bo‘yicha farq qiluvchilar, masalan, rahbar 
bilan xodim o‘rtasidagi nizo qanday nizo hisoblanadi? 
342. 
Shaxslararo munosabatlarda u va bu holat uyg‘un kelganda, odatda ishlab 
chiqarish faoliyatida eng ko‘p tarqalgan nizo qanday nizo hisoblanadi 
343. 
Taniqli rus olimi B.F.Lomov muloqot funksiyalarini necha turga ajratgan? 
344. G.M. Andreyeva muloqotni nechta tuzilishga ajratgan? 
345. 
Muloqot turlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping? 
346. 
Odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor 
normalaridan kelib chiqadigan, professorning talaba bilan muloqoti qanday 
muloqot hisoblanadi? 
347. 
Odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadigan va uning mazmuni o‘sha 
suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan 
belgilanadigan muloqot qanday muloqot hisoblanadi? 
348. 
Og‘zaki nutq turi to‘g‘ri berilgan qatorni toping? 
349. 
Shaxslararo nizolarning kelib chiqishi quyidagi qaysi holatlarga bog‘liq? 
350. 
Shaxslararo nizolar qanday namoyon bo‘ladi? 
351. 
Qaysi olimlar nizolarni bartaraf qilish uchun nizo xaritasini tuzishni taklif 


etgan? 
352. 
Bir yoki bir necha konkret shaxslarning o‘zaro yoki guruh doirasidagi 
ziddiyatlari qanday nizo? 
353. 
Ma’lum bir davlatning, jamiyatning, guruhning (bu guruh ijtimoiy, etnik, 
diniy, siyosiy, yoshga oid va h.k. bo‘lishi mumkin) vakili, o‘z atrofidagilar bilan 
ongli munosabat o‘rnata oladigan, ongli ravishda faoliyat yurita oladigan, barcha 
munosabatlarda o‘ziga xos insoniy qiyofani namoyon qila oladigan, shuningdek, 
o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo'lgan kishi — bu....? 
354. 
D.Mayers ijtimoiy psixologiyada shaxsni o'rganishning o'ziga xosligini tahlil 
qilish uchun barchaga ma’lum bo'lgan bir ertakdan foydalanadi. Bu qaysi ertak? 
355. 
Bu fan odamlar bir-birlari haqida nima o’ylashidan tortib, ular bir- birlariga 
qanday ta’sir ko’rsatishigacha o’rganadigan fandir. Ushbu ta'rif qaysi fanga 
tegishli. 
356. 
Qaysi olim Amerikalik o‘smir — o‘quvchilar bilan tadqiqot o’tkazib, shuni 
aniqlaganki, o‘smir qizlar o‘zining o‘g‘il bola tengdoshlarining fikrlarini ko‘proq 
inobatga olar ekan, o‘smir o‘g‘il bolalar esa o‘z ota- onalarining fikrlarini ko‘proq 
inobatga olishini aniqlangan? 


357. 
Shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud va u Persona deb ataladi. 
Ana shu Persona shaxsning haqiqiy ”Men”i va Yolg‘on “Men”i o‘rtasida 
muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu fikr kimga mansub?
358. 
L.S. Vigotskiy fikri bo‘yicha o‘z-o‘zini anglashni rivojlantiruvchi asoslar 
noto‘g‘ri berilgan javobni toping? 
359. 
R. Berns “Men” konsepsiyasi strukturasining asosiy komponentlarini quyidagi 
qaysi ustanovkalar tashkil qiladi? 
360. 
“Men” konsepsiyasini insonning shaxsiy hissiyotlari bilan bog‘lagan olimni 
aniqlang? 
361. 
Shaxs shakllanishining psixik tuzilishini uch asosiy qismini Id (U), Ego (Men), 
Superego (Oliy Men)ga ajratib ko‘rsatgan olim kim? 
362. 
Hayotning yuksak sohasida jinsiy mayl energiyasining mehnat faoliyatiga, 
aqliy va ijodiy faoliyatga qaratilishi va sarf etilishiga nima deb aytiladi? 
363. 
O‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qilish jarayoni. 
364. Noijtimoiy me’yorlardan biri keltirilgan javobni belgilang?
365. Ijtimoiy me’yorlardan biri keltirilgan javobni belgilang?
366. Noijtimoiy me’yorlardan biri keltirilgan bo’lib siz shu javobni belgilang?
367. Ijtimoiy me’yorlardan biri keltirilgan javobni belgilang?


368. 
Bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jarayonida ko‘p va takroran 
qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini tutish qoidalaridir. Irqiy, diniy, jinsiy, 
kasbiy va h.k. mansublilikni, shuningdek, ma’lum davraga mansub “biz” bor va 
unga kirmaydigan “ular” bor degan tushunchani ham bildiradi. Bu qaysi meyor 
mazmunini ifodalayapdi? 
369. 
Qo‘lga olish, ushlab turish va ommaviy siyosiy boshqarishni qoilash bilan 
siyosiy guruhlardagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlardir. Bu 
qaysi meyor mazmunini ifodalayapdi? 
370. 
Dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy 
birlashmalarni tashkil qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor 
qoidalaridir. Bu qaysi meyor mazmunini ifodalayapdi? 
371. 
Ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti va iste’moli bilan bog’liq bo’lgan 
ommaviy munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoidalar. Bu qaysi meyor 
mazmunini ifodalayapdi? 
372. 
Barchaga majburiy bo’lgan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab 
chiqiladigan, shakllanadigan, tasdiqlanadigan va davlat tomonidan nazorat 
qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Bu qaysi meyor mazmunini 
ifodalayapdi? 


373. 
Turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot a’zolari o'rtasidagi munosabatlarni 
nazorat qiluvchi axloqiy qoidalar.Bu qaysi meyor mazmunini ifodalayapdi? 
374. 
Jamoatchilikda odamlarning yaxshihk va yomonlik, adolat va adolatsizlik, 
majburiyat, g‘urur, qadr-qimmat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda 
o‘rnatiluvchi odob me’yorlaridir. Bu qaysi meyor mazmunini ifodalayapdi? 
375. Qamoq jazosi, fuqarolik huquqidan mahrum etish bu qanday sanksiya? 
376. Bu meyorlarni bajarish odamga o‘z faoliyatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va 
sun’iy obyektlardan foydalanishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat 
qiladi.Bu qaysi guruh meyorlari?
377. Bu jamiyatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki 
bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiriladigan jazolash 
yoki rag‘batlantirish yo‘llaridir. Bu qaysi tushunchaning mazmunini anglatadi? 
378. 
Ushbu rahbarlik uslubida jamoani boshqarish usullariga asoslanadi. Vakolatlar 
bitta rahbarning qo'lida to'plangan, qarorlar individual ravishda qabul qilinadi. 
Haddan tashqari tashabbus g'oyib bo'ladi, ish tartibi qattiq va nazorat darajasi juda 
yuqori. Hamma narsa aniq maqsadga erishishga qaratilgan. Bunday etakchilik 
uslubiga ega bo'lgan tashkilotlar ma'lumotlarning maxfiyligiga katta e'tibor 
berishadi. boshliqlar uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas, qo'l ostidagilar 


bilan aloqa qilish juda qattiq bo'lishi mumkin. 
Ushbu ma’lumot qanday uslubdagi 
rahbarga tegishli?
379. 
Hamkorlikda qaror qabul qilish qo'llaniladi. Xodimlar ustidan nazorat unchalik 
qattiq emas, hokimiyat tanqidiga toqatli munosabatda. Xodimlar o'rtasidagi aloqa 
to'g'ri va nozik, tashkilot ichidagi ma'lumotlar mavjud.
Ushbu ma’lumot qanday 
uslubdagi rahbarga tegishli?
380. 
Ushbu xususiyatlar qaysi rahbarga tegishli? 
hatto muhim qarorlar qabul 
qilishda ham, rahbar ular uchun javobgarlikni rad etadi;qarorlar ko'pincha 
birgalikda qabul qilinadi - yana, javobgarlikdan qochish uchun;narsalar o'z 
yo'nalishini oladi;tashkilotdagi ishlarning holatini nazorat qilish minimal;tanqid 
loqaydlik bilan qabul qilinadi va hokazo.
381. 
Ushbu xususiyatlar qaysi rahbarga tegishli?
xodimlarning ijodiy salohiyatini 
ro'yobga chiqarish uchun joy yo'q, tashabbus ma'qullanmaydi;ish uchun samarali 
motivatsiya yo'q;xodimlarning faoliyatini to'liq nazorat qilish; qattiq 
byurokratiya;odamlar kamdan-kam hollarda o'z ishlaridan qoniqishadi;ko'pincha 
xodimlarning samarali faoliyati faqat "yuqoridan" bosim ostida mumkin va 
hokazo.
382. 
Ijtimoiylashuv atamasini birinchi bo‘lib qo’llagan olimni toping? 


383. 
Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy 
qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo’shni bir-biri bilan murosalari 
kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi 
tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi — aksincha, «qora» deb turaveradi. Ushbu 
ma’lumot qaysi referent guruh turiga tegishli ? 
384. 
Bu shunday guruhki, shaxs o’sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga 
muhtoj bo’lmaydi, lekin o’z harakatlarini yo’lga solishda unga asoslanadi va 
korreksiya qiladi. Ushbu ma’lumot qaysi referent guruh turiga tegishli ? 
385. 
Bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u 
ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo’ladi. Bunday guruhlarga 
birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni 
kiritish mumkin. Ushbu ma’lumot qaysi referent guruh turiga tegishli ? 
386. 
Amerikalik psixolog Ch. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko’ra 
guruhlarni qanday turlarga bo’lib o’rganishni taklif etgan edi? 
387. 
Adaptatsiya — bu...? 
388. 
Ko’pchilik olimlar guruhning boshlang’ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan 

Download 497.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling