Ijtimoiy soha va uning


O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi muammolar va


Download 1.41 Mb.
bet26/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

3. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi muammolar va
ularni bartaraf etish yo‘llari
Mamlakatimizning boy tarixiy merosi - turistlarni jalb etuvchi asosiy omillardan biridir. Sayyoramizda esa bu kabi o‘tmish yodgorliklari ko‘p Uzbekiston esa mana shunday boy tarixiy-madaniy merosga, betakror va go‘zal tabiatga ega noyob mamlakatlardan sanaladi. Respublikamiz hududida turli davrlar bilan bog‘liq 4000 dan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjud. Farg‘ona vodiysi esa mamlakatimizning oppoq qorlar bilan burkangan baland tog‘lar o‘rab turuvchi eng jozibador hududi^u erda chang‘i sportini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi barcha tabiiy sharoit muhayyo.
O‘zbekistonda fuqarolarga turizmning quyidagi turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi: madaniy sayr-tanishuv, sport-sayyohlik (chang‘i sporti, velo va avtosayyohlik, qoya oshish, arxeologik, g‘or sayri, tuyalarda sayohat va boshqalar), oilaviy sayyohlik; bolalar marshruti; talabalar marshruta; biznesmenlar uchun marshrut; davolanish-maqsadli marshrut; dam olish marshruti va boshqalar.
Uzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarida yaqin kelajakda xalqaro sayyohlik - turizm muhim o‘rin egallaydi. Uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish esa eksportning yuqori rentabelli usulidir. Sayohat xizmati fonda olishning ishonchli manbai bo‘lib, xorijiy valyutaning kirib kelishiga yordam beradi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda chet el sarmoyalari manbai rolini o‘ynaydi.
Turizmga sarf qilingan mablag‘ boshqa sohalarga qilingan xarajatlarga qaraganda o‘zini tezroq oklaydi. Biroq turizm faqat iqtisodiyotning muhim tarmog‘i, biznes va foyda olish manbaigina bo‘lib qolmay, u tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga, yaxshi qo‘shnichilikka, turli xalklarning madaniyati, urf-odatlari, an’analari bilan keng ko‘lamda tanishishga imkoniyat yaratadi.
Uzbekistan Respublikasi xalqaro va mintaqaviy sayohatni rivojlantirishda: qulay geografiy joylashuvi, tabiiy ikdym sharoitining turli-tumanligi, g‘oyat qulayligi, sivilizatsiya tarixida munosib o‘ringa egaligi, bebaho tarxiy arxitektura ekzotikasi bilan ajralib turishi, yuqori sifatli ta’mga ega bo‘lgan meva va poliz mahsulotlariga mo‘lligi va albatta, o‘z an’analarini urf-odatlarini saqlab qolgan mehmondo‘st va xushmuomala xalkdigi tufayli katta imkoniyatlarga ega. Bularning hammasi chet ellik sayyohlarni qiziqtirmokda.
Bugungi kunda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi tizimida 96 ta korxona va tashkilot bor. Bulardan tashqari, turizm bozorida 431 ta sayyohlik firmasi, shuningdek, xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi faoliyat olib borayapti.
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan biri xorijiy sayyohlarni Samarkand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz va shu kabi boshqa tarixiy shaharlarimizdagi tarixiy, me’morchilik, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikadagi boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ozuqa berishdir. Bu yo‘nalishlardan tashqari mamlakatimizga tashrif etayotgan xorijiy sayyohlarni qshiqtiradigan yana 20 dan ko‘proq boshqa sayyohlik yo‘nalishlari ham bor.
Sayyoxdikning tarixiy va arxeologik turlaridan tashqari keyingi yillarda ekologik turizm Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida keng rivojlanmokda. Ekologik turizm Zomin, CHimyon, CHortoq, Bo‘stonliq hududlarining diqqatga sazovor joylarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Mustaqillik yillarvda O‘zbekistonga tashrif etadigan xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy infratuzilmasi dunyoga keldi. Respublikamiz poytaxtvda, Samarkand, Buxoro, Xiva va SHahrisabzda xalqaro avdozalardagi besh yulduzli, to‘rt yulduzli va uch yulduzli o‘nlab mehmonxonalar barpo etildi.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bo‘limlari tarkibiga kiruvchi yuqorida qayd qilingan Toshkentdagi «O‘zbekiston», «SHodlik Palas», Samarqanddagi «Afrosiyob Palas», Buxorodagi «Buxoro Palas», Urganchdagi «Xorazm Palas» mehmonxonalari chet el sayyohlariga jahon andozalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmokda.
Amerika, Janubiy Koreya, Misr, Angliya, Fransiya, Italiya, Xitoy kabi davlatlardan kelgan turizm bo‘yicha menejer, marketologlar fakultet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlamokdalar.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 iyuldagi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida sohaga kadrlar tayyorlashni ko‘paytirish maqsadida respublikaning qator shaharlarida - Toshkent, Buxoro, Qarshi, Samarkand va boshqa hududlarda turizm kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. Masalan, Toshkench shaxrida 2002 yil sentyabrida Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil etildi. Bu kollej 1086 nafar talabani o‘z bagriga olib, turizm sohasidagi bilimlarni qunt bilan o‘rganishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ispaniya, Xitoy, Avstriya, SHvetsariya, Gretsiya, Meksika va boshqa mamlakatlar tajribasi O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda qo‘llash o‘z samarasini berishi mumkin. Shuningdek, xalqaro turizmning O‘zbekistonda rivojlanishiga nafaqat turistik resurslar, balki ilg‘or davlatlar texnologiyasini qo‘llash ham yangi imkoniyatlar belgilab beradi. Respublikamiz chetdan ko‘plab sayyohlarni qabul qilish salohiyati yuqoridagi Ispaniya, Xitoy kabi davlatlarga juda o‘xshab ketadi. Bizda ham tarixiy obidalar ko‘p, xushmanzara va madaniy hordiq, dam olish joylarining soni ham etarli.15
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «O‘zbekiston sayohatchilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo‘qon kabi tarixiy obida shaharlar butun dunyoga mashhur. Respublika hududida to‘rt mingdan ortiq me’moriy yodgorliklar mavjud. Ularning ko‘pchiligi YUNESKO muhofazasiga olingan»16.
Sayyohlik sohasida AQSH ortirgan tajriba beqiyosdir. Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan birida turizm o‘zining ko‘lami bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida uchinchi o‘rinda, aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. 1999 yili aholiga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida 1094000 kishi ish bilan ta’minlandi. AQSHda «turizm - hammaning biznesi» degan jumla odatiy holga aylangan. Kartoshka etishtiruvchi fermer yoki qo‘l sochiq ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasining oddiy ishchisi ham «Men turizm uchun ishlayapman» deydi. Chunki, oxir-oqibat har ikkisining mahsuloti ham turistlar tomonidan iste’mol qilinadi.
Meksika xorijlik sayyohlarni qabul qilish bo‘yicha dunyo davlatlari orasida oldingi o‘rinlarda turadi. 2000 yilda Meksika davlatida sayyohlik sohasidan davlat xazinasiga tushgan daromad 10 milliard dollarni tashkil qilgan.
Bizning respublikamiz ham AQSH va boshqa turizm sohasidagi etakchi davlatlar tajribasidan o‘rnak olsa, katta yutukdarga erishadi, buning uchun respublikamizda imkoniyatlar bor.
Mamlakatga turistlarni qanday jalb qilish mumkin? Buning asosiy vositalaridan biri turli anjumanlar, ko‘rgazmalar, festivallar tashkil etishdir.
AQSHlik turizm sohasidagi mutaxassis G‘arbiy Nyu-York mehmonxonasi assosiatsiyasi prezidenta Teodor Xollikvistning fikricha, turistik xizmat ko‘rsatish firmalarida quyidagi xislatlar bo‘lsa, shu firmaning kelajali porlokdir. Bular - birlik, professionalizm, halollik, tadbirkorlik, do‘stlik va jur’at.
O‘zbekiston Respublikasi ham bor imkoniyatlardan oqilona foydalana olsa XXI asrda turizm sohasida etakchi o‘rinlarga chiqa oladi.
Ma’lumki, turistik tarmoq rivojining asosini moddiy-texnika bazasi, uning jihozlanganligi tashkil etadi. Demak, turizmning keyingi rivoji, kishilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatining oshishi ko‘p jihatdan kapital qurilishidagi ishlar holatiga bog‘likdir. Ko‘pchilik davlatlarda turizmning rivojlanishida davlat tomonidan qilinadigan kapital qo‘yilmalarning hisobiga amalga oshiriladi. Bizning respublikamizda davlat kapital qo‘yilmalaridan tashqari chet-el investitsiyalari, mahalliy hamda xususiy tadbirkorlarning mablag‘lari ham jalb etiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan respublikamiz uchun xorijiy yordam - ya’ni chet el kapitalini turizm sohasiga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek turizmining bosh vazifasi chet el sarmoyasini imkoni boricha ko‘proq jalb etishdir. Ularni O‘zbekiston sarmoya qo‘yish uchun eng qulay va eng ishonchli hamkor ekanligiga ishontirish va buni isbotlab berish zarur. Qo‘shma korxonalar tuzib, hamkorlikda ishlab chikarishni yo‘lga qo‘yish va turistik dam olish joylarini qurib bitkazish, mavjud turistik maskanlarni zamonaviylashtirish, hamda qayta ta’mirlash uchun dunyo miqyosida xorijiy sarmoyalarni bevosita jalb qilish turizm taraqqiyoti borasidagi siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Turizmni rivojlantirishda chet el kapitalidan foydalanishda ko‘proq Saudiya Arabistoni banklaridan foydalanmoq ma’qul. Bu banklar o‘zlarining qarzlari uchun foiz olmay, balki korxona bevosita foydaga kirishi bilan ma’lum daromaddan ulushni oladi, xolos.
Xalqaro turizm valyuta hisobidan foyda keltiribgina qolmay, u fuqarolar kam yashaydigan eski, ammo tarixiy joylarni katta va obod rivojlangan shaharlarga aylantiradi.17
Buning uchun bizning fikrimizcha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
• tarixiy obida va yodgorliklarni reklama qilish, turistik oqimning barqaror vujudga kelishini ta’minlash;
• turizm bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tarmoklar: maishiy xizmat, aloqa, transport va h.k. ishini takomillashtirish, xalqaro talabga javob beradigan infratuzilmani yaratish;
• turizmga xizmat qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
• turizm servisi xizmatini takomillashtirish;
• turistik hudud barqarorligini qo‘llab-quvvatlash;
• turistik tadbirkorlikning samaradorligini oshirish;
• turistik manzil menejmenti tizimini yaratish;
• har bir turistik hududning xaritasini e’tiborga olgan holda O’zbekiston turistik atlasini tayyorlash va nashr etish.
Xalqaro va milliy turizmning rivojlanishi ko‘plab qishloq joylariga yangicha hayot olib kelishi, aholining jipslashuviga ko‘mak berishi va shu joyning o‘zida qishloq, xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishga katta turtki bo‘lishi mumkin.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling