Ikki o’lchamli ko’pxilliklarda dinamik sistema
Download 19.11 Kb.
|
ANNOTATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyektlari
- Amaliy ahamiyati
- Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi
“Ikki o’lchamli ko’pxilliklarda dinamik sistema” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Tayanch so’zlar: Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ikki o’lchovli ko’pxilliklarda dinamik sistemalarni o’rganishga bag’ishlangan. Ko’pxilliklarda dinamik sistema, vektor maydonlar orbitalari geometriyasini, dinamik sistemalar nazariyasini, mexanika, optimal boshqaruv nazariyasi, differisianlanuvchi aklantirishlar geometriyasini o’rganishdan iborat bo’ladi. Tadqiqot obyektlari: Qarshi davlat universiteti. Ishning maqsadi: Ko’pxillikda aniqlangan dinamik sistema geometriyasi va topologiyasini o’rganish ko’zda tutilgan. Tadqiqot metodlar: Qiyosiy tahlil formallashtirish, analiz, sintiz, kuzatish, ekspermint, ilmiy abstraksiyalash, analitik metod. Olingan natijalar va ularning yangiligi: Bir dinamik sistemaning orbitasi torda yotishi ko’rastilgan; Parametr o’zgarishi ratsional bo’lganda torda yotuvchi orbita aylanaga gomemorf chiziqdan iboratligi isbotlangan; Parametr o’zgarishi irratsional bo’lganda torda yotuvchi orbita to’g’ri chiziqqa gomemorf chiziqdan iboratligi isbotlangan. Amaliy ahamiyati: dinamik sistemalar yordamida hosil qilingan qatlamli ko’pxilliklar geometriyasi va topologiyasi mamlakatimizda geometriya topologiya fani sohasida olib borilayotgan fundamintal tadqiqotlar sirasiga kiradi va magistrlik dissertatsiyasida olingan natijalar ushbu yo’naltirishga xizmat qiladi. Bu sohani o’rganish dinamik sistemalar, optimal boshqaruv nazariyasi kabi sohalarda keng tadbiqlarga ega. Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot jarayonida ishlab chiqarilgan xulosa va takliflar Qarshi davlat universiteti.algebra va geometriya kafedirasida tayyorlanayotgan kadrlarning o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etiladi. Dissertatsiyaning materiallari Qarshi davlat universitetida analitik geometriya topologiya algebra va sonlar nazariyasi fanlari o’quv dasturini takomillashtirish va o’qitishda foydalanilmoqda. Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling