Ekzistensiya - bu insonni o'zini oldindan berilgan reja orqali emas, balki mustaqil, o'zining xususiy ichki dunyosini kashf qiladigan insoniy "Men"i hisoblanadi. Shaxs ekzistensiyasi tushunchasi "Men"ning boshqalar bilan muloqoti asosida vujudga keladigan o'z-o'zini loyihalash, o'z-o'zini integratsiyalash, o'z-o'zini refleksiyalash jarayoni sifatida tushuniladi. - Ekzistensiya - bu insonni o'zini oldindan berilgan reja orqali emas, balki mustaqil, o'zining xususiy ichki dunyosini kashf qiladigan insoniy "Men"i hisoblanadi. Shaxs ekzistensiyasi tushunchasi "Men"ning boshqalar bilan muloqoti asosida vujudga keladigan o'z-o'zini loyihalash, o'z-o'zini integratsiyalash, o'z-o'zini refleksiyalash jarayoni sifatida tushuniladi.
- Ekzistensiya (mavjudlik) - bu bema'ni (maqsadsiz, zavq-shavqsiz) hayot emas, statistikmas, balki dinamik jarayondir [5]. Shuningdek, bunda autentlik tushunchasiga ham alohida e'tibor berilgan.
Shaxsga gumanistik yondashuvning ekzistensional orientatsiyasi quyidagi yo'nalishlarda aks etadi: - Shaxsga gumanistik yondashuvning ekzistensional orientatsiyasi quyidagi yo'nalishlarda aks etadi:
- Gumanistik psixologiya: Abraxam Maslou (1908-1970);
- Ekzistensional yondashuv: Rollo Mey (1909-1994);
- Shaxsga markazlashgan yondashuv: Karl Rodjers (1902-1987);
- Logoterapiya, mazmun nazariyasi: Viktor Frankl (1905-1997)
- Ekzistensional psixologiyaning g'oyalari sifatida quyidagilar keltiriladi:
- -Insonning erkin irodasi unga doimiy rivojlanishda bo'lishga yordam beradi;
- -O'z ichki dunyosini bilish- shaxsning asosiy ehtiyojidir;
- -O'z o'limini anglash va bu haqiqatni qabul qilish - shaxsda mavjud bo'lgan ijodkorlikni ochish uchun kuchli resursdir [2].
Ekzistensial psixologiyada ekzistensional xavotir tushunchasi ham keltirilgan bo'lib, bu - mazmunsiz, deb hisoblangan borliqdan xususiy noyob mazmunni qidirish mexanizmini ishga tushiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekzistensializmning tamoyillari quyidagilarda aks etadi: - Ekzistensial psixologiyada ekzistensional xavotir tushunchasi ham keltirilgan bo'lib, bu - mazmunsiz, deb hisoblangan borliqdan xususiy noyob mazmunni qidirish mexanizmini ishga tushiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekzistensializmning tamoyillari quyidagilarda aks etadi:
- 1. Insonga muvofiq holda uning mavjudligi uning mohiyatidan oldin keladi. Inson o'zini o'zi inson qiladi. U o'zining mohiyatini butun hayoti davomida kashf qila boradi.
- 2. Inson borlig'i - bu erkin yashash tarzidir. Erkinlik bu "ruh erkinligi" emas, "tanlov erkinligi"dir. Ko'pincha insonlar o'zlarining erkinligini anglashdan qochib, chinakamiga "hayotda boshqariladigan" tarzda yashashni ma'qul ko'radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |