Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yunalishlari


Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni


Download 36.5 Kb.
bet3/4
Sana22.03.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1286721
1   2   3   4
Bog'liq
byudjetning ijtimoiy harajat

Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni.
Ijtimoiy muhofaza tizimi - aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo'lib, uning sifat va miqdor ko'rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi odamning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko'p jihatdan mamlakatdagi milliy tartibni, jamiyatdagi totuvlik darajasini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish barqarorligini va dinamikasini belgilab beradi. 2017-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 28 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2017-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish deganda, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. Ijtimoiy muhofaza qilish bir tomondan, funksional tizim, ya'ni yo'nalishlar tizimi bo'lib, u ana shu yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy muhofazani ta'minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo'lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub'ektlarining roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazaga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilishning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin, aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa jamiyatning bir me'yorda rivojlanishini, ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va sog'lomlashtirish, shuningdek, turarjoyga ega bo'lish huquqini ta'minlash bilan bog'liq.


Xulosa
Ijtimoiy taʼminot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmogʻi.Ijtimoiy ta'minot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. I.t. miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik boʻyicha, nogironlik boʻyicha, boquvchisini yoʻ-qotganlik boʻyicha va ijtimoiy nafaqaxoʻr (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolgʻiz nogiron va keksalarga) toʻlovlari I.t.ning eng muhim turlari hisoblanadi. Qari-yalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni „Mu-ruvvat“ uylariga, yolgʻiz qariyalarni „Sahovat“ uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron bolalarni kasbga oʻqitish va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish, ularga shahar jamoat transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish I.t.da katta rol oʻynaydi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi
Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.
Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi. Bundan tashqari, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi. Aholiga ko‘rsatiladigan jtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Download 36.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling