Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi to'g'risida o'qidim
Download 13.7 Kb.
|
taxlil
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi to'g'risida o'qidim. Yana o'sha standart formulirovka – haydovchi boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi harakatlanish tomoniga o'tib kyetgan va ro'paradagi transport vositasi bilan to'qnashgan. Natijada uch nafar yo'lovchi hayotdan ko'z yumgan. Mazkur to'qnashuv sodir bo'lgan joydan olingan fotosuratda yo'lning chetiga o'rnatilgan sigir maketini ko'rish mumkin. Savol – bu nima? Nima uchun bunday maket o'rnatilgan? Qaysi normativ-huquqiy hujjatda birorta hayvonning maketini o'rnatish belgilangan? Shu kabi o'rnatilgan maketlar haydovchilarni, ayniqsa sutkaning qorong'i vaqtida chalg'itmaydimi? (77) 1-variant Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyning Uchquduq tumanidagi haydovchi boshqaruvni yo’qotib, qarama-qarshi yo’nalishdagi transport vositasi bilan to’qnashuviga sabab bo’lgan yo’l chetiga sigir maketi o’rnatilishi oqibatida 3 nafar yo’lovchi halok bo’lgan yo’l-transport hodisasini tahlil qilishda savol tug’iladi. Bunday maketlarning o’rnatilishi sababi va u biror hujjatda belgilanganligi, qorong’uda haydovchini chalg’itishi mumkinligi o’rganilganmi? (49) 2-variant Navoiydagi yo’l chetiga sigir maketi o’rnatilishi oqibatida 3 insonning o’limiga sabab bo’lgan yo’l-transport hodisasini OAVda o’qib, bu maketlar asosli ravishda qo’yilganligiga shubha tug’iladi. (24) O'zbekiston uchun esa, Qorabog'ning Ozarboyjonga to'liq qaytishi, ikki omilga ko'ra, tarixiy ahamiyatga ega. Birinchisi – hududiy yaxlitlik. O'zbekiston uchun, davlatlarning hududiy yaxlitligi – muhim tamoyil. Qorabog'ning Ozarbayjonga de-fakto qaytishi mintaqa atrofidagi qudratli davlatlarning hududlar bilan o'yin qilishiga signal bo'ladi. Ikkinchidan, Qorabog'ning qaytishi, ramziy ahamiyatidan tashqari, geoiqtisodiy kuchli potyensial yaratadi. Ozarbayjon Qorabog' va Zangyezur koridori orqali Turkiyaga bog'lanar ekan, Markaziy Osiyo uchun Kaspiy va Ozarboyjon orqali Turkiyaga, undan Yevropaga chiqish eshiklari ochiladi. Har qanday qo'shimcha temir va multimodal yo'llar O'zbyekistonning Rossiyaga bog'liqligini pasaytiradi. (81) 1-variant Qorabog’ning Ozarbayjonga qaytishi, O’zbekiston uchun bu davlatning hududiy yaxlitligi tamoyili orqali mintaqadagi qudratli davlatlar bilan geosiyosiy munosabatlariga, shuningdek, Zangezur va Qorabog’ koridori orqali MO davlatlarining Kaspiy va Ozarbayjon orqali Turkiyaga hamda Yevropaga bog’lanish imkoniyatini berishi O’zbekistonning transport yo’laklarining Rossiyaga bog’liqligini kamaytiradi. (41) 2-variant Qorabog’ning Ozarbayjonga qaytishi, O’zbekiston uchun bu davlatning hududiy yaxlitligi tamoyiliga, shuningdek, Zangezur va Qorabog’ koridori orqali Turkiyaga hamda Yevropaga bog’lanish imkoniyatini berishi mamlaktimiz transport yo’laklarining Rossiyaga bog’liqligini kamaytiradi. (28) Jahon banki O'zbekistonda joriy va kelasi yil uchun iqtisodiy o'sish prognozini yaxshiladi. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti bo'yicha 5 oktyabr kuni e'lon qilingan hisobotda O'zbyekiston yalpi ichki mahsulotining o'sishi 2023 yilda 5,5 foizga yaqinlashishi (iyun oyidagi prognozga nisbatan +0,4 foiz punkti) va o'rta muddatli istiqbolda asta-syekin tezlashib, 2024 va 2025 yillarda mos ravishda 5,8 foizni tashkil etishi mumkinligi aytilgan. (61) 1-variant Jahon bankining 5 oktabrdagi Yevropa va MO iqtisodiyoti bo’yicha hisobotida O’zbekistonning YAIM o’sishi 2023 yilda 5,5 foizga (iyun oyida +0,4 foiz) yaqinlashishi, shuningdek kelgusi ikki yilda mos ravishda 5,8 foiz bo’lishi prognoz qilindi. (33) 2-variant Jahon bankining oktabrdagi hisobotida O’zbekiston YAIM joriy yilda 5,5 foizga va kelgusi 2 yilda mos ravishda 5,8 foizga yaqinlashishi prognoz qilindi. (21) Download 13.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling