Tovarning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydaali va navflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir extiyojini qondiradi. Natural va yarim natural dehqon xo’jaligi davrida tovar ishlab chiqarish garchi ma’lum darajada rivojlangan bo’lsada, qishloqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas edi. Ammo u sekin-asta kengayib borgan va natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo qiladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida oldi-sotdi asosida ayirbosh qilinadi. Tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan. Demak, tovar ishlab chiqarish ob’ektiv asosda yuzaga keladi. Uning omillari: 1. Mehnat taqsimoti, ya’ni mehmat turlari iqtisoslashadi, ma’lum bir xil mahsulotni ishlab chiqarishga moslashadi. Shunday sharoitda ehtiyojni qondirish uchun o’z mahsulotini boshqa kerakli mahsulotga ayirboshlash uchun mahsulot bozorga chiqariladi va sotiladi. 2.Ishlab chiqaruvchi o’zining mulkiga ega bo’lishi bilan alohida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. O’z mulkiga, korxonasiga ega bo’lishi bilan mustaqil harakat qiladi. Bozor uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy mulkka egalik qilish asosida tovar ishlab chiqarish keng amalga oshirilmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar qatoriga firma, birlashma, fabrika, yakka tartibda ishlovchi, fermer xo’jaligi, tomorqa xo’jaligi sohiblari, kooperativlar, jamoa va davlat xo’jaligi, jamoat tashkilotlari va boshqalar kiradi. Mahsulot tovar bo’lishi uchun avval kishilarning ma’lum talab-ehtiyojini qondira olishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning iste’mol qiymati, deb ataladi. Har bir tovarning nafligi, foydaligi uchun insonlar uni sotib oladilar, ayirbosh qiladilar. Tovarning yana bir xossasi almashuv qiymatidir. Har qanday tovarga mehnat va harajatlar sarflanadi va shu asosida tovar o’z qiymatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |