Ikki jism masalasi
Download 255 Kb.
|
Ikki jism masalasi
Ikki jism masalasi 1. Ikkita avtomobil bir yo'nalishda harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 100 m ni tashkil etadi. Oldindagi birinchi avtomobilning tezligi 54 km/h, izidan quvib kelayotgan ikkinchi avtomobilniki esa 72 km/h. Ikkinchi avtomobil birinchisini qancha vaqtda quvib yetadi (s)? A) 20 B) 30 C) 50 D) 40 2. Ikkita avtomobil qarama-qarshi yo'nalishda 54 km/h va 36 km/h tezliklar bilan harakat qilmoqda. Agar ular orasidagi boshlang'ich masofa 100 m bo'lsa, qancha vaqtdan keyin avtomobillar bir-biri bilan uchrashadi (s)? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 3. 18 km/h va 36 km/h tezliklar bilan ikkita mashina bir nuqtadan qarama-qarshi yo'nalishda harakat boshladi. Qancha vaqt o'tgach ular orasidagi masofa 150 m ga teng bo'ladi (s). A) 25 B) 10 C) 15 D) 20 4. 18 km/h va 36 km/h tezliklar bilan ikkita mashina bir nuqtadan bir yo'nalishda harakat boshladi. Qancha vaqt o'tgach ular orasidagi masofa 150 m ga teng b o' l adi (s)? A) 20 B) 30 C) 50 D) 40 5. Ikkita jism bir nuqtadan o'zaro tik yo'nalishda 6 m/s va 8 m/s tezliklar bilan harakat boshladi. Necha sekunddan keyin ular orasidagi masofa 1 km ni tashkil etadi? A) 200 B) 150 C) 100 D) 10 6. Ikkita velosipedchi bir nuqtdan bir vaqtda o'zaro tik yo'nalishda 3 m/s va 4 m/s tezliklar bilan harakat boshladi. 10 s o'tgach velosipedchilar orasidagi masofa qanday bo'ladi (m)? A) 20 B) 50 C) 10 D) 60 7. Velosipedchi va yo'lovchi bir nuqtadan o'zaro tik yo'nalishda harakat boshladi. 1 minut o'tgach ular orasidagi masofa 150 m ni tashkil etgan bo'lsa, velospedchi va yo'lovchining tezligini toping (m/s). Velosipedchining tezligini yo'lovchinikidan 3 marta katta. A) B) C) D) 8. P va Q qishloqlar to'g'ri yo'l yoqasida bir- biridan 4000 m masofada joylashgan. P qishloqdan Q tomon doimiy 8 m/s tezlik bilan avtomobil jo'nadi. Shundan 25 s o'tgach Q dan P tomon doimiy 12 m/s tezlik bilan boshqa avtomobil yo'lga chiqdi. Ular P qishloqdan qanday (m) masofada uchrashadilar? A) 1800 B) 2000 C) 1520 D) 1720 9. P va Q qishloqlar to'g'ri yo'l yoqasida bir-biridan 2000 m masofada joylashgan. P qishloqdan Q tomon doimiy 10 m/s tezlik bilan avtomobil jo'nadi. Shundan 40 s o'tgach Q dan P tomon doimiy 15 m/s tezlik bilan boshqa avtomobil yo'lga chiqdi. Ular Q qishloqdan qanday (m) masofada uchrashadilar? A) 1200 B) 960 C) 1000 D) 840 10. Daryo bo'yida A va B shaharlar joylashgan. Bir vaqtda A shahardan sol va B shahardan kater jo'nadi. Agar oqim tezligi 5 m/s, katerning suvga nisbatan tezligi 20 m/s bo'lsa, ular qancha vaqt o'tgach uchrashishadi (s)? A va B shaharlar orasidagi masofa 1 km. A) 80 B) 40 C) 50 D) 100 11. Qayiq daryo bo'yidagi ikki punkt orasini oqim bo'yicha 1,8 soatda, oqimga qarshi esa 2,4 soatda bosib o'tadi. Agar daryoda punktlar orasida sol jo'natilsa, bu masofani qancha vaqtda o'tadi (soat)? A) 14,4 B) 15 C) 14 D) 13 12. Qayiq daryo bo'yidagi ikki punkt orasini oqim bo'yicha 3 soatda, sol esa 12 soatda bosib o'tadi. Kater punktlar orasidagi masofani oqimga qarshi yo'nalishda qancha vaqtda o'tadi (soat)? A) 4,4 B) 7 C) 5 D) 6 13. Tinch turgan odamni eskalator 1 min da yuqoriga chiqara oladi. Harakatlanmayotgan eskalatorda odamni o'zi yurib 3 min da yuqoriga chiqa oladi. Odam harakatlanayotgan eskalatorda yurib yuqoriga qancha vaqtda chiqa oladi (s)? A) 50 B) 45 C) 35 D) 55 14. Samolyot 3600 km lik masofani shamolga qarshi yo'nalishda qancha vaqtda bosib o'tadi (soat)? Sam olyotning havoga nisbatan tezligi 250 m/s, shamol tezligini esa 50 m/s. A) 4 B) 7 C) 6 D) 5 15. Samolyot 1800 km lik masofani shamol yo'nalishda qancha vaqtda bosib o'tadi (min)? Samolyotning havoga nisbatan tezligi 250 m/s, shamol tezligini esa 50 m/s. A) 40 B) 100 C) 120 D) 50 16. OX o'qida jism x=2+3t (m) tenglamaga muvofiq harakatlanmoqda. Jismning boshlang'ich koordinatasi (m) va harakat tezligini (m/s) toping. A) x0=2; vx=3 B) x0=3; vx=2 C) x0=0; vx=2 D) x0=2; vx=0 17. OX o'qida jism x=-2+5t (m) tenglamaga muvofiq harakatlanmoqda. Jismning boshlang'ich koordinatasi (m) va harakat tezligini (m/s) toping. A) x0=2; vx=3 B) x0=3; vx=2 C) x0=0; vx=2 D) x0=-2; vx=5 18. OX o'qida jism x=-8t (m) tenglamaga muvofiq harakatlanmoqda. Jismning boshlang'ich koordinatasi (m) va harakat tezligini (m/s) toping. A) x0=2; vx=3 B) x0=3; vx=2 C) x0=0; vx=-8 D) x0=2; vx=0 19. Ikkita moddiy nuqta x1=1+3t (m) va x2=3+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Moddiy nuqtlarning uchrashuv koordinatasi (m) va vaqtini toping (s). A) x=7; t=2 B) x=2; t=7 C) x=0; t=2 D) x=7; t=4 20. Ikkita moddiy nuqta x1=-1+4t (m) va x2=3+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Moddiy nuqtlarning uchrashuv koordinatasi (m) va vaqtini toping (s). A) x=7; t=2 B) x=2; t=7 C) x=0; t=2 D) x=7; t=4 21. Ikkita moddiy nuqta x1=-1-3t (m) va x2=3+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Moddiy nuqtlarning uchrashuv koordinatasi (m) va vaqtini toping (s). A) x=7; t=2 B) x=2; t=7 C) x=0; t=2 D) ular uchrashmaydi 22. x0=5 m va ux=2 m/s bo'lsa, jismning harkat tenglamasini tuzing: x=x(t). A) x=3+2t B) x=5 C) x=5+2t D) x=2t 23. Ikkita moddiy nuqta x1=1+3t (m) va x2=3+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Moddiy nuqtlarning uchrashuvigacha har biri qanchadan masofani o'tadi (m)? A) 7; 7 B) 4; 6 C) 3; 4 D) 6; 4 24. Ikkita moddiy nuqta x1=-1+5t (m) va x1=8+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Moddiy nuqtlarning uchrashuvigacha har biri qanchadan masofani o'tadi (m)? A) 5; 8 B) 4; 6 C) 15; 6 D) 6; 4 25. Ikkita moddiy nuqta x1=-1+5t (m) va x2=8+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Ularning nisbiy tezligini toping (m/s). A) 3 B) 9 C) 7 D) 10 26. Ikkita moddiy nuqta x1=-1-5t (m) va x2=8+2t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Ularning nisbiy tezligini toping (m/s). A) 3 B) 9 C) 7 D) 10 27. Ikkita moddiy nuqta x1=-1+5t (m) va x2=8-t (m) qonuniyatlarga kora harakatlanmoqda. Ularning nisbiy tezligini toping (m/s). A) 3 B) 9 C) 7 D) 6 28. Quyida keltirilgan grafikning tenglamasini tuzing: x=x(t). A) x=30-10t/3 B) x=30+5t C) x=10+30t D) x=5t 29. Quyida keltirilgan grafikning tenglamasini tuzing: x=x(t). A) x=30-5t B) x=30+5t C) x=10+10t/3 D) x=5t 30. Quyida keltirilgan grafikning tenglamasini tuzing: x=x(t). A) x=30 B) x=20 C) x=20t D) x=5t 31. x,t koordinatalar o'qida x=x(t) harakat grafigi keltirilgan. t1=2 s va t2=4 s vaqt oralig' ida bosib o'tilgan yo'lni toping (m). A) 5 B) 20 C) 10 D) 15 32. x,t koordinatalar o'qida x=x(t) harakat grafigi keltirilgan. t1=4 s va t2=8 s vaqt oralig' ida bosib o'tilgan yo'lni toping (m). A) 5 B) 20 C) 10 D) 15 33. x,t koordinatalar o'qida x=x(t) harakat grafigi keltirilgan. t1=2 s va t2=6 s vaqt oralig' ida bosib o'tilgan yo'lni toping (m). A) 5 B) 20 C) 10 D) 15 34. x,t koordinatalar o'qida x=x(t) harakat grafigi keltirilgan. t1=2 s va t2=8 s vaqt oralig' ida bosib o'tilgan yo'lni toping (m). A) 5 B) 20 C) 30 D) 15 35. Jism OX o'qida x=2+t qonunga ko'ra harakatlanmoqda. Harakat grafigi OX o'qi bilan qanday burchakni tashkil etadi? A) 450 B) 300 C) 600 D) 150 36. Rasmda ikkita moddiy nuqtaning x,t koordinatalar o'qida x=x(t) grafiklari berilgan. Moddiy nuqtalarning uchrashuv joyi (m) va vaqtini (s) aniqlang. A) x=8; t=4 B) x=10; t=4 C) x=11; t=4 D) x=0; t=4 37. Rasmda ikkita moddiy nuqtaning x,t koordinatalar o'qida x=x(t) grafiklari berilgan. Bochlang'ich koordinatasi x0=30 m bo'lgan moddiy nuqtaning harakat tenglamasini tuzing. A) x=2,5t B) x=10+5t C) x=30-5t D) x=4t 38. Rasmda ikkita moddiy nuqtaning x,t koordinatalar o'qida x=x(t) grafiklari berilgan. Bochlang'ich koordinatasi x0=0 m bo'lgan moddiy nuqtaning harakat tenglamasini tuzing. A) x=2,5t B) x=10+5t C) x=30-5t D) x=4t 39. x,t koordinatalr o'qida jismning harakat grafigi keltirilgan. Jismning harakat tezligini aniqlang (m/s). A) B) 3 C) D) 60 40. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning bosib o'tgan yo'lini toping (m). A) 200 B) 240 C) 300 D) 250 41. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning t1=2 s va t2=6 s vaqt intervalida bosib o'tgan yo'lini toping (m). A) 200 B) 240 C) 120 D) 250 42. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning bosib o'tgan yo'lini toping (m). A) 95 B) 80 C) 90 D) 100 44. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning bosib o'tgan yo'lini toping (m). A) 160 B) 240 C) 300 D) 140 45. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning bosib o'tgan yo'lini toping (m). A) 160 B) 240 C) 300 D) 140 46. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning ko'chishini toping (m). A) 60 B) 40 C) 30 D) 14 47. Rasmdagi ,t koordinatalar o'qida tezlik grafigidan foydalangan holda jismning ko'chishini toping (m). A) 90 B) 100 C) 70 D) 80 48. Jismning 6 s da bosib o'tgan yo'lini va ko'chishini aniqlang (m). A) 0; 40 B) 40; 0 C) 10; 20 D) 20; 0 49. Jismning 6 s da bosib o'tgan yo'lini va ko'chishini aniqlang (m). A) 0; 40 B) 40; 0 C) 30; 30 D) 20; 0 50. Jism XOY tekislikda koordinatalari (5;4) bo'lgan nuqtadan koordinatalari (9;8) bo'lgan nuqtaga o'z vaziyatini s da o'zgartirdi. Ko'chish tezligining modulini toping (m/s). A) 4 B) 5 C) 2 D) 1 51. Moddiy nuqta A(1; 2) bo'lgan nuqtadan B(2; 3) nuqtaga va so'ngra C(2; 1) nuqtaga ko'chdi. Moddiy nuqtaning A dan B ga s da va B dan C ga esa 2 s da ko'chdi. AB va BC qismlardagi ko'chish tezligini toping (m/s) A) 1; 1 B) 2; C) ; D) 2; 2 52. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=2+3t, y=1+3t qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta uchun y=y(x) trayektoriya tenglamasini tuzing. A) y=x+1 B) y=x C) y=2x-1 D) y=x-1 53. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=5+3t, y=-4+3t qonunlarga ko'ra to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta uchun y=y(x) trayektroriya tenglamasini tuzing. A) y=x-9 B) y=x C) y=2x-1 D) y=x-1 54. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=a-bt, y=c+dt qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta uchun y=y(x) trayektroriya tenglamasini tuzing. A) B) C) D) 55. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=2+3t (m), y=1+4t (m) qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqtaning tezligini toping (m/s) A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 56. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=2+6t (m), y=1+8t (m) qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqtaning tezligini toping (m/s) A) 2 B) 10 C) 4 D) 5 57. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=a-bt, y=c+dt qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqtaning harakat tezligini toping. A) B) C) D) 58. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=2+V31 (m), y=1+t (m) qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta harakat trayektoriyasi bilan OX o'qi orasidagi burchakni toping. A) 30° B) 600 C) 450 D) 700 59. Moddiy nuqta XOY tekisligida x=2+V31 (m), y=1+3t (m) qonunlarga to'g'ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Moddiy nuqta harakat trayektoriyasi bilan OX o'qi orasidagi burchakni toping. A) 300 B) 600 C) 450 D) 700 60. XOY tekisligida moddiy nuqta 20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Moddiy nuqtaning x = x(t) va y = y(t) harakat tenglamalari va y = y(x) trayektoriya tenglamasini tuzing. A) B) C) D) 61. Samolyot kuzatish boshlangan paytda boshlang'ich koordinatalari x0=0, y0=400 m bo'lgan nuqtada bo'lib, XOY vertikal tekislikda gorizontga 300 burchak ostida 100 m/s tezlik bilan tekis va to'g'ri ko'tariladi. Koordinatalarning vaqtga bog'liqlik tenglamalari x = x(t), y = y(t) ni va trayektoriya tenglamasi y = y(x) ni yozing. A) B) C) D) Download 255 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling