Ijtimoiy soha va uning
Davlatning iqtisodiy faoliyatini zarurligi
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
1. Davlatning iqtisodiy faoliyatini zarurligi
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va kafolatlardan asosan mehnat layoqati cheklanganlar, foydalanishlari lozim, ya’ni nafaqaxo‘rlar, yoshlar va ishsizlar. Ijtimoiy sohalari qonunchilik bu toifa kishilarning manfaatlarini himoya qiladi. Ammo bu o‘rinda shunday muammo kelib chiqadi: bozor iqtisodiyotini shakillantiruvchi ikki sub’ektning - erkin bozor va davlatning ma’suliyati mavjudligi - o‘ta shartli deb hisoblanadi. Bunday iqtisodiy tizim faoliyati bozor va uni davlat tomonidan tartibga solish o‘rtasidagi nisbatning optimal bo‘lishiga bog‘liq: davlatning iqtisodiy jarayonlarga haddan tashqari aralashuvi, qanday yo‘lga, maqsadda qilinmasin, baribir iqtisodiyotning samaradorligini pasaytirishga olib kelishi mumkin. Ma’muriy bo‘yruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi? - degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotga bozor vositasida o‘z- o‘zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo‘lmagan vazifalarni oladi. (Bu vazifalarni keyinroq batafsil qarab chiqamiz). Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakat ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Shu sababli fuqarolardan davlat xazinasiga olingan soliqlar hisobiga, sotib olingan qurollar uning manfaatiga xizmat qilishi tufayli, chet el iqtisodiy fanida ular alohida ijtimoiy iste’mol tovarlari turiga kiritiladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida xususiy ishlab chiqarish va iste’mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‘diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan: chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruv-chilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi ham boshqa kishilar uchun qo‘shimcha salbiy oqibatga ega. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‘y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. To‘rtinchidan, davlat o‘z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to‘lovga qobil sotib olish o‘z talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta’minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va shu kabilarni o‘z zimmasiga oladi.31 Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o‘sishning barqaror izchilligini rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS)ning ob’ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to‘planishi ma’lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda muammo qiyinchiliklar o‘sib va ziddiyatlar to‘planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo‘yadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling