Ijtimoiy soha va uning
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
2. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning
maqsadlari va yo‘nalishlari Xalqaro turizmning rivojlantirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Iqtisodiy o‘sish katta miqdordagi tovarlar va yuqori sifatli xizmatlar ishlab chiqarishni va mamlakat aholisini turmush tarzini yuqori hamda farovon bo‘lishini ta’minlaydi. Xalqaro turizmning rivojlantirishning iqtisodiy samarador-ligi resurslardan foydalanishda minimal xarajatlarni sarflangan holda yuqori darajadagi foydaga ega bo‘lishda namoyn bo‘ladi. Aholining madaniyatini va ma’lumoti darajasini oshirish, respublikaning turli hududlarida jahon sivilizatsiyasi, madaniyati va san’ati bilan tanishtirish. Turli hil turistik xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan o‘zaro madaniy-tarixiy va milliy qadriyatlarni ayirboshlash. Sifatli asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, ularning sifatini jahon standartlari darajasiga etkazish. Turizm sanoatini moddiy-texnika bazasini valyuta tushimi yrdamida davlat yo‘li bilan ta’minlash hamda turistik xizmatlarga chet ellik turistlar tomonidan talabni shakllantirish. Bundan tashqari, xalqaro turizmining rivojlanishi aeroportlar va avtomobil yo‘llari, magazinlar, kinoteatrlarni qurish va ta’mirlash, shaharlarni obodonlashtirish, tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash, suv xavzalarini tozalash va hokazolarga turtki bo‘ladi. Ko‘pgina mamlakatlar uchun turizm katta tadbirning tez rivojlanayotgan sohasiga aylangan. Masalan, tovar va xizmatlar eksportidan keladigan daromadlarda turizmning hissasi Ispaniyada - 60 foiz, Avstriyada - 40 foiz, Shveysariyada - 80 foizni tashkil etadi. Xalqaro turizmning muhim jihati shuki, bu sohaga sarflangan kapital qo‘yilmalar chet el valyutasi sifatida qaytib keladi. O‘z iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra chet el turizmi ma’lum mamlakatga vaqtincha tashrif buyurganlar uchun moddiy va madaniy boyliklar, tovar va xizmatlarning chet el valyutasida alohida ko‘rinishli iste’moli hisoblanadi. Shuning uchun chet el turizmi «ko‘rinmas eksport» deb ham aytiladi. Jahon turistik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda turizm sohasida dunyodagi ishchi kuchini 8 foizi band ekan. Bu sohaga barcha investitsiyalarning 7 foizi, iste’mol xarajatlarining 11 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi, xizmatlar savdosining uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Ayrim mamlakatlar uchun turizmdan tushadigan daromadlar amalda yagona yoki hal qiluvchi hisoblanadi. 2012 yilda dunyo bo‘yicha turizm xizmatlaridan kelgan daromad 1,5 trillion AQSH dollarini tashkil qilgan. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra 2001 yilda dunyoda 689 million turist qayd etilgan.13 Mutaxassislar tahlillariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2011 yilda 1 milliardga va 2020 yilda 1,3 milliardga etadi. Shuningdek, turizm dunyo sof milliy mahsulotining 6 foizini, yalpi investitsiyalarning 7 foizini, ish joylarining 6,5 foizini, yalpi daromadning 8 foizini tashkil etadi. Turizm eksporti neft va avtomobil sanoatlaridan keyingi o‘rinda turibdi. Masalan, bugungi kunda Ispaniya turizm sohasida Evropadagi etakchi mamlakatlardan biriga aylangan. Hozir Ispaniya turizmdan olayotgan daromadi (34,0 milliard AQSH dollari) bo‘yicha Evropada birinchi, (turistlar tashrifi 54,0 million kishi) va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlari bo‘yicha Fransiyadan keyin turadi. Ispaniyada har 5,4 ishchidan biri turizm sohasida xizmat ko‘rsatadi va 2011 yilga borib umumiy bandlikning 21,9 foizini tashkil qiladi. Bu 3701670 ish o‘rini demakdir. 2001 yilda esa 2762230 ish o‘rini bo‘lgan. Xitoy yalpi milliy mahsulotining 34 foizini xizmatlar sohasi bermokda. Yalpi milliy mahsulotning 28 foizini ijtimoiy xizmatlar beradigan bo‘lsa, 6 foizini transport va aloqa sohalari bermokda. Xitoyda ish bilan band bo‘lgan aholining 10 foizini, ya’ni 65 milliondan ortiq kishi xizmatlar sohasida ishlab, ular mamlakat yalpi milliy mahsulotining 34 foizini bermokda, bunda turizmning o‘rni ahamiyatlidir. «O‘zbekturizm» Gretsiya, Misr, Ispaniya, Isroil, Yaponiya sayyohlik vazirliklari bilan hamkorlik to‘g‘risida imzolangan shartnomalarga muvofiq ushbu mamlakatlarga turizm va mehmonxona menejmenti, turizm sohasining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish, malaka oshirish uchun tuzilma bo‘linmalari xodimlarini jo‘natmokda. Xalqaro turizm Uzbekistan xalq xo‘jaligining nafaqat eng istiqbolli tarmokdaridan biri, balki yalpi milliy mahsulot hajmi o‘sishining va valyuta tushumlarining asosiy manbai bo‘lishi mumkin. Misol uchun, Jahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra har yili qadimiy Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlariga faqatgina Evropa mamlakatlaridan tashrif buyurish niyatida yurgan sayyohlar soni 10 millionga etib qolyapti. Hamma ran turizm sohasiga malakali mutaxassislarni tayyorlash, yuqori darajali mehmonxonalar, restoranlar qurib, ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga bog‘liq. Bu borada esa o‘tgan qisqa vaqt mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi, deyish mumkin. Bunga poytaxtimizda qad rostlagan “Interkontinental”, “SHeraton”, “Le Meridian” mehmonxonalari yorqin misol. Mamlakatimizdagi turistik infratuzilmalar yiliga 2 mln. turistlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega va undan keladigan umumiy tushum miqdori 700 mln. so‘mdan ortiqni tashkil qiladi, yalpi milliy mahsulotdagi ulushi – 2,2 foizni, yalpi tushumlarni esa 3,8 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida: “Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi yo‘nalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarur. Zotan, turizm mamlakat iqtisodini rivojlantirish, ayniqsa, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim sohalardan hisoblanadi”14, - deya qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4861-sonli Farmonida turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling