Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda
aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda,
bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
“
Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”.
Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy
fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”
5 vazifasini ham bajaradi.