Ijtimoiy ta`minotning moxiyati va asosiy yunalishlari
Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`larini
Download 36.5 Kb.
|
byudjetning ijtimoiy harajat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat pensiyalari
- Ijtimoiy nafaqalar
Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`larini
Shakilanishi va undan foydalanish Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya ta`minoti muhim o`rin egallaydi va xozirgi vaqtda u asosan budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida bu jamg`arma pensiya fondi nomi bilan 1994 yilning 1 yanvargacha faoliyat ko`rsatib keladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi xuzurida Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etildi. Ayni paytda unga O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimida vaqtincha mexnatga layoqatsizlik, xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha, farzand to`g`ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to`lashga yo`naltirilgan davlat ijtimoiy sug`urta mablag`larini beradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ijtimoiy sug`urta jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta`minot vazirligi qoshida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy ta`minot maxalliy organlari qoshida Pesiya fondi va uning xududiy bo`linmalari tashkil qilindi. 1997 yilgacha umumdavlat moliya tizimi tarkibida Davlat budjeti va maqsadli fondlar (ijtimoy sug`urta fondi, ish bilan ta`minlash fondi, yo`l fondi, Davlat mulk qo`mitasining maxsus fondi) ni har biri alohida- alohida faoliyat ko`rsatgan. Budjetdan tashqari pensiya jag`armasining daromadlari 2007 yilgi Davlat budjetining parametrlariga ko`ra asosan qo`yidagi manbalar hisobiga shakllanadi: - Mexnat xaqiga nisbatan yagona ijtimoiy to`lov -23,5% - Fuqorolarning mexnat xaqidan ushlovlar 2,5% - Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar xajmidan 0,7% - Me`yoriy xujjatlarda ko`zda tutilgan boshqa manbalar. Davlat pensiyalari Davlat budjetining parametrlariga ko`ra Budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi xarajatlari tarkibida ishlamayotgan pensionerlarga pensiya to`lovi 89,7 foizni, ishlayotgan pensionerlarga pensiya to`lovi 4,3 foizni va ularga to`lanadigan kommunal xizmatlar bo`yicha pul kompensatsiyalari 1,4 foizni tashkil etadi yoki ushbu maqsadlarga Pensiya jamg`armasining 95,4 foizi (1749500 mln. so`m) sarflanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosiy dasturi asosida pensiyalar miqdorini va pensionerlar sonini oshib borishi asosida pensiya ta`minotiga sarflanadigan mablag`larning miqdori yandoshilgan. Umumiy tartibdagi yoshga doir pensiyalarning maksimal miqdori 1993 yilda eng kam ish haqi miqdorining 7 barobari xisobidan tayinlangan bo`lsa mamlakatimizda uni maksimal miqdorini oshirish imkoniyati yaratilishi tufayli ish haqi miqdorining 8 minimali miqdori xisobidan belgilanadigan bo`ldi. O`zbekiston Respublikasining « Fuqorolarning pensiya ta`minoti to`g`risida» gi qonunning 7 moddasi va O`zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 289 moddasiga binoan yoshga doir pensiya sug`urta qilingan xodimlarga umumiy asosda: erkaklar 60 yoshga to`lgan bo`lib, umumiy mexnat staji yigirma besh yildan kam bo`lmagan taqdirda, ayollar 55 yoshga to`lgan bo`lib, umumiy mexnat staji yigirma yildan kam bo`lmagan taqdirda tayinlanadi. Ayrim mamlakatlarda pensiya yoshi va unga majburiy ajratmalarning miqdorini turlichaligi to`g`risidagi mablumotlar 2-jadvalda keltirilgan. Ayrim mamlakatlarda pensiya yoshi va unga majburiy ajratiladigan badallar miqdori.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taxminlariga ko`ra 2025 yilda dunyoda qariyalar 1,1 milliard kishini tashkil etadi, bu 1995 yilga nibatan 224 foizni tashkil etadi. 2025 yilda dunyo axolisi 4,1 mlrd dan 8,2 mlrd. ga yetadi va unda qariyalar ulushi 13,7 foizni tashkil etadi. Davlat pensiyalarining yana bir turi bulib nogironlik pensiyasi xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Mexnat Kodeksining 290-moddasiga binoan nogironlik pensiyasi so`g`urta qilingan xodimlarga nogironlik mexnatda mayib bo`lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib chiqqan bo`lsa mexnat faoliyatini muddatidan qat`i nazar, nogironlik boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa – tegishli umumiy mexnat stajiga ega bo`lganda tayinlanadi, bunday mexnat stajining muddati sug`urta qilingan xodimning nogironlik ro`y bergan vaqtdagi yoshiga bog`liq bo`ladi. Nogironlik guruxini esa tibbiy mexnat ekspertizalari tomonidan belgilanadi. Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi davlat pensiyalarining biri xisoblanadi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksini 291 moddasiga ko`ra ushbu pensiya mexnatda mayib bulish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mexnatga qobilyatsiz oila a`zolariga uning mexnat faoliyatining muddatidan qat`i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo`lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mexnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mexnat stajining muddati sug`urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo`lgan yoshiga bog`liq bo`ladi. Agar xodim yuqorida keltirilgan davlat pensiyalarining bir nechtasini olish xuquqiga ega bo`lganda O`zbekiston Respublikasi Mexnat Kodeksining 292 moddasi asosida ularning o`zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi. Yuqorida (2- jadval) keltirilganidek davlat ijtimoiy sug`urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug`urta qilingan xodimlarning o`zlari badal to`laydilar. O`zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 283- moddasiga binoan ish beruvchilarning davlat ijtimoiy sug`urtasi uchun badal to`lamaganliklari sug`urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug`urtasi mablag`lari xisobidan ta`minlash xuquqidan mahrum qilmaydi. O`zbekiston Respublikasining «Fuqorolarning jamg`arib boriladigan pensiya taminoti to`g`risida» gi Qonunga ko`ra ish beruvchi va fuqoroning o`zi shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya xisob varaqalariga qo`shimcha badallar kiritish xuquqiga ega. Ushbu Qonunga muvofiq xozirgi vaqtda ish beruvchilar xodimga xisoblangan mexnat xaqi summasidan ushlangan soliqlarning bir foizi miqdoridagi mablag`ni xodimning jamg`arib boriladigan xisobvarag`iga o`tkazib borilishi kafolatlangan. Qonunning 16- moddasiga binoan davlat jamg`arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqorolar pensiya to`lovlari oluvchilar sifatida jamg`arib boriladigan pensiya to`lovlarini qonun xujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish xuquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Ijtimoiy nafaqalar Bozor iqtisodiyoti sharoitida axolining barcha tabaqalari uchun moddiy faravonlik va ijtimoiy kafolatni yuqori darajada ta`minlanishi muhim hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarilishida ijtimoiy nafaqalar muhim urinni egallaydi. Mamlakatimizda ijtimoiy nafaqalarning qo`yidagi turlari mavjud: - bolalar uchun nafaqa - vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik uchun nafaqa - xomiladorlik va to`g`ish uchun nafaqa - bola to`g`ilgani uchun nafaqa - qo`shimcha dam olish kuni nafaqasi - dafn marosimi nafaqasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo`llab quvvatlashni yanada kuchaytirish to`g`risida» gi Farmoni va shu asosda tasdiqlangan Nizomga asosan 16 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi belgilangan. Bolalar uchun nafaqa ota-onalardan birining arizasi asosida fuqorolarni o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan 6 oy muddatga tayinlanadi va to`lanadi, ushbu muddat tugagach arizachi yangi muddatga nafaqa tulashni davom ettirish to`g`risida ariza murojat qilish xuquqiga ega. Nafaqa tayinlash uchun murojaat qiluvchi shaxs arizadan tashqari fuqorolarning o`zini o`zi boshqarish organiga qo`yidagi xujjatlarni topshiradi: Oila a`zolarining tarkibi to`g`risida yashash joydan ma`lumotnoma. Bolalarning to`g`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalar nusxasi. Vosiylik (xomiylik) da bo`lgan bolalarga nafaqa tayinlash chog`ida vosiylik (xomiylik) xuquqini belgilovchi organning qaroridan ko`chirma. Fuqorolar oila a`zolarining daromadlari haqida ma`lumotnoma. Fuqorolarning o`zini o`zi boshqarish organi talabiga ko`ra ayrim boshqa xujjatlar. Nizomga asosan bolali oilalarga hisoblanadigan nafaqalarning miqdori quyidagicha: Bir bolali oilalar uchun – eng kam ish haqi miqdorining 50 foizi Ikki bolali oilalar uchun – eng kam ish haqi miqdorining 100 foizi Uch bolali oilalar uchun – eng kam ish haqi miqdorining 140 foizi To`rt bolali oilalar uchun – eng kam ish haqi miqdorining 175 foizi Nizomga ko`ra ushbu nafaqaning manbalari bo`lib Respublika va maxalliy budjetlar xamda budjetdan tashqari manbalar hisoblanadi. Nafaqalar to`lash uchun yuqoridagi manbalar bo`yicha mablag`lar fuqorolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining xalq bankining mahalliy bo`linmalaridagi maxsus xisobvaraqlariga o`tkaziladi. Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizomga ko`ra vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik nafaqasi qo`yidagi xollarda tayinlanadi: - vaqtincha mexnat qobilyatini yo`qotish bilan bog`liq kasallikda (shikastlanishda); - tibbiyot muassasalarining yullanmasi bilan sihatgohlarda davolanganda; - kasallangan oila a`zosini parvarishlash zarur bo`lganda; - karantinda; - sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o`tkazilganda; - mexnat qobilyatini tiklash yoki yasama a`zo (protez) qo`ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. Vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo`ladi. Vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik bo`yicha nafaqa mexnat qobilyati yo`qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy mexnat ekspertiza kamissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilanganga qadar, xatto bu davrda xodim bilan mexnat shartnomasi bekor qilingan xollarda xam beriladi. Vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik qo`yidagi davrlarga to`g`ri kelganda nafaqa to`lanmaydi: - Ish xaqi saqlanmagan ta`til: - bolani parvarishlash bo`yicha ta`til; - ish vaqtincha tuxtatilganda; - xodim ishdan (lavozimidan) chetlashtirilib, ish xaqi to`lash to`xtatilib qo`yilganligi sababli ishlamagan; - xarbiy o`quv yoki tekshiruv yig`ini; - ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda o`quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo`shimcha ta`til. Ushbu davrlardan, boshlanib, davom etayotgan mexnatga qobilyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo`lgan kundan boshlab beriladi. Vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik nafaqasi qo`yidagi xollarda berilmaydi: - ishdan yoki boshqa vazifalardan bo`yin tovlash maqsadida o`z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoki o`zini kasallikga solganda; - giyoxvandlik va mastlik bilan bog`liq xarakatlar oqibatida, shuningdek spirtli va giyoxvandlik moddalarini istemol qilish natijasida, kasallikga chalinganda (jaroxatlanganda); - jinoyat sodir qilish vaqtida jaroxatlanganda; - sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruxiy kasalliklardan tashqari); - xibsda bo`lgan davrda. Nizomning 26 moddasiga binoan vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat`iy nazar ish xaqining 100 foizi miqdorida qo`yidagilarga to`lanadi: - Ishlayotgan ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga; - baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; - qaramog`ida 16 yoshga (o`quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo`lgan xodimlarga; - chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; - chernobil AES dagi avariya natijalarida reaktiv ifloslanish natijasida evakuatsiya qilingan va ko`chirilgan qon xosil qiluvchi organlar kasalliklari (o`tkir leykaz), qalqonsimon bez (odenoma, rak) va xavfli o`smalar bilan bog`liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; - mexnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mexnatga qobilyatsiz bo`lgan xodimlarga. Nizomning 27 moddasiga binoan ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo`ladigan xatarli o`simtalar, jinsiy yo`l bilan o`tadigan kasalliklar, SPID, maxov(lepra)kasalligi, ruxiy kasalliklar) bo`yicha xisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug`urta badali to`lagan davrning (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog`liq ravishda vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik nafaqasi qo`yidagi miqdorda to`lanadi: a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo`lgan xodimlarga –ish xaqining 100 foizi miqdorida: b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo`lgan xodimlarga –ish xaqining 80 foizi miqdorida: v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo`lgan xodimlarga –ish xaqining 60 foizi miqdorida. Nizomning 26 va 27 bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari xodimlarga vaqtincha mexnatga qobilyatsizlik bo`yicha nafaqa qo`yidagi miqdorlarda to`lanadi: a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo`lgan xodimlarga xamda 21 yohga yetmagan chin (sag`ir)yetimlarga –ish xaqining 80 foizi miqdorida: b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo`lgan xodimlarga –ish xaqining 60 foizi miqdorida: Vaqtincha mexnatga layoqatsizlik nafaqalari 2007 yilni 1 yanvaridan boshlab: - budjet tashkilotlari tomonidan – mexnat xaqi fondiga ajratiladigan budjet mablag`lari doirasida; - xo`jalik yurutuvchi subyektlar tomonidan – foyda solig`ini xisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarilib tashlangan xolda shaxsiy mablag`lari xisobidan amalga oshiriladi. Xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha nafaqa (shu jumladan xomila tushgan xollarda) vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasida ko`rsatilgan barcha davr uchun to`lanadi. Ushbu nafaqa ishlovchi ayollarga jami 126 kunga (to`g`ishgacha70, bola to`g`ilgandan keyin 56 kun), to`g`ish qiyin kechgan yoki ikki yoki undan ortiq bola to`g`ilgan xollarda 140 kun muddatga beriladi. Ish xaqi tuxtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda, xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha ta`til uchun mexnatga qobilyatsizlik nafaqasi berilgan xolda nafaqa to`lanmaydi. Agar xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha ta`til ishga qo`yilgandan keyin xam davom etadigan bo`lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo`lgan kundan boshlab beriladi. Xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha nafaqa ish xaqining 100 foizi miqdorida beriladi. Bola to`g`ilganda beriladigan nafaqa ishlayotgan ayollarga, xamda ishlab chiqarishdan ajralgan xolda oliy, o`rta maxsus, kasb-xunar ta`lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktaranturada tahsil olayotgan ayollarga bola to`g`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o`qish joyidan eng kam oylik ish xaqining ikki barobari miqdorida to`lanadi. Bolaning onasi ishlamaydigan va o`qimaydigan xollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o`qiydigan otasi yoki ota-ona o`rnini bosuvchi shaxslarga to`lanadi. Ishlamaydigan va o`qimaydigan ota-onalarga bola to`g`ilgandan nafaqa ijtimoiy ta`minot bulimlari tomonidan tayinlanadi va to`lanadi. Bola o`lik to`g`ilgan xollarda nafaqa to`lanmaydi. Bola to`g`ilganda bir yo`la to`lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona komissiyaga Fuqorolik xolati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bulimi tomonidan tibbiyot muassasalarining bola to`g`ilganligi to`g`risidagi dalolatnomasiga asosan berilgan xujjatni taqdim etishi lozim. Qo`shimcha dam olish kuni nafaqasi nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, xomiyga) bola o`n olti yoshga to`lgunga qadar oyiga bir kunlik ish haqi miqdorida qo`shimcha bir dam olish kuni sifatida beriladi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog`ida bo`lgan qo`yidagi oila a`zolari vafot etganda beriladi: a) turmush o`rtog`i; b) 18 yoshga to`lmagan yoki vaqtincha mexnatga qobilyatsiz (yoshidan qat`iy nazar) bolalari, aka ukalari va opa singillari; v) ota-onasi; g) bobosi yoki buvisi; Yashash uchun mustaqil mablag` manbaiga ega bo`lgan (ish xaqi, pensiya, stependiya oluvchi va boshqalar) oila a`zolari qaramog`ida turgan deb xisoblanmaydi. Nafaqa uning oila a`zolariga yoki dafn o`tkazishni o`z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish xaqining uch barobari miqdorida beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o`tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish xaqining ikki barobaridan kam bo`lmagan miqdorda ijtimoiy ta`minot bo`limi tomonidan to`lanadi. Yuqorida ta`kidlangan xomiladorlik va to`g`ish uchun, bola to`g`ilgani uchun, qo`shimcha dam olish kuni uchun va dafn etish uchun nafaqalar budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari xisobidan beriladi. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling