Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari


Download 236.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.04.2023
Hajmi236.63 Kb.
#1401152
1   2   3   4
Bog'liq
BT 4-maruza

To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni 
kiritish mumkin.
Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan 
qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga 
solmokda. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, 
ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam 
beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning 
ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot 
iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki 
ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini 
shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak 
avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib 
kelayotgan avlodning media-savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga 


ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini ochib 
beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish 
kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi.
Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan 
foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni 
chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur 
Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha 
zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil 
telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to’g’riligini bugungi 
hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda.
Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati 
me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar 
har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot 
madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi?
Mo’’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning 
noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib 
chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda 
ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, 
mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat 
darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida 
ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu 
bejiz emas. -Amerikalik olim E. Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan 

Download 236.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling