Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va taxdidlar


Download 96.73 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2023
Hajmi96.73 Kb.
#1297767
1   2   3   4
Bog'liq
8-Mavzu Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va taxdidlar

Upload yuklab qo'yish. Ma'lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo'yish.
Download yuklab olish. Ma'lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o'z kompyuteriga yuklab olish.
4. Tarmoq resurslari va ulardan umumiy foydalanish. Internet tarmogʽi

Internet (Xalqaro tarmoq, World Wide Web) – hozirgi kungacha yaratilgan eng qulay aloqa va tadqiqot o’tkazish (ma’lumot qidirish va olish) vositasidir. Internetni dunyo bo’ylab bir-biri bilan maxsus til (IP, Internet protocol) orqali bog’langan kompyuter tarmoqlari majmuasi deb bilish lozim. Internetning yaratilishiga asos AQSH Mudofaa vazirligining Tadqiqotlar Agentligi (ARPA) loyihasi bo’lib, bir-biri bilan o’zaro bo’g’langantarmoqlar majmuini yaratishdan iborat edi. Bunday tarmoqda har bir bo’g’in alohida ishlay olish xususiyatiga ham ega bo’lishi lozim edi. Hozirda Internet aynan shunday talabga to’la javob bera oladi.


Internetning qisqach rivojlanish tarixi:

  • 1960 yillar AQSHda ARPANET (Advanced Research Projects Agency - Network) loyihasi amalga oshirildi.

  • 1972 yilda elektron pochta xizmati ishga tushirildi.

  • 1989 yilga kelib ARPANETga ulangan kompyuterlar soni 100 000 taga yetdi.

  • 1989 yildan World Wide Web (WWW) standarti ish boshladi. Uning ixtirochisi Tim Berne’s Lee hisoblanadi.

  • 1990 yilda ARPANET tarmog’i kengaydi va Inter-Net-Network ko’rinishida Internet deb atala boshlandi.

  • 1993 yilga kelib Mosaic brauzeridan foydalanuvchilar soni 340% ga o’sdi.

  • Internet har xil yo’nalishda keskin o’sishda davom etmoqda. Hozirda hech kim yoki hech bir kompaniya yoki davlat uning egasi emas.

Turli xil xizmatlarni bajaruvchi va har qanday mehnat faoliyatida bo’lgan kishilar (axborot texnologiyasi sohasi mutaxassislaridan tortib, to shifokor, o’qituvchi, maktab o’quvchilari, talabalar, hatto bog’cha yoshidagi bolalar, nafaqaxo’rlar, harbiylar, huquq-tartibot organi vakillari, artistlar va davlat xizmatchilari va h.k.) turli maqsadlarda foydalanishadi, xususan, axborot almashish va muloqat qilish (ijtimoiy tarmoqlar), ma’lumotlarni qidirish va olish, o’z mahsulotlari va xizmatlarini ommaga taklif etish, sotish, ilmiy izlanishlar olib borishda va h.k. Ayniqsa hozirda ommaviy axborot vositalari, jurnalistika sohasini Internetsiz tasavvur qilish qiyin.
Download 96.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling