Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yunalishlari
Download 36.5 Kb.
|
byudjetning ijtimoiy harajat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yo`nalishlari.
Reja: Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yunalishlari. Budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`larini shakillanishi va undan foydalanish. Davlat pensiyalari. Ijtimoiy nafaqalar. Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yo`nalishlari. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko`zlaydi. Zero , isloxatlar jarayonida respublikamizda axolining ijtimoiy muxofazasi va uni qo`llab- quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarini qonunchilik xamda huquqiy asoslarini shakllantirish va amalga oshirish masalalariga katta axamiyat qaratilib kelinmokda. Fuqorolarning ijtimoiy ta`minotga bo`lgan huquqlari asosiy qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan.Jumladan,uning 39-moddasida-«xar kim kariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas” –deyilgan. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy axamiyatga ega buladi, jamiyatning iktisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soxa orqali ro`yobga chiqadi. Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy soxalar taraqqiyotiga bog`liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi: Daromad siyosati. 2. Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar. 3. Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish. 4. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash. Axoli turmush darajasini oshishida ish haqi miqdorini o`zliksiz oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni o`tgan davrlarda qo`lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalari xalqimizning daromadlari va faravonligini izchil ravishda oshirib borishga, keng ko`lamli ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaho`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi. Ish bilan ta`minlash mehnat bozorini shakllantirish aholi ijtimoiy ta`minotida ma`lum salmoqga ega. Keyingi yillarda ko`rilgan chora tadbirlar asosida, yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllandi. Mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etildi. Ularning 70 foizidan ziyodi sanoat va xizmat ko`rsatish sohalariga to`g`ri keldi. Shaxar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin- qizlarni ish bilan ta`minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlanmoqda. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish (aholining ayrim qatlamlariga bepul yoki imtiyozli) ham ularni ijtimoiy ximoyalashning yo`nalishlaridan biri hisoblanadi . Bu bo`yicha keyingi yillarda aholiga tibbiyot, ta`lim, kommunal va boshqa xizmatlarning turi ko`payganligi va sifati yaxshilanganligini alohida qayd etish lozim. Umuman aholini ijtimoiy ximoyalash va ijtimoiy ta`minot mamlakatimizda dolzarb soxalardan hisoblanadi. Bunday ko`rsatgichlar boshqa davlatlar tajribasida kamdan-kam uchraydigan hol, desak, bu ayni haqiqatdir» - degan edi. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling