Ijtimoiy soha va uning
Davlatning soliq tizimi va uning vazifalari
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
1. Davlatning soliq tizimi va uning vazifalari
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Turli xil daromadlar, mol-mulk tovar va xizmatlar soliq solish ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: Davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiksal vazifani); Ijtimoiy tenglikni ushlab turish (ijtimoiy vazifani); Iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Davlat barcha soliq to‘lovchilardan olingan soliq tushumlarining bir qismini aholining ma’lum qatlami o‘rtasida ishsizlik bo‘yicha nafaqaga, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha to‘lov, urush va mehnat faxriylariga nafaqa kabi shakllarda qayta taqsimlaydi. Boshqa qismi hisobiga davlat sarflari moliyalashtiriladi.22 Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat saflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oshib borishiga quyidagi omillar taqozo qiladi: 1. Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o‘zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo‘shimcha mablag‘lar zarur qilib qo‘yadi. 2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasini ortishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. Aholi sonini o‘sishi bilan birga urbanizatsiyaning kuchayishi ko‘chalar, va umumiy transport, qo‘riqlash, yong‘in xizmati, kanalizatsiya va shu kabilarga juda katta sarflarni zarur qilib qo‘yadi. 4. Qashshoqlik va daromadlar tengsizligini qisqartirish dastur-larini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug‘urtani rivojlantirish, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi. 5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizliligini ta’minlash harakatlari hajmining o‘sishi. Korxonalar faoliyatida soliqni tartibga solish quyidagilar asosida amalga oshiriladi: - Barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lamagan holda soliq undirishning majburiyligi; - Soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; - Soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. Soliq solish va uning stavkasini belgilash bir qator prinsiplarga asoslanadi. 1. Naflilik prinsipi - har xil kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliqlar undirilishi kerak. 2. To‘lovga layoqatlilik prinsipi - soliq miqdori soliq to‘lov-chining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. 3. Adolatlilik prinsipi - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. “Naflilik prinsipi” amaliyotda har xil ijtimoiy dasturlarni moliyalashtiruvchi soliqlarni har bir dastur amal qiluvchi daraja bilan va soliq undirishning tegishli ob’ektlarini aniqlab, u bilan moslashtirish orqali amalga oshiriladi. Mahalliy byudjetning asosiy daromadi mulk solig‘i va qisman savdodan (sotishdan) olinadigan soliq hisoblanadi.23 Soliq solishning qolgan ikki prinsipi soliq undirishni shakllantirish va soliq solinadigan daromad tarkibini aniqlash natijasida amalga oshiriladi. To‘lovga layoqatlilik va olingan daromaddan soliq undirish prinsiplarining har qanday munozarasi oxir oqibatda soliq stavkasining u yoki bu daromad miqdorining o‘sib borishi bilan o‘zgarish usuli haqidagi masalaga olib keladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: - Ob’ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; - Soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish; - Soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; - Soliq olinadigan summadan chegirish; - Soliq krediti (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorda kamaytirish). Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling