Ijtimoviy-gumanitar fanlar kafedrasi
Modellashtirish asoslari va bosqichlari
Download 101.2 Kb.
|
1.Shohjahon Ergashov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОB‟EKT KUZATUVCHI MAQSAD МОDEL 1.1-rasm. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi
Modellashtirish asoslari va bosqichlari
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun obyektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu ifodalar model deyiladi. Model so’zi lotincha modulus so„zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma‟noni anglatadi. Tor ma’noda – o’rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt. Keng ma‟noda model biror obyektning yoki obyektlar tizimining namunasidir. Model tushunchasi biologiya, meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida kuzatish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi quyidagicha (1.1-rasm). ОB‟EKT KUZATUVCHI MAQSAD МОDEL 1.1-rasm. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Modelning hayotiyligi, modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Modelda o’rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas, unda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo’yilgan talablarga to’la javob bermaydiva aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga qiyinchiliklar tug’diradi. Modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi quyidagicha (1.1-rasm). Bu sxemaning asosiy bloki «maqsad» bloki hisoblanadi, chunki qo„yilgan maqsadga ko’ra bitta obyekt uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Obyekt sifatida biror bir korxonani olsak, kuzatuvchining maqsadi ushbu obyektning ishlab chiqarish jarayonini o’rganish bo’lsa, bu holda modelning parametrlariga korxonaning quvvati, ishlab chiqarish omillari, xomashyo, ishchilar soni, asosiy fondlar, ishlab chiqarish dasturi va hokazolar kiradi va model ishlab chiqarish funksiyasi ko’rinishida ifodalanadi. Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat: Avvalo, modellashtirish katta va murakkab tizimni oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, milliy iqtisodiyot bu o’ta murakkab tizimdir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng maydon tug’iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o’zgartirib, obyekt faoliyatining eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo’llash mumkin. Real obyektlar ustida eksperiment qilish ko’plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Model, shaklsiz sistemani, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va axborot texnologiyalari yordamida sistemani boshqarishga yordam beradi. Modellashtirish o’rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun obyekt har tomonlama o’rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so’ng, uning yordamida obyekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, obyekt to’g’risidagi bilish jarayoni to’xtovsiz jarayonga aylanadi. Matematik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: 1) matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi; 2) matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita bo’lib xizmat qiladi; 3) matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo’ladi; 4) matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkon yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin; 5) matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi. Matematik modellar turli tuman bo’lib, ularni tuzish, tahlil qilish, tekshirish va amaliyotda qo’llash murakkab jarayon hisoblanadi. Barcha turdagi modellarni tuzish bir necha shakllarda amalga oshiriladi (1.3-rasm). Iqtisodiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy oldindan ko‘ra bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendensiyalar, hodisalar, kategoriyalar va o‘zaro bog‘liqliklarning mohiyatini bilish asosida haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, moliya, audit kabi ko‘plab fanlar tomonidan o‘rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko‘ra bilish – bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisobkitoblar metodologiyasini anglab yetish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va rejalashtirishning mazmuni iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi; rejalashtirish shakli menejmenga bog‘liq bo‘lib, u rejalashtirishni boshqaruvning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi; rejali ishlanmalar uslubi marketing texnologiyalari bilan bog‘liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari hisobkitoblar tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko‘ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi. Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir. Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiymatematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya’ni iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita hisoblanadi. Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiymatematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu jarayonlarni ko‘p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob’ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi. iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi; milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi; qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko‘maklashadi; tadqiq qilinayotgan ob’ekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va prognoz qila oladigan modellarini yaratadi; Xulosa qilib shuni ayta olamizki, modellashtirish iqtisodda - tadqiq qilinayotgan ob’ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Download 101.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling