Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari


Download 236.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.04.2023
Hajmi236.63 Kb.
#1401152
  1   2   3   4
Bog'liq
BT 4-maruza



IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI  VA TAHDIDLARI 
Reja: 
1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati.
2.Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi.
3. Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarni o`ziga jalb etishi.
 
Globallashuv haqiqatda insonning nafaqat moddiy hayot tarziga, shu bilan birga ma’naviyati, 
ruxiy olamiga ham sezilarli ta’sir o’kazmokda. Har kuni virtual makonda bir necha milliondan 
ziyod axborot resurslarining paydo bulishi, uning har daqiqa sayin o’sib borayotganidan dalolat 
beradi. Global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning insoniyat madaniyatiga 
tug’dirayotgan havf-xatarlari to’g’risida so’z yuritishga to’g’ri keladi. Bu noxush g’ayriinsoniy 
holatlar muayyai kuchlarning global tarmoqdaga axborotlarni sifatli va tez uzatish hamda tarqatish 
bo’yicha imkoniyatlardai foydalanish orqali jamoatchilik fikrini to’g’ri yo’ldan burish, o’zlari 
targ’ib etayotgan nopok g’oya va manfaatlar tomon yo’naltirish uchun ularga axborot yetkazish 
borasida olib borayotgan harakatlari bilan bog’liqdir. So’zsiz, bunday ta’sirga internet 
auditoriyasining eng faol, eng ko’p qismi tafakkuri yetilib, dunyoqarashi puxta shakllanib 
ulgurmagan yoshlardir. Taasufki, ana shunday jiddiy muammoni mukammal va tizimli o’rganishga 
yetarli e’tibor berilmayapti. Birinchi Prezidentimiz "YUksak ma’iaviyat - yengilmas kuch" asarida 
yozadilarki, "Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas 
tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga 
ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyo yetkazishi 
mumkin" 
1
. Bundan shu narsa anglashiladiki, hozirda har qanday axborot chegara bilmaslik 
hususiyataga ega, shunday ekan endigina ongi, dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodni 
ma’naviy olami daxlsizligini asrash muammo bo’lib ko’pchilikni o’ylantirayotir.
Agar yaqin o’tmishimizda asosiy axborot manbalari sifatida davriy bosma nashrlar, radio va 
televideniye bo’lgan bo’lsa, ayni paytda bu qatordan internet mustahkam joy oldi va qisqa 
fursatdagi jadal rivoji bilan tom ma’noda ulardan ilgarilab ketdi.
Bugun yurtimizda 1053 ta Internet-kafe, 945 ta Internet provayder, 187 ta axborot-resurs 
markazi, 
2
«ZiyoNET» yoshlar axborot portali faoliyat yuritmokda. Internetdan 
foydalanuvchilarning soni esa 9 milliondan oshgan
2
. Ba’zi bir tahlillarga ko’ra ularning 80 foizini 
yoshlar tashkil etadi.

Download 236.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling