Ijtimoiy soha va uning
Davlatning iqtisodiy vazifalari
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash.
2. Davlatning iqtisodiy vazifalari
Bozor xo‘jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo‘ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; 2. Raqobatni himoya qilish. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoillaridan kelib chiqadi. Bu erda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega: a) Daromad va boylikni qayta taqsimlash; b) Milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlash; v) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyasiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlatning ko‘rsatib o‘tilgan bu vazifalari, odatda iqtisodiy rolini tahlili uchun asos bo‘lib xizmat qilsada, davlat faoliyatining ko‘pchilik shakllari va siyosiy tadbirlari u yoki bu darajada bu erda sanab o‘tilgan barcha iqtisodiy vazifalarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: daromadlarni kam ta’minlanganlar foydasiga qayta taqsimlash dasturlari, resurslarni taqsimlashga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida davlatning inflyasiyaning kengayishini yumshatish maqsadida harbiy xarajatlarni kamaytirishi ham, resurslarni davlat sektoridan xususiy va kooperativ sektorlarga qayt taqsimlanishiga olib keladi.32 1. Huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash. Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan ayrim xizmatlarni bajarish va huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy huquqiy asosni quyidagi tadbirlarni taqozo qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqei berish; xususiy mulkchilikni huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar resurslarni etkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish qonuniy aktlarni ishlab chiqish va shu kabilar. Davlat tomonidan ta’minlanadigan asosiy xizmatlar o‘z ichiga ijtimoiy tartibni saqlab turish uchun militsiya kuchidan foydalanish mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchashga standartlar kiritish, tovarlar va xizmatlar ayirboshlashni engillashtirish uchun pul tizimini yaratish kabilarni oladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling