Ijtimoiy soliq tekshirdi:Tashxo’djayeva Gulnoza Topshirdi:Temirxonov Madina REJA 1 . .Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri. 2. Soliqni hisoblab chiqarish,soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi. 3.Ayrim turdagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga hos xususiyatlari. - Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
- • O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
- • ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
• Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yektidir. • O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’yektidir. • Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’yektidir. . - Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
405-modda. Soliq stavkalari. Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 406-modda. Soliq davri.Hisobot davri. Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 22-moddasida soliq to’lovchilarning majburiyatlari e’tirof etilgan. Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi. Bugungi kunda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 535 000 so‘m. Bugungi kunda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 535 000 so‘m. “Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq. Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi”, — deya xabar bergan Pensiya jamg‘armasi. “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida 78 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘ladi. Demak, ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi”, — deya eslatgan jamg‘arma. Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo‘yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi. Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |