Ikki akademik soatlik dars ishlanmasi


Download 60.94 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2023
Hajmi60.94 Kb.
#1088051
1   2   3   4
Bog'liq
Ish reja

Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobilyat- bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi. Qobilyat - shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat- koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inom sifatida qaraladi.Qobilyat - inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobilyatlar uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobilyatning ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobilyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobilyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobilyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobilyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobilyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholikda namoyon boʻladi. Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko pqirrall psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlar (tarkibiy qisimlar)ni ajratib ko'rsatish mumkin:
Shaxs qobiliyatining mayllar va qiziqishlar bilan bog'liqligi qobiliyat va bilim, malaka maxoratining o'zaro aloqadorligi. O'quvchilar qobiliyatini diagnostika qilish, qobiliyatni tarkib toptirishga individual yondoshish masalalari. qobiliyatlarning tarkib topib borishi va rivojlantirishning shart-sharoitlari.qobiliyatlarini rivojlantirishda o'qituvchining roli. O'qituvchining pedagogik qobiliyatlari.




  1. Download 60.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling