Ijtimoiy soha va uning


Soliqlarning iqtisodiy faoliyatiga ta’siri


Download 1.41 Mb.
bet38/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

3. Soliqlarning iqtisodiy faoliyatiga ta’siri

Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga solishni vositalaridan biri rolida chiqib, yangi sifat kasb etadi. Bu ta’sir ko‘rsatish g‘oyat ko‘p qirralidir. Uning ayrim tomonlarini qisqacha qarab chiqamiz. Birinchidan, davlat foydaga soliq solish yo‘li bilan, kapitalning jamg‘arilish jarayoniga juda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, soliqni tartibga solish tadbirlaridan u yoki bu tarmoqning raqobatga layoqatliligini hamda korxonalar ijtimoiy foydali faoliyatini rag‘batlantirish va ularning kapital jamg‘arishga noqulay sharoit yaratish uchun keng foydalaniladi. Uchinchidan, davlat imtiyozli soliqlar yordami bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy joylashtirishga, infrastruktura ob’ektlarini yaratish va shu kabilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin. To‘rtinchidan, davlat butun xo‘jalik kon’yunkturasiga umumiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida, soliq mexanizmidan keng foydalaniladi.29 Davlat iqtisodiy turg‘unlikni bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital qo‘yilmalarning rag‘batlantiradi, ham iste’molchilik va ham investitsion tovarlar yalpi tovarni kamaytirish uchun qulay sharoit yaratadi. A.Laffer hisob-kitoblariga asosan soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini isbotlaydi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxiri oqibatda, Davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.




4. O‘zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish masalalari

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida umumiqtisodiy barqaror-likka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash vazifasini o‘z ichga oladi.


Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqaror-lashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda soliq tizimi o‘ziga xos vazifalarni, xazinani to‘ldirish qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarni to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakillanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YAMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholi ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishidan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.30
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratilmoqda.
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibi tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Respublika axamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan maxalliy soliq o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling