Ijtimoiy soha va uning


Download 1.41 Mb.
bet36/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

2. Soliq turlari
Nazariy jihatdan tahlil qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan soliqlar (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) soliqlardir. Bevosita soliqlar, odatda yuqori daromadga qarab, faqat katta summanigina emas, balki daromadning kattagina qismini ham tashkil qiladi. Bevosita soliqlar tarkibida daromadga (foydaga) soliq, resurslarga soliq, mulkka soliq muhim rol o‘ynaydi.
Soliq tizimida bilvosita (egri) soliqlar ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bilvosita soliqlarni qo‘llashga sabab, birinchidan, bevosita (to‘g‘ri) soliqlarni o‘zi byudjet daromadlarini shakllantirish uchun etarli emas, ikkinchidan, bevosita soliqlarni ko‘payishi xarajatlarni haddan ziyod ko‘payib ketishiga olib keladi.
Bilvosita soliqlar bevosita soliqlarga nisbatan kam sezilarli yo‘l bilan, ya’ni tovar va xizmatlar narxiga davlat tomonidan belgilangan ustama tarzida olinadi. U xaridorlar tomonidan to‘lanib, davlat byudjetiga tushadi.
Bilvosita (egri) soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), aksiz, boj to‘lovi kiradi. Ular bevosita soliq to‘lovchining daromadi bilan bog‘liq emas. U iqtisodiy faoliyatning pirovard natijasidan qat’i nazar to‘lanadi. Soliq ob’ekti bilan uning manbai mos kelmaydi. Shuning uchun uni bilvosita soliqlar deb ataladi.
Bilvosita soliqlar daromadlar miqdori qanday bo‘lishidan qat’i nazar hamma uchun teng, ya’ni daromadi yuqori oila ham, daromadi kam oila ham bir xil narxda sotib oladi.
Soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanadi.
1. Agar soliqning o‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‘sib
borsa, progressiv soliq hisoblanadi. Bunday soliq nafaqat mutloq
katta summani, balki daromadlar o‘sib borishi bilan undiriladigan
daromadning ham ancha katta hissasini taqozo qiladi.
2. Daromadlar o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi
soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. Bunday soliqlar daromadlar
o‘sib borishi bilan ularning kamroq va yanada kamroq qismini taqozo
qiladi. Regressiv soliqlar mutloq katta summa keltirishi mumkin,
lekin daromadlar ortib borganda soliqlar mutloq miqdorning o‘sishiga olib kelmasligi mumkin.
3. Proporsional soliq o‘rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga
bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi.
Yuqorida aytilganlarni shaxsiy daromad solig‘i misolida tushuntirib beramiz. Faraz qilamiz, soliq stavkasi shundayki, shaxsiy daromad oluvchi soliq sijatida o‘z daromadining 10 foizini to‘laydi. So‘zsiz bu proporsional daromad solig‘i hisoblanadi.24
Soliqlar amal qilish doirasiga ko‘ra ikki darajadagi soliqlarni o‘z ichiga oladi: umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar.
Mahsulot bahosiga - qo‘shilish xarakteriga ko‘ra soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga bo‘linadi. Egri soliqlar tovar bahosi ustiga qo‘yiladigan ustama hisoblansa, to‘g‘ri soliqlar tannarxning tarkibiy elementi sifatida bevosita narxning ichiga kiradi.
Hokimiyat boshqaruvining quyi bo‘g‘inlari byudjeti asosan sotishdan olinadigan soliqlar va mulk soliqlari hisobiga shakllanadi. Oborot solig‘i. Oborot solig‘ining hosil bo‘lishi va ishlatilishining o‘ziga xos mexanizmi (to‘lashning shartligi, to‘lovlar muddatlari va miqdorlarning qayd qilinishi) unga mablag‘larni jamlashlarning soliq usuliga oid tashqi belgilarni kasb etadi. Oborot solig‘i egri soliqlardan farq qilib, mahsulot bahosi tarkibiga kiradi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i. Ayrim G‘arb mamlakatlari va AQSHda investitsiyalardan kutiladigan foydani oshirish va yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini rag‘batlantirish maqsadida korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqni kamaytirish yoki umuman tugatish taklif qilinmoqda. Agar iqtisodiyot to‘liq bandlilik holatida yoki shu holatga yaqin joylashsa, zarur resurslar iste’molchilik tovarlari uchun qo‘shilgan qiymatga soliq kiritish tavsiya qilinmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i chakana sotishdan olinadigan soliqqa juda o‘xshash, farqi faqat shundaki, QQS narx bilan boshqa firmadan sotib olish qiymati o‘rtasida farqqa qo‘llaniladi. Mohiyati bilan QQS iste’molchilik tovarlari sotishdan olinadigan umumdavlat solig‘iga tenglashadi. Ko‘pchilik Evropa mamlakatlari, masalan, Angliya va SHvetsiya QQS dan daromadning muhim manbai sifatida foydalaniladi.
QQS ma’lum darajada iste’molni cheklaydi, lekin bu mablag‘larning katta qismini jamg‘arishga yo‘naltirib (iste’molga emas) QQS to‘lashdan qochish imkonini beradi. Shu bilan birga jamg‘arish (iste’moldan ozod bo‘lgan mablag‘) resurslarini iste’molchilik tovarlari ishlab chiqarish maqsadiga yo‘naltiriladi.
Amortizatsiya ajratmasidan to‘lov. To‘lovning bu turida byudjetga amortizatsiya ajratmalarining ma’lum qismi (30 foiz) o‘tkaziladi. To‘lovning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Aa • 30 .
Aat = -------------- ;
100
Bu erda: Aa - amortizatsiya ajratmasi.
Soliq olishning ob’ekti asosiy fondlarning yil davomida eskirgan qiymati summasi hisoblanadi (uning qiymatini qayta baholash hisobga olinadi).
Ijtimoiy sug‘urta ajratmalaridan to‘lov. Soliqning bu turi ish haqi fondi hisobidan olinadi. U ijtimoiy ta’minot dasturlarining kengayishi va rivojlanishi, hamda ishchi kuchi sonining o‘sishi natijasida ortib boradi. Respublikada amal qilib turgan qonunchilik bo‘yicha, korxonalar ish haqi fondi hajmidan 37 foiz hajmida ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisoblanadi. Bu mablag‘ning 32 foizi Pensiya fondiga va ijtimoiy sug‘urta fondiga, qolgan 5 foizi byudjetga o‘tkaziladi. Demak byudjetga o‘tkaziladigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalaridan to‘lov stavkasi 5 foiz miqdorni tashkil qiladi.25
Shaxsiy daromad solig‘i. Soliqning bu turi fuqarolarning yillik daromadiga hisoblanib, soliq tizimining asosiy elementi hisoblanadi.
Shaxsiy daromad solig‘i orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi va undan tushgan mablag‘lar byudjet daromadining muhim manbai hisoblanadi.
Daromad solig‘i stavkasini aniqlashda fuqaro oladigan barcha daromad turlari - ish haqi, mukofot, taqdirlash, ovqat puli, pensiya va nafaqa, aliment, qo‘shimcha daromadlar, renta va aksiya bo‘yicha dividendlar hisobga olinishi kerak.
Shaxsiy daromad solig‘ini batafsil o‘rganib chiqish uchun, soliq stavkasini raqamlarda ifodalaymiz. Soliq undirilmaydigan oylik ish haqi minimumi 250 so‘mni tashkil qilib, 36 minimal oylik ish haqi summasigacha bo‘lgan daromaddan (9000 so‘mgacha) 14 foiz soliq to‘lanadi deb faraz qilamiz. Soliq undirilmaydigan yillik daromad miqdori o‘sib borganda soliq stavkasini 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib aniqlaymiz.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling