Ijtimoiy xo'jalik shakllari va ularning turlari. Tovar va uning xususiyatlari


Tovarning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydaali va navflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir extiyojini qondiradi


Download 8.46 Kb.
bet3/3
Sana03.11.2023
Hajmi8.46 Kb.
#1741829
1   2   3
Bog'liq
Tovar

Tovarning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydaali va navflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir extiyojini qondiradi.

Tovar qiymati sarf bo’lgan ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqtlari ikki xil bo’ladi, ya’ni individual, ya’ni yakka, alohida olinadigan ish vaqti va ijtimoiy zaruriy ish vaqti. Jamiyat miqyosida bir xil tovarlarning asosiy qismini ishlab chiqarishda individual ish vaqti asosida qiymat belgilanmaydi, bu yerda ijtimoiy-zaruriy ish vaqti asosida tovarlarning qiymati belgilanadi. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti o’rtacha ish vaqtidan iborat bo’ladi.

Masalan, shartli ravishda biror-bir turdagi mahsulotni olaylik. Stul ishlab chiqariladigan korxonani misol qilsak. Ulardan biri yaxshi, ikkinchisi o’rtacha va uchinchisi yomon ishlaydi. O’rtacha korxona umumiy hajmdagi stullarning 70% ini yaratadi va bir stulga 4 soat vaqt sarf qiladi. Yaxshi korxona 20% mahsulotni ishlab chiqaradi, har bir stul ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi. Yomon korxona 10% stullarni ishlab chiqaradi. U har bir stul uchun 6 soat sarf qiladi. Bu holda o’rtacha ish vaqti sarflab ishlab chiqargan korxonaning vaqti ijtimoiy-zaruriy ish vaqti sifatida olinadi. Chunki stullarning asosiy qismini shu korxona yaratib bermoqda.

Tovar ishlab chiqarish bo’lgan joyda pul bo’lishi lozim. Pul uzoq tarixiy rivojlanish natijasida paydo bo’lgan. Dastlab tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bu ayirboshlash dastlab tasodifiy bo’lgan. Oddiy yoki tasodifiy ayirboshlashda bir tovarning qiymati boshqa tovar qiymati bilan tenglashtirilgan va o’zaro ayirbosh qilingan. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tilgan, bunday ayirboshlashda ko’p tovarlar qatnashadi.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi, binobarin, ayirboshlashda qiyinchilik ham ko’payadi. Asta-sekin tovarlar orasidagi hamma tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar ajralib chiqadi va u pul vazifasini bajarib beradi.

Tovar ishlab chiqarishning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida pul vujudga keladi.


Tugadi!
Rahmat
Download 8.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling