"ijtimoiy va iqtisodiy fanlar" kafedrasi


Korporativ xulq- atvor(axloq) tushunchasi


Download 16.1 Kb.
bet2/2
Sana09.05.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1448015
1   2
Bog'liq
Korporatsiyalar va axloq shahboz

Korporativ xulq- atvor(axloq) tushunchasi



Korporativ xulq - atvor kodeksida direktorlar Kegashi tarkibiga Mustaqil Direktor kiritish tavsiya etiladi. Kodeksda jamiyat direktorlar Kengashi a’zosining majburiyatlarni ijro etish etti yillik muddati tugagandan so‘ng Mustaqil Direktor mustaqil sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Korporativ xulq - atvor kodeksida, shuningdek, direktorlar kengashi (DK) tarkibida direktorlar kengashi vakolatlari doirasiga kiradigan eng muhim masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish uchun maxsus qo‘mitalar tashkil qilish tavsiya etiladi:

  1. Strategik rejalashtirish bo‘yicha qo‘mita uzoq muddatli istiqbolda jamiyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

  2. Audit bo‘yicha qo‘mita (jamiyatning moliya - xo‘jalik faoliyati ustidan DK nazoratini ta’minlaydi).

  3. Mukofotlash va kadrlar bo‘yicha qo‘mita (jamiyatni boshqarishga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilishga va ularning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur choralar yaratishga xizmat qiladi).

  4. Korporativ nizolarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mita (AJ ishtirokida korporativ nizolarning oldini olish va samarali hal etishga xizmat qiladi).

  5. Etika bo‘yicha qo‘mita (jamiyatning ahloqiy me’yorlarga rioya qilishi va jamiyatda ishonch asosidagi munosabatlar shakllantirishga xizmat qiladi).

DK samarali ishlashi – kompaniyalar investitsion jalb etuvchanligini oshirish, ularning Aksiyadorlik qiymatini o‘stirishning muhim omili, DKning o‘zi esa – korporativ boshqaruv sifatli tizimining bosh elementi hisoblanadi.
Boshqarma vakolatlari qonunchilikda belgilab berilmagan, biroq qonunda boshqarma vakolatlari jamiyat nizomi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan. Korporativ xulq - atvor kodeksi boshqarma vakolatlari doirasiga quyidagilarni kiritishni tavsiya etadi: faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va moliya - xo‘jalik rejasini ishlab chiqishni tashkil qilish, jamiyatning ijroiya organlari vakolatlariga kiritilgan ichki hujjatlarini tasdiqlash.
Qonunda jamiyatning ijroiya organlari majburiyatlari yo‘q, lekin unda bosh direktor va boshqarma a’zolarining huquq va majburiyatlari jamiyat bilan ularning har biri tuzgan shartnomaga ko‘ra belgilanishi ko‘rsatilgan. Kodeksda ijroiya organlari har oy direktorlari Kengashi oldida o‘z faoliyati haqida hisobot berishi tavsiya etilgan.
Kompaniya Kodekslari nima uchun kerak?

    • korxonaning e’lon qilingan qadriyatlari – maqsadlari va vazifalari bilan kompaniya faoliyatini tartibga soladigan qoidalar orasida ko‘prik vazifasini bajaradi;

tashkilotning maqsadlari va tasavvurlariga aniqlik kiritadi, qoidalar bilan konseptual bog‘lanishni ta’minlaydi;
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:

1.Falsafa. q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2012, 257-266-betlar.


2.Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 2019, s. 515-540.
3.Barulin V.S. Sotsialnaya filosofiya. Moskva, 2019, s. 399-427.
4.Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 2019, 301-321-betlar.
5.Osnovo filosofii. Pod red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent, 2018, s. 349-356.
6.Spirkin A. G. Filosofiya. Moskva, 2018, s. 762-769.
7.Filosofiya. Pod red. V. D. Gubina, T. Yu. Sidorinoy, V. P. Filatova. Moskva, 2018, s. 284-306.
8.Tolenov J. T., gafurov Z. g. Falsafa. Toshkent, 2017, 268-294- betlar.
9.Radugin A. A. Filosofiya. Kurs lektsiy. Moskva, 2016, s. 289-312.
Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling