Ijtimoiy soha va uning
Ijtimoiy sohada byudjet xarajatlarini aniqlash
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
3. Ijtimoiy sohada byudjet xarajatlarini aniqlash
Byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlarga moliyalashtirilishi zarur bo‘lgan xarajatlar har bir tarmoqning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga qarab aniqlanadi. Kelgusi yil uchun aniqlanadigan xarajatlar yil davomida o‘zgartirib turilishi mumkin. Xarajatlarni aniqlashda moliyaviy tajribadan foydalaniladi, ya’ni byudjet korxona va tashkilotlarning o‘rtacha yillik sanoq birligiga e’tibor beriladi. Masalan, kasalxonalar uchun o‘rin soni, poliklinika uchun xizmat ko‘rsatiladigan hudud aholisi, ta’lim sohasida talaba va o‘quvchilar soni va hokazo. Kasalxonalarda o‘rtacha yillik o‘rin soni aniqlangach, ularga sarflanadigan xarajatlarni hisoblash imkoniyati yaratiladi. YA’ni, bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan shifokor, hamshira, kichik xizmatchi, oziq-ovqat, dori-darmon va hokazolar aniqlanadi: K2O2 + K303 + K404) Ko‘rt = K1 = ------------------------------ 12 Bu erda: K1-yil oxiriga o‘rinlar soni; K2 K3 K4-o‘rinlar sonining o‘sishi; O2 O3 O4-faoliyat ko‘rsatilgan oylar soni. O‘quv yurtlaridagi talabalarning yil boshidagi soni yil oxiridagisiga to‘g‘ri kelmaydi. Sababi, o‘quv yili yakunida o‘zlashtira olmagan talabalar o‘quv yurtlaridan chetlashtiriladi. Oliy o‘quv yurtlari va kollejlarda yangi qabul qilinadigan va bitiruvchi talabalar bo‘lgani sababli ularning o‘rtacha soni quyidagicha aniqdanadi: K2O2 2 Ko‘rt = ---------- B + ------ K 2 3 Bu erda: Ko‘rt - o‘rtacha yillik kontingent; B - bitiruvchi mutaxassislar soni; K - birinchi kursga qabul qilingan talabalar soni. Bulardan tashqari, boshqa xarajat ko‘rsatkichlari har bir tarmoq uchun alohida aniqlanadi. Masalan, umumta’lim maktablar uchun 1-sinf, kasalxonada 1 o‘rin, bolalar bog‘chasida 1 bola va hokazo. Xarajat me’yorlari ikki xil usulda - pul va natura o‘lchovida aniqlanadi: 1m3 binoning yoqilg‘i, gaz, suv kabilar bilan ta’minlanishi natura o‘lchovida har bir birlik uchun xarajatlar so‘mlarda ifodala-niladi. Pul me’yorlari uch xil usulda aniqlanadi: a) alohida; b) murakkab; v) yig‘ma. Alohida me’yor aniq moddalar bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, ovqat-lanish, dori-darmon kabilar. Murakkab me’yorlar ma’lum xarajatlarni, masalan, xo‘jalik xarajatlari yoqilg‘i, issiq suv, telefon, elektr quvvati, qo‘riqlash va devonxona xarajatlari kabilarni o‘z ichiga oladi. Byudjet tizimida smetaning quyidagi turlari mavjud: - Tashkilotlarning alohida smetalari; - Markazlashgan tadbirlar uchun smeta; - Yig‘ma smetalar. Ma’lum byudjet tashkilotining alohida smetasi bo‘ladi va u bir tashkilot uchun tuziladi hamda korxonaning yo‘nalish faoliyatini o‘zida aks ettiradi. Kasalxonalar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa byudjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan alohida smeta shakli mavjud bo‘lib, u uch qismdan iborat. Birinchi qismida byudjet tashkilotining nomi, manzili, byudjeti, bo‘limi, bobi, paragrafi uning qaerda moliyalashtirilishi, xarajatlarning jami moddalar bo‘yicha va choraklar bo‘yicha taqsimlangan holda ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda ko‘rsatkichlarning yil boshidagi, yil oxiridagi va yil o‘rtacha holati ko‘rsatiladi. Unda maktablarda to‘liq sinflar soni va o‘quvchilar soni, kasalxonalarda o‘rinlar soni, shuningdek, umumiy maydon, binolar ro‘yxati va boshqa boshqarish-xo‘jalik xarajatlari aks etgiriladi. Uchinchi qismda smetaning har bir moddasi uchun asoslangan hisob-kitoblar ko‘rsatiladi.38 Alohida smeta - bu, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi ta’lim, sog‘liqni saqlash korxonalarning asosiy byudjeti hujjati hisoblanadi. Kichik hajmdagi korxonalarni moliyalashtirish uchun umumiy smeta tuziladi. Chunki, ularning xizmati markazlashgan holda olib boriladi, bunday korxonalarga kutubxonalar, klublar, feldsherlik punktlari kiradi. Markazlashgan tadbirlar uchun ham xarajatlar smetasi mavjud bo‘lib, unga mutaxassislar tayyorlash, qimmatbaho o‘quv jihozlarini, tibbiyot uskunalarini sotib olish, sport musobaqalarini o‘tkazish va hokazolar kiradi. Tarmoq bo‘yicha yig‘ma smetalarda bir turdagi tashkilotlar va markazlashgan smeta xarajatlari yig‘iladi va bir vazirlikka bo‘ysinuvchi barcha tashkilot va korxonalar xarajatlari haqidagi ma’lumotlar yoritiladi. Byudjetdan moliyalashtirishda smeta moddalariga alohida e’tibor beriladi. Xarajat moddalari tashkilotining bajaradigan xizmatiga, xizmat ko‘rsatiladigan hudud aholisi soniga qarab tuziladi. Smeta moddalari ichida ish haqi asosiy o‘rinni egallaydi va u respublika Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona ta’rif setkasi asosida belgilanadi. Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari esa umumiy hisoblangan ish haqiga nisbatan 40% miqdorida hisoblanadi. Byudjet tomonidan kelgusi yil smeta xarajatlarini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich respublika, viloyat va tumanlar bo‘yicha yig‘ma smeta xarajatlari loyihasi tuziladi. Ikkinchi bosqichda har bir korxona va tashkilotlar uchun alohida smeta xarajatlari ishlab chiqiladi, bunda asosiy e’tibor byudjet me’yorlariga qaratiladi. Byudjet tashkilotlari rahbarlariga smeta xarajatlarini tuzishda erkinlik va huquqlar berilgan. Shunga muvofiq ular yil davomida smetada belgilangan umumiy summani o‘zgartirmagan holda foydalanilmayotgan moddani, mablag‘ni boshqa zarur moddaga o‘tkazishlari mumkin. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari rektorlariga maxsus mablag‘lar bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortib qolsa, o‘sha qismini xodimlarni moddiy rag‘batlashirish uchun ishlatish huquqi berilgan. Respublikamiz mustaqillika erishganidan buyon davlat byudjeti-ning shakllanishi sohasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, bozor islohotining dastlabki bosqichlarida pulning qadrsizlanishi tufayli shakllantirilgan va o‘tish davrining ijtimoiy qiyinchiliklarini bartaraf etishga mo‘ljallangan davlat byudjeti 1993 yiddan boshlab iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish omillaridan biriga, makroiqti-sodiy mutanosibliklarni boshqarish va moliyaviy resurslarni mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida jamlash vositasiga aylandi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling