Ikki fazali kotishmalarni korroziyalanishi


Download 83 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi83 Kb.
#222983
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QOTISHMALARNING VA ULARNING XOLAT DIAGRAMMASI.




MAVZU: QOTISHMALARNING VA ULARNING XOLAT DIAGRAMMASI.
REJA:

1. QOTISHMALARNING XOLAT DIAGRAMMASI.



  1. BIR FAZALI KOTISHMALARNI KORROZIYALANISHI (N/8 KONUNI).

  2. IKKI FAZALI KOTISHMALARNI KORROZIYALANISHI.

  3. ELEKTROKIMYOVIY KORROZIYALANISHGA TURLI OMILLARNING TA’SIRI.


Qotishmalarning xolat diagrammasi

Qotishmalar xolatini xarorat va kontsentratsiyaga qarab uzgarishini, ya’ni biror kotishmani xaroratga nisbatan kanday xolatda bulishini kursatuvchi diagramma xolat diagrammasi deyiladi. Kotishmalarning xolat diagrammasini muvozanat diagrammasi deb atash xam mumkin. Chunki u ayni sharoitda muvozanatda turgan fazalarni kursatadi.

Ikki komponentli kup fazali kotishmalarga kupgina rangli metallarning kotishmalari kiradi. Bunday kotishmalarning xolat diagarammasi ekvivalentli sistema xisoblanadi va sistemada ikki metall suyuk xolatda bir-birida mutlok erimaydi va bir-biri bilan kimyoviy birikma xosil kilmaydi. Suyultirilgan bunday metallar kotganda mexanik aralashma xosil buladi. Kattik xolatda bunday kotishmalar ikki fazadan tarkib topgan bulib, bu fazalar kimyoviy tarkibi va xossalari bilan bir-biridan tubdan fark kiladi.Xar bir faza uz elektrod potentsialiga ega. SHuning uchun bunday kotishmalar korroziyabardosh bulaolmaydi(9-rasm).


Likvidus - suyuk (lotincha);

Solidus - kattik (lotincha);

Evtektika (S-nukta) -oson suyuklanadigan (grekcha).

1 - A + B komponentlardan tarkib topgan kotishmaning suyuk xolati.

2 - A + B komponentlardan tarkib topgan suyuk faza va A komponent kristallari.

3 - Xuddi 2-dagidek, ammo bu erda B komponent kristallari.

4 - A komponentga boyigan kotishma kristallari (+ evtektika).

5 - B komponentga boyigan kotishma kristallari ( + evtektika).



Endi komponentlari kattik eritmalar xosil kiladigan kotishmalarning xolat diagrammasi bilan tanishamiz (10-rasmga karang). Suyuk xolatda xam, kattik xolatda xam bir-birida istalgancha eriydigan ikki komponentdan iborat kotishmalarning xolat diagrammasi rasmda keltirilgan. Bunday suyuk eritma kattik xolatga tez utkazilsa, suyuklikdan suyulish xarorati yukori bulgan komponentga boy kattik eritma kristallari kattik xolatga utadi, ya’ni suyuk xolatdagi komponentlar mikdorining nisbati kattik xolatdagi komponentlar mikdorining nisbatidan butunlay fark kiladi (k va v nuktalardagi komponentlar nisbati).

Agar suyuk xolatdagi komponentlar aralashmasi yukori xaroratda uzok vakt ushlab, sung aralashma juda sekinlik bilan sovutilsa va kotgan eritma ma’lum vakt yukori xarorat ta’sirida bulsa, kotishma kristallarining tarkibi suyuk xolatdagi komponentlar tarkibidan fark kilmaydi (x va v nuktalar).

1.A + B komponentlar suyuk xolatda;

2.A + B komponentlar suyuk va kattik xolatda;

3.A + B komponentlar kattik xolatda, ya’ni kristall xolatda (A +

B komponentlarning kattik eritmasi).


Kimyoviy mashinasozlikda ishlatiladigan kupchilik konstruktsion materiallar shunday kotishmalardan tayyorlanadi. Bunday kotishmalar bir fazali bulgani uchun ularning potentsiallar ayirmasi bulmaydi va shuning uchun bunday kotishmalar korroziyabardosh buladi.


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling