Ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo’nalishlari


Download 1.74 Mb.
bet7/7
Sana27.08.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1670665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo’nalishlari

3. Insonning mavjudligi o'ziga mas'uliyatni qamrab oladi: nafaqat o'zi uchun, balki atrofdagilar uchun, erkinlikka interpritatsiya qilingan dunyo yaxlitdir: qanday harakat qilishga qaror qabul qila turib inson ham hayotga, ham o'ziga u yoki bu xususiyatli inson bo'lishni tanlaydi.

  • 3. Insonning mavjudligi o'ziga mas'uliyatni qamrab oladi: nafaqat o'zi uchun, balki atrofdagilar uchun, erkinlikka interpritatsiya qilingan dunyo yaxlitdir: qanday harakat qilishga qaror qabul qila turib inson ham hayotga, ham o'ziga u yoki bu xususiyatli inson bo'lishni tanlaydi.
  • 4. Vaqtinchalik va tugallangan mavjudlik. Inson mavjudligi - o'limga murojat qiladigan borliqdir.

Ekzistensial tahlilchilar dunyoni 3 ta modusga ajratadilar:

  • Ekzistensial tahlilchilar dunyoni 3 ta modusga ajratadilar:
  • Unwelt - atrofdagi, tashqi dunyo - moddiy- "biologik" va "jismoniy" dunyo, insonni tashqi muhit, ob'ektlar dunyosi o'rab olgan.
  • Mitwelt - dunyo bilan - bir turdagi olam, insonga yaqin turuvchi odamlar dunyosi, ba'zan almashinib turadigan insonlar o'rtasidagi yaqin shaxslararo munosabatlar dunyosi.
  • Eigenwelt- o'z dunyosi - o'zlik dunyosi, o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini mohiyatini qadrlash dunyosi, "o'zim uchun" dunyo.
  • Dunyoni bunday tushunish ko'pincha bir dunyoni tanlash, boshqasini yo'qolishi evaziga sodir bo'lishi ekzistensional psixologiyaning asosiy g'oyalaridan biridir.
  • Ekzistensial falsafa" tushunchasi nemis faylasufi va psixologi Karl Yaspers tomonidan 1931 yili "Vaqtning ruhiy vaziyati" asarida keltirilgan, 1938 yilda aynan shu tushuncha yoritilgan butun asar yozgan "hamda K.Yaspers ekzistensial falsafaga asos solgan olim sifatida Kerkegorni ko'rsatadi [4].
  • Psixologiyaga ekzistensial psixologiya yondashuvi nemis faylasufi va psixologi Karl Yaspers tomonidan kirib kelgan bo'lib, "Umumiy psixopatologiya" (1919), "Tarixning ahamiyati va mazmuni" (1949) kabi asarlari psixiatriyadagi mavjud metodologiya va yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishga yo'naltirilgan.
  • Ekzistensional psixologiya quyidagi masalalarni o'rganadi:
  • 1. O'lim, hayot va vaqt muammolarini;
  • 2. Tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;
  • 3. Yolg'izlik, sevgi va muloqot muammolarini;
  • 4. Mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini [4].
  • Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti - odamzod hayotining mazmuni, uni yo'qotish, o'zgartirish va erishishning shart-sharoitlarini o'rganishi adabiyotlarda keltirilgan [1].
  • Ekzistensionalizmning markaziy tushunchalaridan biri ekzistensiya hisoblanib, ekzistensiya bu - inson borlig'i obekt va subekt butunligining bo'linmas, parchalanmas ekanligidir [4]. Mazkur nazariya bo'yicha shaxs o'zini ekzistensiya sifatida anglab, o'z mavjudligi va o'zida tanlovga ega bo'lgan ozodlikni yaratadi. Ozodlikni tanlash esa individda dunyoda sodir bo'layotgan barcha hodisalarga nisbatan mas'uliyatni paydo qiladi.
  • Ekzistensiya - bu insonni o'zini oldindan berilgan reja orqali emas, balki mustaqil, o'zining xususiy ichki dunyosini kashf qiladigan insoniy "Men"i hisoblanadi. Shaxs ekzistensiyasi tushunchasi "Men"ning boshqalar bilan muloqoti asosida vujudga keladigan o'z-o'zini loyihalash, o'z-o'zini integratsiyalash, o'z-o'zini refleksiyalash jarayoni sifatida tushuniladi.
  • Ekzistensiya (mavjudlik) - bu bema'ni (maqsadsiz, zavq-shavqsiz) hayot emas, statistikmas, balki dinamik jarayondir [5]. Shuningdek, bunda autentlik tushunchasiga ham alohida e'tibor berilgan.
  • Shaxsga gumanistik yondashuvning ekzistensional orientatsiyasi quyidagi yo'nalishlarda aks etadi:
  • Gumanistik psixologiya: Abraxam Maslou (1908-1970);
  • Ekzistensional yondashuv: Rollo Mey (1909-1994);
  • Shaxsga markazlashgan yondashuv: Karl Rodjers (1902-1987);
  • Logoterapiya, mazmun nazariyasi: Viktor Frankl (1905-1997)
  • Ekzistensional psixologiyaning g'oyalari sifatida quyidagilar keltiriladi:
  • -Insonning erkin irodasi unga doimiy rivojlanishda bo'lishga yordam beradi;
  • -O'z ichki dunyosini bilish- shaxsning asosiy ehtiyojidir;
  • -O'z o'limini anglash va bu haqiqatni qabul qilish - shaxsda mavjud bo'lgan ijodkorlikni ochish uchun kuchli resursdir [2].
  • Ekzistensial psixologiyada ekzistensional xavotir tushunchasi ham keltirilgan bo'lib, bu - mazmunsiz, deb hisoblangan borliqdan xususiy noyob mazmunni qidirish mexanizmini ishga tushiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekzistensializmning tamoyillari quyidagilarda aks etadi:
  • 1. Insonga muvofiq holda uning mavjudligi uning mohiyatidan oldin keladi. Inson o'zini o'zi inson qiladi. U o'zining mohiyatini butun hayoti davomida kashf qila boradi.
  • 2. Inson borlig'i - bu erkin yashash tarzidir. Erkinlik bu "ruh erkinligi" emas, "tanlov erkinligi"dir. Ko'pincha insonlar o'zlarining erkinligini anglashdan qochib, chinakamiga "hayotda boshqariladigan" tarzda yashashni ma'qul ko'radilar.
  • 3. Insonning mavjudligi o'ziga mas'uliyatni qamrab oladi: nafaqat o'zi uchun, balki atrofdagilar uchun, erkinlikka interpritatsiya qilingan dunyo yaxlitdir: qanday harakat qilishga qaror qabul qila turib inson ham hayotga, ham o'ziga u yoki bu xususiyatli inson bo'lishni tanlaydi.
  • 4. Vaqtinchalik va tugallangan mavjudlik. Inson mavjudligi - o'limga murojat qiladigan borliqdir.
  • Ekzistensial psixolog va psixoterapevt Rollo Mey bo'yicha ekzistensializm bu shunchaki falsafiy yo'nalish emas, aniqrog'i zamonaviy insonni chuqur emotsional va ruhiy o'lchashga qaratilgan madaniy yo'nalishdir. Unga ko'ra: inson o'zining mavjudligi uchun o'zi javobgar. Inson asl o'zi bo'lishni hohlasa, o'zini anglashi va o'zi uchun o'zi mas'ul bo'lishi kerak [1].
  • Ekzistensial tahlilchilar dunyoni 3 ta modusga ajratadilar:
  • Unwelt - atrofdagi, tashqi dunyo - moddiy- "biologik" va "jismoniy" dunyo, insonni tashqi muhit, ob'ektlar dunyosi o'rab olgan.
  • Mitwelt - dunyo bilan - bir turdagi olam, insonga yaqin turuvchi odamlar dunyosi, ba'zan almashinib turadigan insonlar o'rtasidagi yaqin shaxslararo munosabatlar dunyosi.
  • Eigenwelt- o'z dunyosi - o'zlik dunyosi, o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini mohiyatini qadrlash dunyosi, "o'zim uchun" dunyo.
  • Dunyoni bunday tushunish ko'pincha bir dunyoni tanlash, boshqasini yo'qolishi evaziga sodir bo'lishi ekzistensional psixologiyaning asosiy g'oyalaridan biridir.
  • Shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Bosslar o'z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan [3].
  • L.Binsvanger: "ekzistensial tahlil aniqlangan borliqdagi fundamental sharoitlar haqida ontologik tezisni taklif qilmaydi, u ekzistensiyaning konfiguratsiyasi va shakliga xos reallikda mavjud bo'lgan aniq ma'lumotlarni beradi".
  • Shveysariyalik Merard Boss ishlari: "Seksual perverziyalarning ahamiyati va tarkibi" (1949), "Psixosomatik tibbiyotga kirish" (1954), "Tushlarning tahlili" (1953), "Psixoanaliz va Daisen analiz" (1957). Bu ishlar yangi ekzistensial terapiyaning asosini rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan, dazayn-analiz (dasein analys) Binsvanger analiziga yaqin bo'lsada, ko'p jihatdan Z.Freyd konsepsiyasiga o'xshab ketadi.
  • Binsvanger va Boss fikricha, inson hayotida hech qanday sabab - oqibatga asoslangan munosabatlar yo'q. Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo'lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni keltirib chiqarib bo'lmaydi. Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya kauzallikni rad etgan holda, positivizm, determinizm va materializmni ham inkor qiladi. Ularning fikricha, psixologiya boshqa fanlarga o'xshamaydi va ular kabi model asosida qurilishi kerak emas. U o'z metodini (fenomenologiya) va tushunchalarini (hayotdagi mavjudlik, mavjudlik
  • moduslari, erkinlik, ma'suliyat, aylanish, transendensiya, makoniylik, temporallik va b.q. ) talab qiladi.
  • Bu tadqiqotchilar har qanday psixologik nazariyalarga salbiy munosabatda bo'lganlar, zero, nazariya ostida doim u yoki bu faraz yotadi, mazkur olimlar uchun esa inson tomondan his qilingan, uning boshidan o'tgan va anglab yetilgan hodisalar haqiqiydir, ilmiy farazlar emas.
  • Olimlar nuqtai nazariga ko'ra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda bo'lganda, ular ham o'zlarini ega bo'lish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin bo'lgan buyum deb, hisoblay boshlashadi. Natijada bunday insonlar haqiqiy inson hayotini yashab o'tishga qodir bo'lmay qoladilar. Inson o'z hatti-harakati uchun erkin va ma'suldir. Boss aytadiki, erk bu insonlar ega bo'lgan nimadir emas, bu shundoq ham mavjud hodisa.
  • Binsvanger va Boss ekzistensial falsafaisda juda katta o'rin inson o'limi mavzusiga ajratilgan. Mazkur mutaxassislar asarlarida o'lim oldidan qo'rquv hayot masalasidan kam o'rganilmagan.
  • Binsvanger va Boss konsepsiyasining fundamental tushunchasi "dunyoda mavjudlik" (Dasein) dir. Ularni fikriga ko'ra inson mavjudigi dunyosining 3 darajasi bor:
  • 1) bilogik yoki jismoniy atrof-muhit (landshaft);
  • 2) insoniyat muhiti;
  • 3) insonning o'zi, uning tanasi.
  • Fransuz ekzistensialisti Sartr jamiyatga foyda keltiruvchi faoliyatni erkinlik deb ataydi. Insonning ichki olamidagi uning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va faqat ayrim vaziyatlarda namoyon bo'ladi. Bu vazifalarni ekzistensialistlar chegaradosh vaziyat deb ataganlar. Bu o'lim va hayot o'rtasidagi chegaradir. Bunday vaziyatlarda biz hayotimizda nihoyatda kam tushib qolishimiz mumkin (masalan, urushda qatnashish yoki qochoqlik qilish). Erkinlik shunday chegaradosh vaziyatlarda insonga o'zining aktiv faoliyatini va asl ichki qiyofasini ochishga yordam beradi.
  • Psixologiyada V. Frankl yaratgan ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi odam tabiatiga, shaxsning normal rivojining mexanizmlari va patologiya (g'ayritabiiylik)ga, shaxs rivojidagi anomallarni yaxshilash yo'li va uslubiga bo'lgan tibbiy, falsafiy va psixologik qarashlarning murakkab tizimini o'z ichigi oladi. Psixolog Franklning nazariyasi uch asosiy qismga bo'linadi: -mazmunga intilish haqidagi ta'limot, -hayot mazmuni haqidagi ta'limot va -erkinlik irodasi haqidagi ta'limot [2].
  • Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
  • личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
  • экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
  • Mazmunga intilishni va odam o'z hayotining mazmunini anglashini V.Frankl barcha insonlarda mavjud bo'lgan va shaxs rivoji va fe'l-atvorini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo'lgan tug'ma motivatsion g'oya sifatida ko'rib chiqadi.
  • Inson o'zgartirishga qodir bo'lmagan sharoitlar iskanjasida qolganda munosabatlar qadriyatiga murojaat qiladi. O'z asarlarida Frankl butun hayotning ma'nosi emas, balki muayyan insonning muayyan momentdagi hayotining ma'nosi masalasi muhim ekanligini ta'kidlaydi. Insonning qanday qilib o'z mohiyatini anglashi logoterapiya amaliyotida hal qiluvchi masaladir.
  • V.Frankl fikricha, ma'nolar bizga berilmagan, biz o'zimizga ma'nolarni tanlab ololmaymiz, biz faqatgina ma'noni anglab etishga zamin yaratuvchi chorlovni tanlashimiz mumkin. Biroq, ma'noni toppish bu yarim ish; uni amalga ohirish ham kerak. Inson o'z hayotining unikal ma'nosini amalga oshirishga ma'sul.
  • V.Franklning uchinchi ta'limoti - iroda erkinligi haqidagi ta'limotning asosiy tezisiga ko'ra, inson hattoki erki obyektiv sharoitlar bilan chegaralangan holatda ham o'z hayot m'anosini topishi va amalga oshirishga erkindir. Frankl insonning o'z qiziqishlari, irsiyati va tashqi muhit sharoitlariga nisbatan erki haqida so'z yuritadi.
  • Ko'pgina mualliflar asarlarida Viktor Frankl ma'no va be'manolik masalasiga eng katta hissa qo'shganligi ta'kidlanadi. U klinik amaliyotda uchraydigan nervozlarning 20% noogen xususiyatga ega ekanligii ya'ni hayot ma'nosining yo'qligi orqali vujudga kelganligiga alohida urg'u beradi [2].
  • Viktor Frankl 1942-1945 yillarda nemislar konslagerida dahshatlarni boshdan kechirgan. Asosiy ishi "Inson mazmunni izlash yo'lida" (1959) hozirgacha ekzistensial psixoterapiya ishlaridagi eng ko'p o'qiladigan ish.
  • Frankl shunday yozadi:" Bo'lg'usi yosh olim sifatida men qayg'uning do'zaxidan o'tdim, nigilizm orqali yaqqol mazmunsiz hayotni yengib o'tdim. Vaqti-vaqti bilan men nigilizmga qarshi immunitet ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldim. Shunday tarzda men logoterapiyani yaratdim".
  • V.Franklning fikriga ko'ra, inson xayotining ma'nosi va mazmunini insonparvarlashtirish uchun odamlar insoniyat oldidagi o'z mas'uliyatlarini yaxshi anglab olishlari zarur [2].
  • Mas'uliyat tushunchasi o'ziga burch, majburiyat xaqidagi tasavvurlarni qamrab oladi. Insoniy burchni faqat xayotning ma'nosini, uning o'ziga xos ziddiyatli tomonlarini tushunib olish orqaligina tasavvur qilish mumkin.
  • V.Franklning fikricha, "Yaxshi inson" — "nevrotik shaxs" emas, buzg'unchi konformist xam emas, balki individual, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan,
  • Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий
  • личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс
  • экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"
  • ko'proq fikr-muloxaza yuritadigan, o'ziga ishonadigan, yangilik kashf etadigan, bunday tajribalarni o'tkazish uchun zarur bilimga ega bo'lgan qobiliyatli kishidir. Inson xayotining ma'nosi uning so'zi bilan emas, balki ishi bilan belgilanadi. Kishilar turmushini sermazmun bo'lishiga qaratilgan sa'yi-xarakati bilan o'lchanadi [2].
  • V.Franklning ta'kidlashicha, o'z xayotining ma'nosini sermazmun qilishga intilgan xar bir kishi o'ziga quyidagi uchta muxim savolni bermog'i zarur: -men xayotga nima berdim? (ijodiy faoliyat ma'nosida); -men bu dunyodan nima olaman? (qadriyatlarni saqlab qolish ma'nosida); -mening o'zgartirishga qodir bo'lmagan kishilar taqdiriga munosabatim va bu boradagi pozitsiyam qanday?
  • Ana shu savollarga javob berishga intilish — inson xayotining mazmunini tashkil etadi va insonning oxirgi nafasiga qadar saqlanib qoladi [2].
  • Demak, yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, shaxs masalalari bilan shug'ullanishda psixologik ta'sir yo'nalishlaridan foydalanar ekanmiz, inson hayoti mazmunini anglash muammosida ekzistensional yo'nalish bo'yicha yondashuv shaxsda muammosiga o'z hayotining mazmuni nuqtai-nazaridan qarashga yordam beradi hamda hayot mohiyatini anglash va mazmundor qilish ko'nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
  • REFERENCES

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling